Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUDJETGA TOʻLOVLAR MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh VA TOʻLOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soliqlar va majburiy toʻlovlarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga oʻz vaqtida tushishi mexanizmini takomillashtirish, muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qisqartirish, soliq toʻlashdan bosh tortishlarning oldini olish hisobiga soliqlar yigʻilishini oshirish, soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-iyuldagi 309-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika budjeti va mahalliy budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni aniqlashtirishda oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha berilishi kerak boʻlgan subvensiya yoki mablagʻlarni Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qisqartirish boʻyicha oylik topshiriqning bajarilmagan summasiga kamaytirsin;
respublika budjeti daromadlari va xarajatlari boʻyicha pul oʻtkazilishining Vaqtinchalik tartibini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining:
veksellarning barcha turlari muomalada boʻlishi muddatini uch oydan koʻp boʻlmagan davrga chegaralash;
yangi veksellar emissiyasini va ilgari muomalaga chiqarilgan veksellarning qiymatini toʻlash hajmlarini yil choraklari boʻyicha teng miqdorda taqsimlash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda vekselning har bir muomalada boʻlishini xizmat koʻrsatuvchi bankda albatta roʻyxatdan oʻtkazish;
budjetga muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlar mavjud boʻlgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun veksellar qiymati toʻlanadigan oyda veksellar bilan haq toʻlashini taqiqlash;
tijorat banklari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning budjet oldida muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlari mavjud boʻlgan taqdirda pul mablagʻlarini soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun uning hisob-kitob schyotiga oʻtkazgan holda bank veksellarining qiymatini oʻz vaqtida va muddatidan ilgari toʻlashni taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tijorat banklariga:
1996-yil 15-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga veksellar qiymatini toʻlashni yil choraklari boʻyicha taqsimlagan va muddatini koʻrsatgan holda 1997-yil uchun bank veksellari va bankdan tashqari tashkilotlar veksellari emissiyasi miqdorlari toʻgʻrisidagi taklifni kiritish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kredit-hisob-kitob xizmati koʻrsatuvchi oʻziga qarashli barcha muassasalarda veksellar bilan operatsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi maxsus tarkibiy boʻlinmalar tashkil etish tavsiya qilinsin.
Markaziy bank va tijorat banklari veksellar emissiyasiga ruxsatnoma berishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligiga banklar va bankdan tashqari tashkilotlarning veksellari chiqarilishi va qiymati toʻlanishi muddatlari toʻgʻrisida axborot bersinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi budjetga toʻlovlar boʻyicha veksel egalarining qarzdorligini tugatish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi barcha hududiy soliq organlarida muddatida toʻlanmagan soliqlar va toʻlovlarni undirish hamda soliqlar va budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni qarzdor korxonaning mol-mulkidan undirish boʻyicha mustaqil boʻlinmalarni xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni doirasida tashkil etsin.
9. Soliq toʻlashdan bosh tortish uchun foydalaniladigan gʻayriqonuniy naqd pul muomalasini qisqartirish maqsadida respublika soliq organlari yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida naqd pul mablagʻlari bilan hisob-kitob qilish hollari aniqlanganda (mahsulotni tashish boʻyicha transport xizmati koʻrsatish ham shu jumlaga kiradi), amaldagi qonun hujjatlari bilan ruxsat berilgan hollar bundan istisno, ham xaridor, ham sotuvchi toʻgʻrisidagi ishni har ikkala tomonga jarima sanksiyalarini qoʻllagan holda huquqni muhofaza qilish organlariga oshirsinlar.
10. Soliq va moliya organlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzlari joylashgan joy boʻyicha soliq organlarida hisobda turmaganligi yoki oʻz vaqtida turmaganligi uchun korxonalar va tashkilotlarning (tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga;
soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochilganda bank muassasalari rahbarlariga;
(10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
budjet oldida qarzdor boʻlgan korxonaga inkasso topshirigʻi oʻz vaqtida qoʻyilmagan taqdirda soliq organlari rahbarlariga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha boʻlgan miqdorda maʼmuriy jarimalar solish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda soliq organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tizimini takomillashtirsin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Bankrotlik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1995-yil 17-iyuldagi 273-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 5-dekabr,
431-son