Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YoShLARI “KAMOLOT” JAMFARMASINING MUKOFOTINI TAʼSIS ETISh TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning Oʻzbekistonning porloq kelajagi yoʻlidagi mehnati, bilim sari intilishi, jamoat ishlarida faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash va ilmiy hamda ijodiy izlanishlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari “Kamolot” jamgʻarmasining yoshlarning ilm-fan, sanʼat, adabiyot sohasidagi eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari, tadbirkorlik, sport sohasida erishgan yuqori natijalari uchun “Kamolot” jamgʻarmasining mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi mukofoti toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida” 1993-yil 11-maydagi 218-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 13-iyun,
293-son