21.04.2021 yildagi 231-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasini moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining tibbiy xizmatga ehtiyoji mavjud boʻlgan aholisiga zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, yuqumli kasalliklar shifoxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 20-maydagi 306-son qaroriga asosan Termiz tumani “Qoraxon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 1000 oʻrinli karantinda saqlash markazi va 180 oʻrinli maxsus shifoxona barpo etilganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qaroriga asosan 2021-yil uchun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasini rekonstruksiya qilish ishlariga 5,0 mlrd soʻm ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mudofaa vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahar, Binafsha koʻchasi, 92-uy, manzilida joylashgan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasini Termiz tumani, “Qoraxon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yangidan barpo etilgan 180 oʻrinli maxsus shifoxona binosiga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahar, Binafsha koʻchasi, 92-uy, manzilida joylashgan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hududida tibbiy oʻquv-simulatsiya markazi tashkil etiladi hamda shifoxonaning 2019-yilda taʼmirlangan havo-tomchi infeksiyasi boʻlimi binosiga viloyat OITSga qarshi kurashish markazi operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi doirasida Surxondaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi rekonstruksiyasi qilish ishlariga ajratilgan 5,0 mlrd soʻm mablagʻ Bandixon tumani tibbiyot birlashmasini rekonstruksiya qilish ishlariga qayta taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz tumani, “Qoraxon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 1000 oʻrinli karantinda saqlash markazini belgilangan tartibda operativ boshqaruv huquqi asosida Surxondaryo viloyati hokimligi tasarrufiga berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur obyektni qabul qilish-topshirish ishlarini, shuningdek, undan kelgusida samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 20-maydagi 306-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“karantin tadbirlari yakunlanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan va Samarqand viloyatlaridagi obyektlar Mudofaa vazirligi tomonidan qabul qilib olinganidan keyin obyektlarni saqlash xarajatlari respublika budjetidan Mudofaa vazirligi uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 09/21/231/0364-son)