Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi QL-737-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-751-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Sh.T. Polvanovga “Adolatli deputat” maqomini berish toʻgʻrisida.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati M.A. Varisovaga “Mehnatkash deputat” maqomini berish toʻgʻrisida.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati R.X. Kusherbayevga “Xalqparvar deputat” maqomini berish toʻgʻrisida.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati P.G. Sveshnikovga “Faxriy deputat” maqomini berish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-mart,
792-IV-son