Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1882-6]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-mart,
18-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi;”.
2. 25-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 26-bandning uchinchi xatboshisidagi va 42-banddagi “Davsugʻurtanazoratga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 37-bandning beshinchi xatboshisidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 38-bandning beshinchi xatboshisidagi “Davsugʻurtanazorat” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 43-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davsugʻurtanazorat” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davsugʻurtanazoratga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Agentlik sugʻurtalovchi tomonidan qabul qilingan texnik zaxiralarning tarkibini va hisoblash usullarini oʻzgartirish borasida koʻrsatma berish, shuningdek Agentlikka sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishning boshqa tartibini oʻrnatish huquqiga ega. Zarur holda, Agentlik yuzaga kelgan holat sabablarini aniqlash maqsadida sugʻurtalovchiga oʻzining vakilini yoʻllaydi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq holda sugʻurtalovchi operatsiyalarining yoppasiga yoki tanlov asosida tekshiruvini amalga oshiradi.”.
8. 45-banddagi “Davsugʻurtanazorat” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 1 — 4-ilovalardan “Muhr oʻrni (muhr mavjud boʻlgan taqdirda).” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)