Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2020-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2020-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-mart,
813-IV-son