Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati M.A. Varisovaga “Mehnatkash deputat” maqomini berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yildagi faoliyati yakunlariga koʻra deputatlik vakolatlaridan toʻliq foydalanganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyasi faoliyatida, jamoatchilik tadbirlarida hamda davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etganligi, oʻz faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali doimiy yoritib borganligini inobatga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga muvofiq hamda Qonunchilik palatasining Kengashi kiritgan taklifga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Maksuda Azizovna Varisovaga “Mehnatkash deputat” maqomi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati M.A. Varisovaga “Mehnatkash deputat” guvohnomasi hamda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti berilsin.
3. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga M.A. Varisovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtadigan keyingi saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida koʻrsatish tavsiya etilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-mart,
794-IV-son