Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.T. Polvanovga “Adolatli deputat” maqomini berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yildagi faoliyati yakunlariga koʻra qonun hujjatlarini takomillashtirishda, qonunlarni targʻib qilishda, aholining huquqiy ongini va madaniyatini yuksaltirishda faol ishtirok etganligi, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish ishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshganligini inobatga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasining Kengashi kiritgan taklifga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Shuxrat Tagaymuratovich Polvanovga “Adolatli deputat” maqomi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Sh.T. Polvanovga “Adolatli deputat” guvohnomasi hamda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti berilsin.
3. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga Sh.T. Polvanovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtadigan keyingi saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida koʻrsatish tavsiya etilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-mart,
793-IV-son