21.04.1997 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTANI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARNI QURISHGA DOIR TAKLIFLARNI KOʻRIB CHIQISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtaning kompleks qayta ishlanishini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 30-dekabrdagi PF-1691-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining paxta va paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalarni qurish va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan Komissiyaga Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan loyihalar boʻyicha ekspert xulosalar tayyorlash va berish uchun mutaxassislardan ishchi guruhlar tashkil etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga paxta tolasi ishlab chiqarish va uni taqsimlash balansi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Paxta va paxta tolasini kompleks qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflar kiritish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Paxtani qayta ishlash sanoatida yagona texnika va texnologiya siyosatini oʻtkazish, paxta tolasini kompleks va chuqur qayta ishlash taʼminlanishiga doir chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, paxtani qayta ishlovchi korxonalar qurilishi va rekonstruksiyasi loyihalarini mustaqil ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha bosh tashkilotchi funksiyasi “Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) loyiha institutiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishlab chiqarishlar qurilishi va boshqa tarmoqlar obyektlarini paxta tolasini qayta ishlashga qayta ixtisoslashtirish eksportga yoʻnaltirilgan, jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarilishi ustun darajada taʼminlangan taqdirda va koʻrsatib oʻtilgan Komissiyaning qaroridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta va paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalar qurilishini va ularni qayta ixtisoslashtirishni mablagʻ bilan taʼminlash banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi va obyekt qurilishi yoki uni qayta ixtisoslashtirishning texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida bosh tashkilot — “Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) loyiha instituti tomonidan beriladigan ekspert xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta ixtisoslashtirishning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan aybdor mansabdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka, shu jumladan, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) loyiha instituti va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda shu yil avgust oyiga qadar, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlashni hamda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqaradigan, paxta chuqur va kompleks qayta ishlanishini taʼminlaydigan yangi korxonalarni qurishni hisobga olgan holda, paxtani qayta ishlovchi korxonalarni joylashtirish sxemasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasi resurslaridan kompleks foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 25-avgustdagi 435-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-apreldagi 203-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta va paxta tolasini kompleks qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta va paxta tolasini kompleks qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflar kiritishning mazkur tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtani kompleks qayta ishlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-dekabrdagi PF-1691-son farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxta va paxta tolasini kompleks qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflar, korxonalarning quvvatidan, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi quyidagilar asosida kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralarning, investor korxonalarning tegishli shahar, tuman hokimliklari bilan kelishilgan iltimosnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hududiy komissiyaning ijobiy qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor (buyurtmachi) tomonidan taqdim etilgan mablagʻ bilan taʼminlash manbalari mavjudligini, mahsulot tashqi bozorda sotilishini tasdiqlovchi hujjatlar (mablagʻ bilan taʼminlovchi bankning buyurtmachida investitsiya resurslari mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosasi, obyekt qurilishi kredit berish uchun qabul qilinganligi, xorijiy hamkorning mahsulotning sotilishi toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan majburiyatlari va kafolatlari va boshqalar).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining paxta va paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalarni qurish va ularni qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqishda ishlab chiqarish moʻljallanayotgan mahsulotning eksportga yoʻnaltirilganligini va jahon bozorida raqobatbardoshliligini, toʻqimachilik sanoati mavjud boʻlmagan yoki sust rivojlangan tumanlar va shaharlarda toʻqimachilik korxonalari tashkil etilishiga ustunlik bergan holda mintaqalarda bunday korxonalar va boʻsh mehnat resurslari mavjudligini eʼtiborga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari oʻn kun muddatda “Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) loyiha institutiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) loyiha instituti bir oy muddatda loyiha buyurtmachisi bilan birgalikda shartnoma asosida investitsiya oldi tadqiqotlari oʻtkazadi hamda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga yigʻma ekspert xulosasi beradi, unda quyidagi masalalar har tomonlama yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta kompleks, chuqur qayta ishlanishi, yuqori sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan korxona zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun darajada eksportga yoʻnaltirilgan, raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan ixcham, tez qayta sozlanadigan korxonalar tashkil etilishi, tashkil etilayotgan korxonaning “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan roʻyxat boʻyicha texnik-iqtisodiy va boshqa koʻrsatkichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) loyiha instituti korxona qurilishi yoki uni qayta ixtisoslashtirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi yigʻma ekspert xulosani “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga yuboradi, qoʻmita ikki hafta muddatda ularni manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida koʻrib chiqadi hamda quyidagi hujjatlar turkumi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi Komissiyasiga taklif kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Komissiyaning qarori loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) loyiha institutining yigʻma ekspert xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlash manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5 — 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachi respublika Vazirlar Mahkamasining ijobiy qarori olingandan keyingina barcha zarur loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) loyiha institutining ekspert xulosalariga muvofiq Respublika komissiyasi tomonidan oldin berilgan ruxsatnomalar boʻyicha paxta tolasini qayta ishlash obyektlarini qurish va ularni rekonstruksiya qilish huquqi vazirliklar, idoralar va korxonalarda saqlab qolinsin.