Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2005 16.04.1997 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL BOShQARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat iqtisodiyotidagi bozor islohotlarining axborot-tahliliy taʼminoti, rivojlantirishning makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, boshqarishning funksional tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot va Hududiy-tashkiliy boʻlimlari negizida shtatdagi xodimlari soni 30 nafardan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Axborot-tahlil boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barcha yoʻnalishlar boʻyicha makro darajada, shuningdek tarmoq va hududlar boʻyicha, markaziy iqtisodiyot idoralari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, shu jumladan joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish asosida tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy holat va ijtimoiy vaziyat monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini taʼminlash, maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish, iqtisodiyotning sifat jihatidan oʻzgarishlarini va uning rivojlanish tendensiyalarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, iqtisodiy islohotlarning makro darajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar boʻyicha borishi, xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirishlar, davlat boshqaruvi va korporativ boshqaruv, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, mehnat bozorini shakllantirish, fond bozori faoliyati masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, departamentlari va boʻlimlari, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish va iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar boʻyicha maqsadli dasturlar va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida yoritish, xalqaro moliyaviy va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlar orqali makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyatdan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va ommalashtirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot-tahlil boshqarmasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, Fanlar akademiyasidan, bozor infratuzilmasining boshqa institutlaridan, shuningdek joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Boshqarmaga yuklangan vazifalar doirasida zarur statistik va tahliliy axborotlarni, budjet statistikasi va sotsiologik soʻrovlar maʼlumotlarini soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining komplekslari, departamentlari va kotibiyatlaridan, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur axborotlarni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining departamentlari va kotibiyatlarining, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini hamda mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy iqtisodiyot idoralari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda maxsus sotsiologik, budjet tekshiruvlari, tahliliy va axborot tadqiqotlari oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik ekspert tahliliy guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bank huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini va boshqalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi boʻyicha takliflarni, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni, makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik va axborot-tahliliy tadqiqotlar boʻyicha xalqaro loyihalarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, xorijiy mamlakatlarning tadqiqot va statistika tashkilotlari bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish.
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Axborot-tahlil boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis sessiyalari materiallari (kelishuv boʻyicha) majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axborotlari byulletenlari majburiy ravishda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-tahlil boshqarmasini kompyuter texnikasi bilan jihozlash, kompyuter aloqasi xalqaro tarmoqlariga ulash boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun, xorijiy va vatanimiz davriy bosma nashrlariga obunani rasmiylashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar boshqarmasi bir hafta muddatda Axborot-tahlil boshqarmasini joylashtirish masalasini hal qilsin, bunda tegishli infrastruktura va texnika bilan taʼminlash zaruriyatini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — boʻlim boshliqlari — Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-apreldagi 143-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xodimlarning lavozim maoshlariga yuqori malakasi, chet tillarni bilishi, kompyuter texnikasidan foydalangan holda ishlashi uchun mehnatga haq toʻlash fondi doirasida maxsus ustamalar belgilashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)