Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga “Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga “Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-mart,
810-IV-son