1-ILOVA
ILOVA
| Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||||
| 1-bosqich | Markaziy bank | Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalarga eksport va import shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish. | Har oyning 10-sanasiga qadar | ||||
| 2-bosqich | Hududiy komissiyalar | 1. Qarzdorliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar kesimida puxta Bunda asoslangan debitor qarzdorlik haqidagi maʼlumotlarni toʻliq holda tegishli hujjatlar* bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi. 2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan qarzdorliklarini (Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻrganilayotgan maʼlumotlardan tashqari) TSOYAEATdan chiqarish yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish. | Har oyning 20-sanasiga qadar | ||||
| Tashqi ishlar vazirligi | 1. Asoslangan debitor qarzdorliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekistonning xorijdagi tegishli diplomatik vakolatxonalari (elchixonalar va konsullik muassasalari) orqali xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga yetkazish va amaliy yordam berish choralarini koʻrish. 2. Chet eldagi korxonaga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yaroqsiz boʻlib qolgan yoki import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara qilingan yoxud bojxona nazorati ostida yoʻq qilingan tovarlarga xorijdagi tegishli vakolatli organlar tomonidan zarur hujjatlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarga taqdim etilishida koʻmaklashish. 3. Amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli hududiy komissiyaga maʼlumotlarni taqdim etib borish. | Har oyning 1-sanasiga qadar | |||||
| Hududiy komissiyalar | Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish. | Har oyning 5-sanasiga qadar | |||||
| 3-bosqich | Davlat soliq qoʻmitasi | TSOYAEATdan qarzdorliklarni chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga tegishli qaror qabl qilish uchun kiritish. | Har oyning 10-sanasiga qadar | ||||
| 4-bosqich | Hukumat komissiyasi | 1. Davlat soliq qoʻmitasi takliflari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. 2. Qabul qilingan qaror ijrosini taʼminlash uchun Davlat soliq qoʻmitasiga yuborish. | Har oyda bir marta | ||||
| 5-bosqich | Davlat soliq qoʻmitasi | Hukumat komissiyasi qarorini tegishli tijorat banklariga yetkazish. | Qaror qabul qilinganidan keyin 5 kalendar kun davomida | ||||
| 6-bosqich | Tijorat banklari | Hukumat komissiyasining qarorlari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan hisobdan chiqarish. | Hukumat komissiyasining qarori kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida | ||||
2-ILOVA
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Toshkent shahar, viloyat hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi, Hududiy komissiya raisi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat prokurorining oʻrinbosari, Hududiy komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, Hududiy komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining, Toshkent shahar, viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Hududiy komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining, Toshkent shahar, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, Toshkent shahar, viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vaziri, Toshkent shahar, viloyat transport boshqarmasi boshligʻi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat boshqarmasi boshligʻi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston, Toshkent shahar, viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
“Oʻzmilliybank” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat filiali boshqaruvchisi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat filiali boshqaruvchisi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
“Asakabank” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat filiali boshqaruvchisi |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining kotibiyati mudiri, Hududiy komissiya kotibi |
3-ILOVA