Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori
“Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2760-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son “Soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 31-dekabrdagi 2015-36, 113-son “Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2760, 2016-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 50-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-mart,
2021-15-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-mart,
15-son
Kelishildi:
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-fevral
Direktor A.A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining raisi B.F. ISLOMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-fevral
Madaniyat vaziri O.A. NAZARBEKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-fevral
Vazirning birinchi oʻrinbosari R.S. IRMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-fevral
Direktor T.S. ABDUSATTAROV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-fevral
Tashqi ishlar vaziri A.X. KAMILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-fevral
Energetika vaziri A.S. SULTANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-fevral
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi A.T. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-fevral
Bosh direktor F.F. ABDUXALIKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-fevral
Suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. XAMRAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-fevral
Ichki ishlar vaziri P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-fevral
Rais K.F. KAMILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral
Davlat test markazi direktori M.M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral
Rais A.A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-mart
Transport vaziri I.R. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-fevral
Qurilish vaziri B.I. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-fevral
Qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-mart
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-mart
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. SADIKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 10/21/2760-1/0333-son)