Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.12.1995 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNATNI MUHOFAZA QILISh SOHASIDA YAKKA TARTIBDA VA JAMOA TARTIBIDA HIMOYA QILISh VOSITALARINI YaRATISh HAMDA IShLAB ChIQARISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning yakka tartibda va jamoa tartibida himoya qilish vositalariga ehtiyojlarini eng toʻliq taʼminlash, ularni bevosita respublikaning oʻzida ishlab chiqarishni ancha kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mehnatni muhofaza qilish sohasida yakka tartibda va jamoa tartibida himoya qilish vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarish tadbirlari 1 — 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarda nazarda tutilgan ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (Obidov) himoya qilish vositalarini sertifikatsiya sinovlaridan oʻtkazish uchun ishlanmalar, uslubiyotlar va apparatlar sohasidagi, shuningdek Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobiga yangi himoya qilish vositalarini ishlab chiqaruvchi kichik va qoʻshma korxonalarni tashkil etish boʻyicha Mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi uzunlik zichligi past boʻlgan nitron tolasi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysin, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish uchun zarur polimer materiallarga boʻlgan ehtiyojni hamda himoya qilish vositalarini tadbirlarda nazarda tutilgan muddatlarda ishlab chiqarishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi ular bazasida belgilangan himoyalash xossalariga ega boʻlgan maxsus gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtiriladigan, shuningdek maxsus kiyimlar ishlab chiqarish tashkil etiladigan korxonalarni ikki hafta muddatda belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish uchun Mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi buyurtmasi boʻyicha anjomlar ishlab chiqarishni hamda asbob-uskunalarni modernizatsiya qilishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida yakka tartibda va jamoa tartibida himoya qilish vositalarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirayotgan korxonalar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha anjomlar va asbob-uskunalar tayyorlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-son