Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.11.1995 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XOʻJALIGI TARMOQLARI FAOLIYATIGA “PELENG” ELEKTRON-AXBOROT TIZIMINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatdagi va harakatsiz obyektlarning turgan joyini va holatini doimiy ravishda radiolashtirilgan nazorat qilish yoʻli bilan xalq xoʻjaligi tarmoqlarining vazifalarini shoshilinch hal etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligining “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan yer usti jamoat transporti ishiga “Peleng” elektron-axborot tizimini davlat markazlashtirilgan sarmoya mablagʻlari hisobidan joriy etishni Toshkent shahar hokimligi kapital qurilishining 1996-1997-yillardagi aniq manzilli dasturiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Peleng” tizimini joriy etish boʻyicha vazifalar quyidagi tartibda taqsimlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligiga “Peleng” tizimi buyurtmachisi funksiyasi yuklatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Sietl” ilmiy-texnika ishlab chiqarish firmasi bosh pudratchi etib belgilansin, unga boshqa loyihalash va ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarini ishga jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil dekabr oyida ularni nazorat qilish birinchi navbatda “Peleng” tizimi orqali amalga oshiriladigan transport vositalarining turlari va sonini, ular joylashgan joyni surash davriyligini va harakat yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda texnik vazifani ishlab chiqsin va bosh pudratchiga bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sietl” ilmiy-texnika ishlab chiqarish firmasi manfaatdor davlat va xoʻjalik tashkilotlari bilan birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini hal etish, transport majmui, kommunal va ekologik xizmatlar, sogʻliqni saqlash, geologiya va respublika iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari ishi samaradorligini oshirish, shuningdek yetishmayotgan asbob-uskunalar va butlovchi materiallarni ishlab chiqarishga buyurtma berish yoʻli bilan sanoat korxonalarini ish bilan taʼminlash uchun respublika hududida “Peleng” tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va shu yilning IV choragida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan birgalikda “Peleng” elektron-axborot tizimi mahalliy tarmogʻidan foydalanishning tashkiliy tuzilmasini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445-son