Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUVI ORGANLARI APPARATI XARAJATLARI UChUN BUDJET MABLAGʻLARINI QISQARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari sonini tartibga keltirish va faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari 15 foizga qisqartirilsin.
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda xodimlar sonini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlarini qisqartirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini mablagʻ bilan taʼminlashni mazkur qaror bilan belgilangan xarajatlarni qisqartirishni hisobga olgan holda amalga oshirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 17-noyabr,
438-son