1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning shoʻrini yuvish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini va suv taʼminotini yaxshilash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning shoʻrini yuvish uchun foydalaniladigan va tasdiqlangan shoʻr yuvish normalari doirasida, shuningdek, kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslarini ulardan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilish, suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishga davlat tomonidan subsidiyalar ajratish hamda yer soligʻi boʻyicha imtiyoz berish tizimi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini agrotexnik qoidalar asosida sifatli va tizimli tashkil etishga, suv isteʼmolini nazorat qilishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti. Natijada agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvishda, ayniqsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining aksariyat tumanlarida agrotexnik qoidalar va muddatlar qoʻpol ravishda buzilib, suv isrofgarchiligiga yoʻl qoʻyilgan, shoʻr yuvish ishlarining samarasi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejaydigan sugʻorish va lazerli yer tekislash texnologiyalari joriy qilingan maydonlarda yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish yuzasidan xorijiy tajribalarni oʻrganish, yangi ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish soha talablaridan ortda qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qarori ijrosini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda yerlarning shoʻrini yuvish, meliorativ holatini yaxshilash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish hamda shoʻr yuvish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarning shoʻrini yuvish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan ishlab chiqiladigan va ilmiy asoslangan tavsiyalar boʻyicha maqbul muddatlarda va shoʻr yuvish normalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarning shoʻrini yuvish ishlari har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislangan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻr yuvish ishlari uchun suv olish xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ajratilgan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi hamda suvning hisobi va hisoboti yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻr yuvish uchun berilgan suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʻyishga va ularning texnik holatiga zarar yetkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 442-moddasi talablaridan kelib chiqib, shoʻr yuvish ishlari uchun ajratilgan suv olish limitidan ortiqcha suv olingan taqdirda, belgilangan tartibda suvdan foydalanganlik uchun soliqqa tortilishi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shoʻr yuvish ishlarini rejalashtirish, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-oktabrga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (suv isteʼmolchilari uyushmalarining) suv olish limitlari tasdiqlanadi va joylarga yetkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 20-oktabrga qadar agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlar bilan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari, shuningdek, tegishli shartnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan hududlar boʻyicha meliorativ kadastr hujjatlari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 10-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi, agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlarga yetkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 20-noyabrga qadar suv isteʼmolchilari tomonidan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) bilan birgalikda ularga berilgan tavsiyalar va suv isteʼmoli rejalariga asosan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari rejalari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan, yerlarning shoʻrini yuvish ishlari shoʻr yuvish rejalari boʻyicha berilgan tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida shoʻr yuvish normalariga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shoʻr yuvishda suvdan foydalanish va shoʻr yuvish monitoringini yuritish tartibi, shu jumladan, xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) suv isteʼmolchilari bilan belgilangan tartibda shoʻr yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish va baholash ishlarining tizimli ravishda sifatli amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) suv resurslarini oqilona boshqarishni va ajratilgan suv olish limiti doirasida suv yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Innovatsion rivojlanish vazirligiga 2021-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻoriladigan, shuningdek, lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislangan maydonlarda yerlarning shoʻrini yuvish bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga qaratilgan ilmiy loyihalarga tanlov eʼlon qilish uchun takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻri yuviladigan maydonlarni har yili 1-dekabrga qadar sifatli shudgorlash va zarur hollarda chuqur yumshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini ilmiy asoslangan tavsiyalar boʻyicha maqbul muddatlarda va shoʻr yuvish normalarida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda ulardan samarali foydalanish ishlarini tizimli tashkil qilish va amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarida agrotexnik qoidalarga, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʻyishning har bir holatini favqulodda holat sifatida baholab, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda keskin choralar koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq xoʻjaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari” va “Shoʻr yuvish texnologiyalari” fanlari boʻyicha oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish choralarini koʻrsin. Bunda mazkur sohadagi oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, yuqorida koʻrsatilgan fanlarni tegishli taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalariga kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 190-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Shoʻr yuvish ishlarini rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yerlarning shoʻrini yuvish ishlarini rejalashtirish yerlarning meliorativ holatiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari tomonidan har yili 1-oktabrga qadar suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (suv isteʼmolchilari uyushmalarining) suv olish limitlari belgilangan tartibda tasdiqlanadi va joylarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv isteʼmolchilarining suv olish limitlari ularga xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) har yili 20-oktabrga qadar agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan birgalikda suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini, shuningdek, tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalar (keyingi oʻrinlarda — Meliorativ ekspeditsiyalar) har yili 1-noyabrga qadar hududlar boʻyicha meliorativ kadastr hujjatlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv koʻrsatkichlari oʻrganiladi hamda tahlil qilinadi. Sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv xaritalari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Meliorativ ekspeditsiyalar har yili 10-noyabrga qadar yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi oʻrinlarda — Tavsiyalar) ishlab chiqadi hamda agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga (keyingi oʻrinlarda — suv isteʼmolchilari) yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Suv isteʼmolchilari xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) bilan birgalikda ularga berilgan Tavsiyalar va suv isteʼmoli rejalariga asosan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari rejalarini har yili 20-noyabrga qadar ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini sifatli amalga oshirishga koʻmaklashish uchun suv isteʼmolchilariga malakali mutaxassislarni biriktiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Suv isteʼmolchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻri yuviladigan maydonlarni gʻoʻzapoya yoki boshqa oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalaydi hamda sifatli shudgorlaydi, zarur hollarda Tavsiyalarga asosan chuqur yumshatish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shudgorlangan va tekislangan maydonlarni Tavsiyalar asosida pollarga boʻladi, nishablik katta boʻlgan maydonlarda chuqur egatlar oladi, oʻqariq va shoxariqlar oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻr yuvish ishlarini sifatli amalga oshirish va suvdan oqilona foydalanish uchun yer maydonining katta-kichikligiga qarab kamida toʻrt nafar tajribali suvchini (mutaxassisni) jalb qiladi, ularga dalada zarur sharoitlarni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yerlarning shoʻr yuvish ishlari shoʻr yuvish rejalari boʻyicha berilgan tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida shoʻr yuvish normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻr yuvishda pollarni suv bilan toʻldirish maydonning yuqori qismidan pastga qarab, kollektor-drenaj tarmogʻi tomon navbat bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shoʻr yuvish ishlari uchun ajratilgan suvni kollektor-drenaj tarmogʻiga tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Shoʻr yuvishda suvdan foydalanish va shoʻr yuvish monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shoʻr yuvish uchun suv resurslarini olish xizmat koʻrsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan suv olish joylarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suv isteʼmolchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish uchun xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga (suv isteʼmochilari uyushmalariga) suv isteʼmoli rejasi asosida va suv olish limiti doirasida yozma buyurtmanoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanomani xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga (suv isteʼmolchilari uyushmalariga) yoki ularning vakolatli shaxslariga suv olish boshlanishidan oʻn kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek, olinadigan suv miqdorini koʻrsatgan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ajratilgan suv olish limitidan ortiqcha olingan suv miqdoriga belgilangan tartibda suvdan foydalanganlik uchun soliq undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVII boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) suv isteʼmolchilari bilan birgalikda belgilangan tartibda shoʻr yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 72, 74, 76-moddalari.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʻyish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsirchan choralar koʻrib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari
Suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (suv isteʼmolchilari uyushmalarining) suv olish limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va joylarga yetkazish.
Har yili 1-oktabrga qadar
2-bosqich
Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari)
Agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini, shuningdek, tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
Har yili 20-oktabrga qadar
3-bosqich
Meliorativ ekspeditsiyalar
Hududlar boʻyicha sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv koʻrsatkichlarini oʻrganish hamda tahlil qilish. Sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv xaritalarini hamda meliorativ kadastr hujjatlarini ishlab chiqish.
Har yili 1-noyabrga qadar
4-bosqich
Meliorativ ekspeditsiyalar
Yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish hamda agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazish.
Har yili 10-noyabrga qadar
5-bosqich
Suv isteʼmolchilari
Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) bilan birgalikda ularga berilgan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi oʻrinlarda — Tavsiyalar) va suv isteʼmoli rejalariga asosan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari rejalarini ishlab chiqish.
Har yili 20-noyabrga qadar
6-bosqich
Suv isteʼmolchilari
Yerlarning shoʻr yuvish ishlarini shoʻr yuvish rejalari boʻyicha berilgan Tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida shoʻr yuvish normalariga muvofiq amalga oshirish.
Tavsiyada koʻrsatiladigan maqbul muddatlarda
7-bosqich
Xizmat koʻrsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (suv ist?ʼmolchilari uyushmalari)
Suv isteʼmolchilari bilan belgilangan tartibda shoʻr yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritish.
Shoʻr yuvish davrida
8-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatish.
Suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʻyish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsirchan choralar koʻrish.
Yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish davrida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______________ tumani _______________ klasterga (fermer xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha TAVSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jami ekin maydoni ______ gektar, shundan ______ gektari har xil darajada shoʻrlangan, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____ kontur — kuchli shoʻrlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____ kontur — oʻrtacha shoʻrlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____ kontur — kuchsiz shoʻrlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuproq mexanik tarkibiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____ kontur –_________ tuproq, ____ kontur –_________ tuproq, ____ kontur –_________ tuproq sirasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shoʻr yuvishga yerlarni 20__ yil “__” oyining ______ gacha tayyorlash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shoʻr yuvish ishlari dastlab ___ -chi konturda, keyin ___ -chi konturda, undan keyin ___ -chi konturda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shoʻr yuvish ishlarini sifatli bajarish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻri yuviladigan maydonlarni dastlab gʻoʻzapoya yoki boshqa oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni maqbul muddatlarda 35 — 40 sm chuqurlikda sifatli qilib shudgorlash, gips yoki qattiq qatlamlar mavjud boʻlganda plantajli plug bilan shudgorlash yoki chuqur yumshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli shoʻrlangan maydonlarga shudgordan oldin turoqning ball-bonitetiga qarab har gektariga 10 — 20 tonnadan mahalliy goʻng solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida uch yilda kamida bir marta tekislash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻr yuviladigan maydonni uning nishabligiga qarab quyidagi oʻlchamlarda pollarga boʻlish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___-chi konturda polning eni ___ metr, boʻyi ___ metr, maydoni ___ gektar;

___-chi konturda polning eni ___ metr, boʻyi ___ metr, maydoni ___ gektar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shoʻr yuviladigan maydonlarda sxemaga muvofiq oʻqariqlar va pollarni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻr yuviladigan maydonlarda dastlab marzalar olinadi. Marzalar eniga ___ metrdan, boʻyiga esa har ___ metrdan olinadi. Oʻqariqlar esa ikki pol oʻrtasida boʻylamasiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ekin maydoni ichida yopiq-gorizontal drenaj mavjud boʻlsa, oʻqariqlar ikki drenaj oʻrtasidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marzalar va oʻqariqlarning balandligi bir marta suv bostirishda beriladigan suv ustunining (sathining) chuqurligini eʼtiborga olib, yerning tekislangan joyiga nisbatan 0,35 — 0,45 metr baland boʻlishi kerak. Nishabligi katta boʻlgan dalalarda pollarni ajratuvchi marzalar balandligi 0,5-0,6 metrgacha boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shoʻr yuvishga pol olish ishlari noyabr oyidan boshlab, dekabr oyining iliq kunlarida tugallanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻr yuvish normasi tuproqning shoʻrlanganlik darajasiga va mexanik tarkibiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir gektar maydonning shoʻrini yuvish uchun _____ -chi konturga _______ kub m/ga, _____ -chi konturga _______ kub m/ga, _____ -chi konturga _______ kub m/ga miqdorda suv berish tavsiya etiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻr yuvish ishlari navbat bilan dastlab kuchli shoʻrlangan maydonlarda, undan keyin oʻrtacha shoʻrlangan maydonlarda boshlanib, oxirida kuchsiz shoʻrlangan maydonlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pollarni suv bilan toʻldirish yuqoridan pastga qarab, kollektor-drenaj tarmogʻi tomon navbat bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻr yuvish ishlari quyidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchsiz shoʻrlangan, shuningdek, yengil tuproqli oʻrtacha shoʻrlangan maydonlar bir marta yuviladi. Oʻrtacha shoʻrlangan qolgan maydonlar esa ikki marta, kuchli shoʻrlangan maydonlar esa uch marta yuviladi. Bunda pollarni suv bilan bostirishda suv miqdori kamaytirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻr yuvish ishlariga _______ oyidan boshlab kirishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi shoʻr yuvish ishlarini _______ ga qadar, ikkinchi va uchinchi shoʻr yuvish ishlarini _______ ga qadar toʻliq yakunlash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/190/0306-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)