Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2968-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 302-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3331, 04.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 530-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2968, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2968/0660-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasi matnidagi “pasport” degan soʻz “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-mart,
85-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 10/21/2968-2/0305-son)