LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 302-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3331, 04.11.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 529-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2967, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2967/0659-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarining 5-ilovasi matnidagi “Pasport” degan so‘z “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.