Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.04.1997 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALISTLARNI QAYTA TAYYORLASh XALQARO JAMOATChILIK MARKAZINI QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarida demokratiyalash jarayonlarini chuqurlashtirishga koʻmaklashish, chet mamlakatlar tajribasidan va jurnalistikaga qoʻyilayotgan zamonaviy talablardan kelib chiqib, vaqtli matbuot, televideniye va radio tizimining jurnalist kadrlar ijodiy faolligini va kasb-kor malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarma, Ommaviy axborot vositalarini demokratiyalash va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi va “Kamolot” jamgʻarmasi tomonidan Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi tashkil etilishi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi Ustavi Hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro jamoat tashkiloti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda nazarda tutilganidek, ommaviy axborot vositalarida demokratiyalash jarayonlarini chuqurlashtirishga, yuqori malakali jurnalistlarni qayta tayyorlashga koʻmaklashish Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi. Bunda quyidagi maqsadlar koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotning senzuradan, mafkuralashuvdan toʻliq xalos boʻlishini nazrda tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli va xilma-xil axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik fikri xilma-xilligini, inson eʼtiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda boʻlishini, uning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Inson huquqlari boʻyicha xalqaro xartiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklarini aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yondashuvlarning tengligini, materiallarni bayon qilishda mustaqillikni va hissiyotlarga berilmaslikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ommaviy axborot vositalari yordamida demokratiyalashni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarga, keng yoyilgan maʼnaviyat va maʼrifat gʻoyalariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash jarayonlariga faol jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalistika etikasining umumiy tan olingan qonunlariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy-huquqiy nashrlar, teleradiokanallar, gazeta va jurnallar tarmogʻi tashkil etilishiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi Vatanimizning va chet ellarning Hukumatiga qarashli boʻlmagan tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz oʻz faoliyatini Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining oʻquv-ishlab chiqarish bazasida amalga oshiradi, u Toshkent shahar, Oʻzbekiston koʻchasidagi 45-uyga joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markaziga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 10 mln soʻm ajratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsinlar hamda milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun tegishli schyotlar ochsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz oʻz Ustavida nazarda tutilgan ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega ekanligiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazida kontrakt asosida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislardan mehmonxonalarda yashaganlik, transportdan foydalanganlik, viza xizmatlari uchun milliy valyutada va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan miqdorlarda haq olishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtosanoat” uyushmasining Markazga ikkita “Neksiya”, bitta “Damas” avtomashinasini budjet tashkilotlari uchun nazarda tutilgan narxlarda sotishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Markazning buyurtmanomasi boʻyicha kontrakt asosida jalb etilayotgan chet el mutaxassislari va olimlari ishiga haq toʻlash uchun zarur summani belgilangan tartibda erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazini shahar va Hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186-son