12.03.2021 yildagi SQ-253-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 2020-yil 12-iyuldagi “Tumanda fermer xoʻjaliklariga ajratilgan qishloq xoʻjalik yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanish holatini monitoringdan oʻtkazilganlik natijalari toʻgʻrisida”gi 49/12-06-sonli qarorini oʻrganish natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida faoliyat yurituvchi “Bobur oʻgʻli Humoyun” fermer xoʻjaligi va Qarshi tumani hokimligi oʻrtasida yerdan foydalanish boʻyicha ijara shartnomasini bekor qilish boʻyicha xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 2020-yil 12-iyuldagi 49/12-06-sonli qarorini (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) bekor qilish yuzasidan xati Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish koʻrsatganidek, Qaror bilan “Bobur oʻgʻli Humoyun” fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomasi fermer xoʻjaligi rahbari va hokimlik oʻrtasida kelishuvga erishilmagan boʻlsa-da, bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga asosan shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 24-moddasi hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlari fermer xoʻjaliklari va tuman hokimligi oʻrtasidagi shartnomaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solish vakolatiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida maʼmuriy organ manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini berishi shartligi belgilangan boʻlsa-da, mazkur qarorni qabul qilish jarayonida fermer xoʻjaligi rahbarining ishtirok etishi va ushbu holat boʻyicha oʻz fikrini bildirish imkoniyati taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning 19-moddasiga koʻra maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik maʼmuriy hujjatlarning va maʼmuriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta koʻrib chiqilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 2020-yil 12-iyuldagi “Tumanda fermer xoʻjaliklariga ajratilgan qishloq xoʻjalik yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanish holatini monitoringdan oʻtkazilganlik natijalari toʻgʻrisida”gi 49/12-06-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-253-IV-son