05.04.2021 yildagi 182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, pista va kavrak yetishtirish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholi bandligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Dehqonobod tumanini rivojlantirish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda pista va kavrak plantatsiyalarini (keyingi oʻrinlarda — plantatsiya) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Tadbirkorlikni rivojlantirish ofisi”ni (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Loyiha ofisining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi ustuvor loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash, shu jumladan, tashkiliy va huquqiy masalalarni hal qilishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-rejalarni ishlab chiqish, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlarini plantatsiyalarni tashkil etishga jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmagi va grant mablagʻlarini jalb qilish hamda ulardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisining faoliyatidan va loyiha tashabbuskorlariga xizmat koʻrsatishdan olinadigan daromadlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Loyiha ofisining faoliyati tashkil etilishini taʼminlaydi, shuningdek, kelgusida salohiyatli investorni aniqlaydi, unga Loyiha ofisining ustav fondidagi ulushini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik bitimini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisining rahbari va boshqaruv xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi xodimlari mehnatiga haq toʻlash ular bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisining ustav fondini shakllantirish uchun oʻz tizimidagi tashkilotlarning 2020-yilgi sof foydasi hisobidan 4,0 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisini Dehqonobod tumani davlat soliq inspeksiyasining Qorashina shaharchasi, Bobur koʻchasi 3-uy manzilida joylashgan binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan 24 ta lotlar (loyihalar) asosida plantatsiyalarni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pista koʻchatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida har bir gektar yer uchun 3,0 million soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plantatsiyalarni tashkil etish xarajatlarining kamida 50 foizini tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, shuningdek, kredit va subsidiyalar hisobidan birgalikda moliyalashtirish tamoyili asosida amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari panjara yoki yevro setka oʻrnatish, kavrak urugʻini sotib olish va loyihani tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarga, kreditlar — suv tarmoqlarini qurish va oʻtkazish hamda artezian quduqlarni burgʻilashga, subsidiyalar — pista koʻchatlarini sotib olishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlar uni oʻtkazish sanasidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda, boshqa ochiq manbalarda, shuningdek, Dehqonobod tumanidagi tashqi reklama obyektlarida Loyiha ofisi mablagʻlari hisobidan joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiyalar Loyiha ofisi va Dehqonobod tumani hokimligining tashabbuskorlar mablagʻi hisobidan panjarani yoki yevro setkani oʻrnatish yakunlanganligi toʻgʻrisidagi qoʻshma xulosasi asosida ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi bilan kelishgan holda plantatsiyalarni tashkil etish boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlasin va unda tashabbuskorlar tomonidan pista koʻchatlari ekilgunga qadar panjara yoki yevro setka oʻrnatilishi, shuningdek, 2022-yil aprelgacha pista koʻchatlarini ekish va kavrak urugʻini sepishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzmilliybank” AJ) loyiha tashabbuskorlariga 10 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda plantatsiyalar tashkil etish loyihalari tashabbuskorlariga “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan milliy valyutada 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladigan kreditlarning Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlgan, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan qismi boʻyicha kompensatsiya kreditning birinchi 5 yiliga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va koʻchatchilik xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan yuqori sifatli pista koʻchatlarini loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda yetkazib berish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Dehqonobod tumanida plantatsiyalar tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyunga qadar aniq hisob-kitoblar asosida kavrak urugʻini yigʻib olish uchun kvota ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-sentabrga qadar loyiha tashabbuskorlariga yetkazib berish uchun mazkur kvota asosida kavrak urugʻlarining yetarli zaxirasini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-2022-yillarda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda, oʻrmon fondi yerlarida 1 000 gektardan kam boʻlmagan yer maydonlarini belgilangan tartibda uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi barcha ijtimoiy soha obyektlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalarini yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 182-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pista va kavrak plantatsiyalarini tashkil etish uchun ajratilgan lotlar*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lot
raqami

Maydoni

(ga)

Yer toifasi

Manzili (MFY)

Lot qiymati

(mln soʻm)

Jumladan:

loyiha tashabbuskorining oʻz mablagʻlari

(mln soʻm)

imtiyozli kredit resurslari

(mln soʻm)

subsidiya

(mln soʻm)

1.

41,8

lalmi

M. Ibragimov

996,2

675,7

195,1

125,4

2.

36,0

lalmi

M. Ibragimov

963,5

663,7

191,6

108,1

3.

47,6

lalmi

M. Ibragimov

1 109,3

767,7

198,6

143,0

4.

84,2

lalmi

M. Ibragimov

1 550,6

1 077,4

220,5

252,6

5.

73,0

lalmi

M. Ibragimov

1 338,8

905,7

213,9

219,3

6.

61,2

lalmi

Dehqonobod

1 192,8

802,5

206,7

183,6

7.

66,2

lalmi

Dehqonobod

1 247,2

838,8

209,7

198,6

8.

86,5

lalmi

U. Yusupov

1 503,4

1 021,5

222,0

259,9

9.

79,6

lalmi

U. Yusupov

1 450,9

994,3

217,8

238,8

10.

64,8

lalmi

U. Yusupov

1 287,6

884,3

208,9

194,4

11.

39,2

lalmi

Dehqonobod

971,2

659,8

193,6

117,8

12.

29,4

lalmi

Beliboyli

886,6

610,5

187,7

88,4

13.

18,3

lalmi

Beliboyli

767,6

531,6

181,0

55,0

14.

66,9

lalmi

Dehqonobod

1 268,9

857,8

210,2

200,9

15.

37,2

lalmi

Boshchorvogʻ

948,4

644,5

192,3

111,6

16.

19,0

lalmi

Boshchorvogʻ

759,8

521,1

181,5

57,3

17.

229,5

lalmi

X. Begimkulov

3 232,9

2 236,5

307,7

688,7

18.

195,1

lalmi

X. Begimkulov

3 121,5

2 249,1

287,1

585,4

19.

64,4

lalmi

Dehqonobod

1 222,4

820,4

208,7

193,3

20.

49,9

lalmi

Dehqonobod

1 057,7

707,7

200,0

149,9

21.

70,8

lalmi

Qoʻngʻirot

1 378,5

953,3

212,5

212,6

22.

28,8

lalmi

Dehqonobod

872,6

598,6

187,3

86,6

23.

50,7

lalmi

Oqrabot

1 121,1

768,5

200,4

152,1

24.

49,0

lalmi

Beliboyli

1 150,8

804,6

199,4

146,9

Jami**

1 589,1

31 401,0

21 596,2

5 034,1

4 770,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Loyihalar soni, qiymati, manzili va koʻrsatkichlar oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Loyiha ofisiga jami lotlarga ajratilgan yerlardan pista va kavrak koʻchatlarini, shuningdek plantatsiyalarini yetishtirish uchun 100 gektargacha boʻlgan tajriba maydoni (dalasi) tuman hokimi qarori asosida ajratiladi va unga mazkur qarorda pista va kavrak plantatsiyalarini yaratish uchun nazarda tutilgan talablar (tanlovda ishtirok etish bundan mustasno) tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 182-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “professional taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida pista va kavrak plantatsiyalarini tashkil etish maqsadida “Tadbirkorlikni rivojlantirish ofisi” MCHJ va Dehqonobod tumani hokimligining qoʻshma xulosasi asosida har bir gektar yer uchun 3,0 million soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda pista koʻchatlarini xarid qilish;”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma sakkiz — oʻttiz yettinchi xatboshilar tegishlicha yigirma toʻqqiz — oʻttiz sakkizinchi xatboshlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻttiz toʻrtinchi xatboshisidagi “kollejlarda” soʻzi “professional taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2021-y., 09/21/182/0282-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)