12.03.2021 yildagi SQ-247-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axboroti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axborotini eshitib, sohada bir qator ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlanishicha, adliya idoralari tomonidan yuklatilgan vazifani hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash orqali quyidagilarga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha adliya organlari tomonidan doimiy ravishda huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan. Televideniye va radio orqali 11 mingdan ortiq chiqish qilingan, 13 mingdan ortiq nusxada plakat, buklet va flayerlar aholiga tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida barcha muhim qonun hujjatlari boʻyicha kompleks targʻibot materiallari shaklida, yaʼni annotatsiya, slayd, flayer, infografika, videorolikdan iborat 200 dan ortiq targʻibot “paketi” ishlab chiqilgan. Ular tegishliligi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatchilarining umumiy hamda sohaviy huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida 18 ta vazirlik va idoralar xodimlari bepul onlayn ravishda oʻqitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan 1 415 ta axborot-tahliliy va obrazli media material hamda videoroliklar tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatidan foydalangan holda tadbirkorlar uchun bepul huquqiy maʼlumot va maslahat oladigan “Advice for business” yuridik portali ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida huquqiy maslahat berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Loyiha doirasida 5857 ta mahalladagi 78 292 ta xonadonda suhbat oʻtkazilib, ularga bepul huquqiy maslahat, shu jumladan “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va ijtimoiy himoyaga oid boshqa loyihalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, olis hududlarda yashovchi fuqarolar uchun huquqiy qoʻllanmalar tayyorlanib bepul tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, har bir oila uchun minimal darajada bilishlari lozim boʻlgan hayotiy muhim masalalar yuzasidan huquqiy qoʻllanma qayta tahrir qilinib, 20 000 nusxada tarqatilgan. “Koʻzi ojiz shaxslarning huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʻplami” 2 000 nusxada tayyorlangan va manzilli tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ayrim vazirliklar va davlat idoralarining huquqiy targʻibot sohasidagi muayyan kamchiliklari, oʻz yechimini kutayotgan muammolari hamda Adliya vazirligi tomonidan toʻliq foydalanilmayotgan imkoniyatlar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohada Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va vazirliklar bilan uzviy bogʻliqlik toʻliq oʻrnatilmaganligi, bu yoʻnalishda malaka oshirish ishlari ham yaxlit tashkil qilinmaganligi natijasida aholi oʻrtasida har xil noxush hodisalar yuz bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, vazirlik tomonidan boshqa idoralarning huquqiy targʻibot sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan huquqiy targʻibot tadbirlarining monitoringi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi namunali deb topilgan boʻlsa, Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaviatsiya” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlari qoniqarsiz deb topilgan. Boshqa davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot tadbirlari yetarli darajada emasligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur monitoring natijalari yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotnoma Hukumatga kiritilib, davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida seminar oʻtkazilgan hamda mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilingan. Lekin Hukumat tomonidan kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat idoralari va tashkilotlarga tanqidiy baho berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Adliya vazirligi zimmasiga huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etish vazifasi yuklatilgan boʻlsa-da, vazirlik tomonidan eng koʻp qayd etilayotgan qonun buzilishi holatlari boʻyicha yetarli oʻrganishlar oʻtkazilmagan. Mazkur huquqbuzarliklar va ularning sodir etilishi oqibatida belgilanadigan javobgarlik toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjatlar targʻiboti tizimli olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi tomonidan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirishni taʼminlash, davlat organlari xodimlarining va boshqa sohaviy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlari yetarli darajada emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga va “telegram”dagi rasmiy kanallarga shaxslarning ismi-shariflari koʻrsatilmagan holda amaliy misollar bilan joylashtirish va fuqarolarga muammolarning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu va boshqa manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari sust olib borilishi natijasida, jumladan fuqarolarning qonunchilik bilan belgilangan huquqlarini buzish holatlari, amaliyotda qonun talablarini bilmagan holda nafaqat jismoniy shaxslar, balki mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan mehnat qonunchiligi normalarini buzish kabi holatlar uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlar keng koʻlamli islohotlarni va qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini aholi eʼtiboriga yetkazish ishlariga salbiy taʼsir koʻrsatib, aholi oʻrtasida ularni notoʻgʻri talqin qilinishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatida hamda boshqa vazirliklar va davlat idoralarida huquqiy targʻibot sohasida muayyan kamchiliklar, oʻz yechimini kutayotgan muammolar hamda toʻliq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan ishlarni faollashtirish, sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida vazirlik va davlat idoralari tomonidan huquqiy targʻibot sohasida olib borilayotgan ishlarni tanqidiy oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish davomida vazirlik va davlat idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 678-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijro etilishini monitoring qilib borsin hamda ularning ushbu sohaga tegishli qismi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va davlat boshqaruvi organlari tomonidan sohalar boʻyicha yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari yoki matbuot anjumanlari orqali tushuntirib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi holatini oʻrganib chiqsin va yakuni yuzasidan Senatga maʼlumot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga, shu jumladan “telegram” tarmogʻidagi rasmiy kanaliga fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun shaxslarning ismi-shariflarini koʻrsatmagan holda ularning muammolari mazmun-mohiyatini amaliy misollar bilan tushuntirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targʻibot tadbirlarining natijalarini baholash usullari, vositalari, uslublarini belgilashni nazarda tutuvchi huquqiy targʻibot ishlarini baholash boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi turli qatlamlarining ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar fikrlarini oʻrganib, ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida doimiy ravishda eng dolzarb va ularni qiziqtiradigan masalalarning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan manzilli targʻibotni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har olti oyda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot va maʼrifat sohasidagi faoliyatini kompleks tarzda hududlar va sohalar kesimida tahlil qilib, natijasi boʻyicha tayyorlanadigan umumlashtirilgan maʼlumotni Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Senatiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi va boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi faoliyatini yanada jonlantirsin hamda bu sohada amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga maʼlumotlar taqdim etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan eng koʻp kelib tushayotgan murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan masalalarni tahlil qilgan holda, soha faoliyatiga oid tushuntirishlar berib borish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz soha faoliyatlaridan kelib chiqib, aholini qiynab kelayotgan muammolar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berish hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni keng aholi qatlamiga manzilli yetkazish boʻyicha taʼsirchan usullarni qoʻllashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlari, huquqiy madaniyati va ongining umumiy ahvolini minimal talablar boʻyicha baholab, natijalarini davlat organlari va hududlar kesimida taqqoslagan holda baho berish va munosib ragʻbatlantirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va yoshlar yuridik ensiklopediyalarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek hayotiy muhim masalalar yuzasidan huquqiy qoʻllanmani hamda “Koʻzi ojiz shaxslarning huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʻplami”ni tayyorlash va uni yetkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda uni amalga oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish, aholiga huquqiy axborotlarni, shu jumladan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini manzilli yetkazishga qaratilgan “Adliya sayillari” shiori ostida respublika boʻylab targʻibot tadbirlarini oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda korrupsiya va uning oldini olish bilan bogʻliq huquqiy targʻibot sohasida amalga oshirilayotgan tanlovlarni koʻpaytirib, aholining barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini oshirish uchun soha kesimida tadbirlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda ikki oy muddatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga “Madad” NNT orqali bepul huquqiy maslahat olish imkoni haqida SMS xabar yuborish orqali ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamni bepul huquqiy maslahat bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida tizimli ravishda amalga oshiriladigan “Huquqiy axborot kuni” loyihasini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi adliya organlarining hamda davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalar tomonidan huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha olib borayotgan faoliyati boʻyicha Kengash yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Umarov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-247-IV-son