Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
Moliya vazirligi Adliya vazirligining markaziy apparati uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Adliya vazirligi huzurida qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti va “Adolat” yuridik adabiyotlar nashriyoti tashkil etilsin.
Adliya vazirligi institut va nashriyotning faoliyatini tartibga soluvchi tegishli meʼyoriy aktlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.
3. Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi tashkil etilsin hamda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Adliya idoralari va davlat notariatida maxsus unvonlar — xodimlarning martaba darajalari belgilansin va ular toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin (4-ilova).
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori bilan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
davlat va xoʻjalik idoralarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligi bilan har yili bitim tuzishni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
7. Adliya vazirligi bir oy muddat ichida:
Vazirlar Mahkamasiga: vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy aktlarini huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; tegishli yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamgʻarmasini tashkil etish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlasin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo”, Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti, “Adolat” nashriyoti tashkil etilishi va “Hayot va qonun” jurnali chiqarilishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Adliya vazirligi ishtirokida ikki oy muddat ichida sudlar, adliya idoralari, notariat muassasalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlari muassasalarini binolar, transport vositalari va zamonaviy tashkiliy texnika bilan taʼminlashning aniq dasturini amalga oshirsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalarini tasdiqlash, ularning roʻyxatga olinganlik uchun toʻlovlarini yigʻish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarorining 5-bandiga oʻzgarish kiritilib quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur qarorga muvofiq jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik va ularga keyinchalik oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilganligi uchun olinadigan toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ixtiyorida qoladi va belgilangan tartibda foydalaniladi”.
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Yustitsiya ministrligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 1972-yil 27-sentabrdagi 427-son qarori (OʻzSSR QT, 1972-y., № , 57-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Qarorning qanday amalga oshirilayoganligi 1993-yilning aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-noyabr,
523-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 54-modda)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA IDORALARI VA DAVLAT NOTARIATI XODIMLARINING MARTABA DARAJALARI TOʻGʻRISIDA
NIZOM
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi martaba darajalaridan iborat boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
2-darajali davlat adliya maslahatchisi
3-darajali davlat adliya maslahatchisi
1-darajali adliya maslahatchisi
2-darajali adliya maslahatchisi
3-darajali adliya maslahatchisi
1-darajali yurist
2-darajali yurist
3-darajali yurist
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy yuridik maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda navbati bilan beriladi.
4. Quyidagilarga martaba darajalari beriladi:
| Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga |
| 1-darajali davlat adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga |
| 2-darajali davlat adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosarlariga |
| 3-darajali davlat adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziriga; Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlariga; |
| 1-darajali adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mustaqil boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlariga; viloyat hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; |
| 2-darajali adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarma boʻlimlari b�shliqlariga; viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda Toshkent viloyat va Toshkent shahar hokimliklari boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga |
| 3-darajali adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari boʻlimlarining boshliqlariga; viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga va adliya boshqarmalari boʻlimlariiing boshliqlariga; |
| 1-darajali yurist | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining bosh konsultantlariga; viloyat markazlari birinchi davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar birinchi davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslarining oʻrinbosarlariga; Toshkent shahar nohiyalari birinchi davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslariga; |
| 2-darajali yurist | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining yetakchi konsultantlariga; davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslariga; |
| 3-darajali yurist | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining katta konsultantlari va konsultantlariga; davlat notarial idoralarining davlat notariuslariga |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi, 1, 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchilarining martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 1, 2 va 3-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan beriladi.
6. Har bir martaba darajasida boʻlish muddati:
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
3, 2, 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasida boʻlish muddati belgilanmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasini oʻz ichiga olgan holda ana shu martabagacha egallab turgan lavozimi boʻyicha nazarda tutilganidan qatʼi nazar ketma-ketlikka va martabada boʻlish muddatiga rioya qilmagan holda martaba darajasi berishga yoʻl qoʻyiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri:
a) ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom boʻlgunga qadar martaba darajasi berishga;
b) ketma-ketlikka rioya qilmagan holda xodim yuqori lavozimga koʻtarilayotganda boʻlgan martabadan ikki daraja yuqori boʻlmagan martaba darajasi berishga;
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
9. Yuridik ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan 6 oy oʻtgandan keyin, yosh mutaxassislarga esa — stajirovka muddati tamom boʻlib, lavozimga tayinlangach beriladi.
10. Adliya idoralari va davlat notariatining bir martaba darajasi belgilangan muddatda xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega boʻlgan xodimlariga navbatdagi martaba darajasi berilmaydi.
11. Martaba darajalari berilgan xodimlar ularda umrlarining oxirigacha boʻladilar hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariatida ishlash bilan muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilgan taqdirda ulardan mahrum boʻlishlari mumkin.
12. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzganligi, badnom qiluvchi nojoʻya ish qilganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaganligi uchun xodimning martabasi pasaytirilishi mumkin, lekin u ega boʻlgan martaba darajasidan ikki daraja past boʻlishi mumkin emas.
13. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish 3-darajali davlat adliya maslahatchisidan past boʻlmagan martabaga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa shaxslar uchun esa — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
15. Adliya idoralari va davlat notariatining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarining lavozim maoshlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariatining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarini farqlash belgilari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 11-son, 32-modda; 1994-yil., 1-son, 3-modda; 1995-y.,3-son, 8-modda; 4-son, 16-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 44-modda; 5-6-son, 54-modda; 7-8-son, 66-modda; 15-16-son, 138-modda; 2011-y., 14-son, 134-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda)