Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Adliya vazirligiga vazirning uch nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosari hamda 11 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi Adliya vazirligining markaziy apparati uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Adliya vazirligi huzurida qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti va “Adolat” yuridik adabiyotlar nashriyoti tashkil etilsin.
Adliya vazirligi institut va nashriyotning faoliyatini tartibga soluvchi tegishli meʼyoriy aktlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.
3. Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi tashkil etilsin hamda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Adliya idoralari va davlat notariatida maxsus unvonlar — xodimlarning martaba darajalari belgilansin va ular toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin (4-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari:
Adliya vazirligiga umumiy majburiy xususiyatga ega boʻlgan meʼyoriy aktlarning loyihalarini ularni dastlabki ekspertizadan va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etishni;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik idoralarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligi bilan har yili bitim tuzishni taʼminlasinlar.
6. Adliya vazirligiga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish vazifasi yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Adliya vazirligi bir oy muddat ichida:
Vazirlar Mahkamasiga: vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy aktlarini huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; tegishli yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamgʻarmasini tashkil etish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlasin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo”, Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti, “Adolat” nashriyoti tashkil etilishi va “Hayot va qonun” jurnali chiqarilishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Adliya vazirligi ishtirokida ikki oy muddat ichida sudlar, adliya idoralari, notariat muassasalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlari muassasalarini binolar, transport vositalari va zamonaviy tashkiliy texnika bilan taʼminlashning aniq dasturini amalga oshirsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalarini tasdiqlash, ularning roʻyxatga olinganlik uchun toʻlovlarini yigʻish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarorining 5-bandiga oʻzgarish kiritilib quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur qarorga muvofiq jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik va ularga keyinchalik oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilganligi uchun olinadigan toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ixtiyorida qoladi va belgilangan tartibda foydalaniladi”.
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Yustitsiya ministrligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 1972-yil 27-sentabrdagi 427-son qarori (OʻzSSR QT, 1972-y., № , 57-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Qarorning qanday amalga oshirilayoganligi 1993-yilning aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-noyabr,
523-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Rahbariyat
2. Qonunchilik boʻyicha boshqarma
3. Iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va nopmativ hujjatlar loyihalarini tayyoplash va huquqiy ekspeptiza qilish boshqarmasi
4. Fuqarolarga huquqiy yopdam koʻpsatish boshqarmasi
5. Jamoat birlashmalari boʻyicha boshqarma
6. Xalq xoʻjaligidagi huquqiy ishlar boshqarmasi
7. Sudlar faoliyatini tashkiliy taʼminlash boshqarmasi
8. Kadplar boshqarmasi
9. Ishlar boshqarmasi
10.Huquqiy siyosatni va xalqaro-huquqiy aloqalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
11. Markaziy buxgaltepiya
12. Moliya-xoʻjalik boshqarmasi
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi haqidagi
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) — ijroiya hokimiyatning respublika organi hisoblanadi, oʻz faoliyatiga koʻra bevosita Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga boʻysunadi va maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Vazirlik tizimiga: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish muassasalari, Toshkent sud ekspertiza ilmiy-tadqiqot instituti, qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji, nashriyot, “Adolat” xoʻjalik hisobidagi huquqiy yordam koʻrsatish markazi kiradi.
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sudlarni (bu yerda va bundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudidan tashqari) tashkiliy jihatdan taʼminlashni va advokaturaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga va boshqa qonunchilik aktlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Adliya idoralari, muassasalari va sudlarni moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek, adliya tizimi va sudlarning xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun Vazirlikka ajratiladigan pul doirasida respublika budjeti hamda Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalaniladi.
4. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻzining toʻliq nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
5. Vazirlik “Hayot va qonun” — “Jizn i zakon” jurnalini oʻzbek va rus tillarida nashr etadi.
II. VAZIRLIKNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
6. Vazirlikning asosiy vazifalari:
a) adliya idoralari, sudlar, davlat organlari va respublikaning oʻzini oʻzi boshqaruvchi mahalliy organlarining huquqiy siyosat sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish va axborot bilan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
b) iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va nopmativ hujjatlar loyihalarini tayyoplash va huquqiy ekspeptiza qilish, pespublikaning qonunchilik va boshqa nopmativ hujjatlarini tayyoplashda qatnashish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentining farmonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroplarini tartibga solish va kodifikatsiya qilish;
(“b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
v) fuqarolarning jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ularning ustavlarga qanday rioya qilayotganliklari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
auditoplik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik birlashmalari, aksioneplik jamiyatlari, birjalar, kopxonalarning ustavlarini davlat poʻyxatidan oʻtkazish va ular oʻz ustavlariga pioya etishlari ustidan nazopatni amalga oshirish;
(“v” kichik band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
g) respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining umumiy majburiy tusdagi meʼyoriy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
d) fuqarolarga va yuridik shaxslarga yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash;
e) respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining yuridik xizmatlariga uslubiy yordam koʻrsatish, ushbu organlarning, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, respublika muassasalari va idoralarining tashqi iqtisodiy faoliyatlarini huquqiy taʼminlash;
j) Oʻzbekiston Respublikasining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tomonlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlib hisoblanganda boshqa respublikalar, xorijiy davlatlar sudlarida nizolar koʻrib chiqilayotganda vakillik qilish;
z) sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishlari prinsiplariga qatʼiy amal qilgan holda sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash;
i) Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvi organlarining yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash va ular bilan taʼminlash;
k) yuridik umumiy majburiy taʼlimni tashkil etish, Toshkent sud ekspertiza ilmiy-tadqiqot institutining, qonunchilik muammolarini tadqiq qilish institutining, Toshkent davlat yuridik institutining, Toshkent yuridik kollejining va tizimning boshqa oʻquv muassasalarining faoliyatini takomillashtirish, huquqiy fanlarni rivojlantirishga va ularning yutuqlaridan Oʻzbekiston Respublikasining davlat, xoʻjalik va madaniy qurilishida foydalanishga koʻmaklashish;
l) Vazirlik tizimi xodimlariga zarur mehnat va dam olish sharoitlari yaratib berish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik koʻrsatish hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
a) huquqiy siyosatni oʻtkazish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish Kengashining faoliyatiga rahbarlik qilishni amalga oshiradi, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvi organlari ishtirokida respublikada qonunchilik jarayonini, qonuniylikni va huquq targʻibot mustahkamlanishini taʼminlash, shuningdek, huquqiy umumiy taʼlimni kompleks davlat dasturi boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarning uzoq muddatli rejalarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
b) barcha davlat va boshqa organlardan huquqiy statistika maʼlumotlarini talab qilib oladi, Ushbu masalalar boʻyicha statistik hisobotning yuritilishiga va tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilishni taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini fuqarolarning huquqiy himoya qilinganligi va ularga yuridik yordam koʻrsatishning ahvoli toʻgʻrisida xabardor qilib turadi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbuslariga koʻra qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy aktlarning loyihalarini ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga kiritadi, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning loyihalari yuzasidan yuridik xulosalar beradi, respublika qonunchiligini tartibga solish boʻyicha ishlarni olib boradi, ularga oʻzgarishlar yoki qoʻshimchalar kiritishga oid takliflarni tayyorlaydi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi bilan doimiy amaliy aloqada boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan qonun loyihalarining oʻtishiga koʻmaklashadi, buning uchun deputatlar oʻrtasida zarur tushuntirish ishlarini olib boradi;
d) jamoat birlashmalari ustavlarining, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining fuqarolar va respublikaning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi meʼyoriy-huquqiy aktlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar beradi, ular asosida ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tomonlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi hisoblangan xalqaro-huquqiy tusdagi hujjatlar boʻyicha yupidik xulosa bepadi;
(“d” kichik band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
e) fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam berish bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziya (ruxsatnoma) beradi;
j) xalq xoʻjaligida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, uni yaxshilash yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqadi, ishlarning qoʻyilishi amaliyotini tekshiradi va tahlil qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning yuridik xizmatlarining ijobiy ish tajribalari joriy qilinishi chora-tadbirlarini koʻradi, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatlarini huquqiy taʼminlashni amalga oshiradi, yuriskonsultlarning malakasini oshirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi;
z) oʻz huquq doirasida boshqa respublikalarning, xorijiy davlatlarning tegishli yuridik organlari bilan, shuningdek, xalqaro yuridik tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish, huquqiy yordam koʻrsatish va hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar yoki bitimlar tuzadi;
i) Oʻzbekiston Respublikasining, Prezidentning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilishni, shu jumladan, sudda himoya qilishni amalga oshiradi;
k) sudlarni tashkil etish (joylashtirish, tuzilish, shtatlar) masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda tegishli organlarga kiritadi, belgilangan tartibda sudyalarni tayyorlashni, tanlashni va lavozimga taqdim etishni va respublika sudlarining xalq maslahatchilari saylovini oʻtkazishni amalga oshiradi; sudyalarning mustahkamligini mustahkamlash, odil sudlovlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining konferensiyalarini chaqiradi;
l) respublika sudlarining tashkiliy faoliyatini oʻrganadi va umumlashtiradi, ularni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning qarorlarini, ajrimlarini, jinoiy ishlarning mulkiy jazo berish qismi boʻyicha sudlarning hukmlari, jarimalari va qarorlarini, shuningdek, ijro etilishi sud ijrochilariga yuklatilgan boshqa organlarning qarorlarini ijro etish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
m) adliya idoralari, sudlar va davlat boshqaruv organlarining huquqiy statistikasini yuritish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi va umumlashtiradi, tegishli statistika umumlashtirishlarni tayyorlaydi;
n) notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarini tashkil etadi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, fuqarolarga huquqiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi; amalga oshirilgan notarial harakatlar va fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish statistikasini yuritadi;
o) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan doirada va tartibda respublika advokatura muassasalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; advokatlar hayʼati orqali fuqarolarga va tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
p) davlat organlari va jamoat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini targʻib qilish va tushuntirish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi, tizimning oʻquv muassasalariga rahbarlikni amalga oshiradi, huquqiy axborot sohasida texnik siyosatni ishlab chiqadi va hayotga tadbiq qiladi, huquqni amalga oshirish muammolarini tadqiq etadi, uni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, huquq va odil sudlov masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganadi;
r) kriminalogiya, kriminalistika va sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi; Toshkent sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga rahbarlik qiladi, huquq fanlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar va kengashlar tashkil etadi;
s) adliya muassasalari organlari va sud kadrlari rezervini yaratadi, ularni tayyorlashni tashkil etadi, kadrlarni tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda ularni joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni uyushtiradi, qonunchilik muammolarini tadqiq qilish institutiga rahbarlik qiladi, bunda institutda Vazirlik tizimi, deputatlar korpusi, shuningdek, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari va xoʻjalik tashkilotlari xodimlarining samarali oʻqitilishini taʼminlaydi;
t) davlat organlarining yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlaydi, ularni Toshkent davlat yuridik institutida, Toshkent yuridik kollejida va Vazirlik tizimining boshqa oʻquv muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;
u) respublika oliy va oʻrta oʻquv muassasalari talabalari va oʻquvchilari uchun yuridik darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining rejalarini ishlab chiqadi, shuningdek, ularni hamda kodekslar, meʼyoriy aktlar toʻplamlari, ilmiy-ommabop va boshqa yuridik adabiyotlarni nashr etishni tashkil qiladi; adliya idoralari muassasalari va sudlarni qonunchilik materiallari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
f) fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazirlikda va unga qarashli organlarda va sudlarda ishning tashkil etilishi bilan bogʻliq xatlari, arizalari, shikoyatlarni koʻrib chiqishni tashkil etadi va ularda qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi;
x) adliya tizimi va sud xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi; respublika adliya idoralari, muassasalarining va sudlarning moddiy-texnika taʼminotini tashkil etadi, sudlar, notarial idoralar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlari va boshqa adliya muassasalari binolarining kapital qurilishini amalga oshirish hamda ularni tuzatish chora-tadbirlarini koʻradi; ijroiya hokimiyatning mahalliy organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
ts) belgilangan tartibda oʻziga qarashli organlarni va respublika sudlarini moliyaviy taʼminlashni amalga oshiradi; adliya tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. ADLIYA VAZIRLIGINING HUQUQLARI
8. Adliya vazirligi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
a) boshqa respublikalar va xorijiy davlatlarning sudlarida Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor huquqiy nizolar boʻyicha daʼvogar va javob beruvchi vakil sifatida ish koʻrish, buning uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar va hujjatlar bilan tanishish va ularni respublikaning barcha davlat organlari va jamoat tashkilotlaridan olish;
b) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat xizmatlari, jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlaridan qonunchilik aktlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari yuzasidan xulosalar olish va koʻrsatilgan organlarning rahbarlari bilan kelishgan holda ushbu loyihalarni tayyorlash boʻyicha komissiya (ishchi guruhlari) tashkil etish;
v) sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini qoʻyish va ularni koʻrib chiqish uchun respublika sudlari sudyalarining malaka hayʼatlariga berish;
g) adliya idoralari, muassasalari, sudlarning rahbarlari va mutaxassislarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining koʻrib chiqishi uchun qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
e) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idopalar, ijpo etuvchi hokimiyat mahalliy opganlarida, mulkchilikning barcha shakllaridagi kopxonalar va tashkilotlarda huquqiy ishlarning ahvolini va ularning yupidik xizmatlarining faoliyatini, shuningdek, xoʻjalik birlashmalari, aksioneplik jamiyatlari, birjalar, auditoplik firmalarining Adliya vazirligida poʻyxatga olingan ustavlarga pioya etilishini tekshirish, ular tomonidan tegishli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab etish, qayd etib oʻtilgan opganlar va kopxonalarning pahbarlariga aniqlangan qoida buzishlarni bir oy muddatda albatta bartaraf etish toʻgʻpisida takliflar kiritish, amaldagi qonunchilik ijpo etilmaganligi uchun mansabdop shaxslarni belgilangan javobgarlikka toptish yoki ularning aybi bilan davlatga yoki kopxonaga yetkazilgan moddiy zararni undirib olish uchun yuqopi opganlarga yoki sudga mupojaat qilish;
(kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori tahririda)
j) fuqarolar jamoat birlashmalari ustavlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, shuningdek, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar va tashkilotlar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar tartibga solinadigan yoxud aholining muayyan toifasi yoki yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlariga boshqacha usulda daxl qilinadigan meʼyoriy aktlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq kelishi masalalarini hal etish;
z) oʻz huquqi doirasida boshqa respublikalarning, xorijiy davlatlarning yuridik organlari bilan va xalqaro yuridik tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqada boʻlish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. VAZIRLIK IShINI TAShKIL ETISh
9. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazir Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
Vazir Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik faoliyatining ayrim uchastkalariga va Vazirlikka qarashli organlar ishiga rahbarlik qilish uchun ularning javobgarligi darajalarini belgilaydi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri:
a) Vazirlik huquq doirasiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha adliya organlari, muassasalari va sudlar ijro etishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, ushbu buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalarning ijrosini tekshiradi.
Vazirlikning notarial harakatlarni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, sud qarorlarini ijro etish, respublika xalq xoʻjaligidagi yuridik xizmatlarning huquqiy ishlarini va faoliyatini yaxshilash masalalari boʻyicha yoʻriqnomalari va koʻrsatmalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha vazirliklar, idoralar, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi;
zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari bilan birgalikda qoʻshma buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi;
b) oʻz huquq doirasida huquqiy masalalar boʻyicha boshqa respublikalar va xorijiy davlatlar bilan shartnomalar va bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolaydi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va ish haqi toʻlash fondi doirasida, Vazirlik markaziy apparati tarkibini belgilaydi va shtat jadvalini tasdiqlaydi;
g) Vazirlik markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, oʻziga qarashli muassasalarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi:
d) Vazirlik markaziy apparatining, shuningdek, respublika adliya idoralari, muassasalari va sudlarining xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
e) respublika notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish muassasalari tizimini tasdiqlaydi;
j) tegishli davlat organlariga respublika adliya organlari va sudlarni tashkil etish hamda ularning xodimlari sonini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
z) sud kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, shuningdek, respublika sudlari sudyalarini chaqirib olish va muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish bilan bogʻliq masalalarni qonun bilan belgilangan tartibda hal qiladi;
i) boshqarmalar va boʻlimlarning rahbarlarini, Vazirlik markaziy apparatining boshqa xodimlarini, adliya tizimiga kiruvchi oʻziga qarashli muassasalarning rahbarlarini ishga qabul qiladi va lavozimdan ozod qiladi;
k) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari adliya boshqarmalarining tegishlicha rahbarlari lavozimlariga nomzodlar toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritadi;
l) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi bilan birgalikda respublika sudlari sudyalarini malaka attestatsiyasidan oʻtkazish va ularga malaka darajalari berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
m) respublika adliya idoralari, muassasalari va sudlari xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi; respublika sudlarining raislari va raislarining oʻrinbosarlari hamda sudyalariga nisbatan intizomiy ishlarni koʻzgʻatadi, Vazirlikning, oʻziga qarashli muassasalarning, notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarining xodimlariga, shuningdek, sud ijrochilariga intizomiy jazo beradi.
11. Vazirlikda tarkibida Vazir (rais), Vazirning (lavozimlari boʻyicha) oʻrinbosarlari va Vazirlikning boshqa xodimlaridan iborat hayʼat tuziladi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Vazirning taklifiga koʻra hayʼatning miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, Vazir hayʼat majlislarini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi.
Vazirlik hayʼati Vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Vazirlik boshqarmalari va boʻlimlari, oʻziga qarashli organlar rahbarlarining hisobotlarini va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari raislarining ularning ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha axborotlarini eshitadi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, oʻqitish va tarbiyalash, qarorlar ijrosini tekshirish, Vazirlikning eng muhim buyruqlari va boshqa aktlari loyihalarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va kooperativlarning, ularning rahbarlarini taklif etgan holda, huquqiy ishlari va yuridik xizmatlari faoliyatining ahvolini tekshirish yakunlarini muhokama qiladi. Hayʼatning qarorlari, odatda, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) adliya muassasalari tizimini qoʻshimcha ravishda mablagʻ bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga muvofiq tashkil qilinadi.
2. Jamgʻarma:
Adliya vazirligi muassasalarining tegishli yildagi smetasi boʻyicha tejash;
Oldingi tahrirga qarang.
sud jarimasi toʻlashdan, shuningdek, adliya idoralari, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish muassasalari va sudlar tomonidan fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatishdan mahalliy budjetlarga tushuvchi davlat boj toʻlovlari miqdoridan 20 foizini ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
jamoat birlashmalarining ustavlarini va meʼyoriy aktlarni roʻyxatga olish, fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyatiga litsenziya berish, yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malaka attestatsiyasidan oʻtkazish uchun adliya idoralari tomonidan olinadigan mablagʻlar;
foydadan olinadigan soliq toʻlangandan keyin adliya tizimi nashriyot va xoʻjalik faoliyatida qoladigan foyda va ijara toʻlovlari;
adliya muassasalari tomonidan qoʻshimcha huquqiy xizmatlar koʻrsatish, davlat dotatsiyalari, ssuda, huquqiy xizmatlar koʻrsatish koʻpayishidan manfaatdor boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va xususiy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
respublika adliya idoralari, muassasalari va sudlarda qonunda belgilangan tartibda hosil boʻluvchi boshqa daromadlar hisobidan tashkil topadi.
3. Jamgʻarma mablagʻlarining kirimi va xarajatlarini hisobga olish soʻmlarda va xorijiy valyutada alohida amalga oshiriladi.
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
binolar qurish, tuzatish, jihozlashda, adliya muassasalari va sudlarni inventar, tashkiliy texnika, kompyuterlashtirish vositalari bilan taʼminlashda;
adliya idoralari, muassasalari va sudlar uchun qoʻshimcha shtat saqlashda, texnikaviy vositalarga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatishda;
adliya idoralari, muassasalari va sud xodimlarini ijtimoiy himoya qilishda (uy-joy, dam olish uylari qurish, maoshga ustama va qoʻshimcha haq toʻlash, narx-navoning oshishi munosabati bilan kompensatsiya toʻlash va boshqalar);
fuqarolik holatini qayd qilish idoralarida milliy nikoh-oila marosimlarini rivojlantirishda;
adliya idoralari, muassasalari va sudlarga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha ular faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash orqali amalga oshiriladi. Dasturlar, ularni mablagʻ bilan taʼminlash limitlari va Jamgʻarmaning bir qismini har yili zaxiraga ajratish miqdori Jamgʻarma Kengashi tomonidan belgilanadi.
Jamgʻarma Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan boshqariladi, shuningdek uning tarkibiga vazirning oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hayʼati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri va Oliy Sudining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari kiradilar.
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror Jamgʻarma Kengashi aʼzolari koʻpchiligining ovozi bilan qabul qilinadi. Jamgʻarma Kengashi tomonidan belgilangan limitlar doirasida dasturlar boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash va toʻgʻrilab turish, shuningdek, jamgʻarmaning zaxira mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga yuklatiladi.
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har yili Jamgʻarma Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar qismi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
7. Jamgʻarma mablagʻlarini toʻplash va xarajatlar boʻyicha aʼmollarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha amaliy ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi apparati tomonidan amalga oshiriladi. Ana shu maqsadlarda mustaqil tashkilotlar tashkil etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA IDORALARI VA DAVLAT NOTARIATI XODIMLARINING MARTABA DARAJALARI TOʻGʻRISIDA
NIZOM
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi martaba darajalaridan iborat boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
2-darajali davlat adliya maslahatchisi
3-darajali davlat adliya maslahatchisi
1-darajali adliya maslahatchisi
2-darajali adliya maslahatchisi
3-darajali adliya maslahatchisi
1-darajali yurist
2-darajali yurist
3-darajali yurist
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy yuridik maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda navbati bilan beriladi.
4. Quyidagilarga martaba darajalari beriladi:
| Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga |
| 1-darajali davlat adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga |
| 2-darajali davlat adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosarlariga |
| 3-darajali davlat adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziriga; Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlariga; |
| 1-darajali adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mustaqil boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlariga; viloyat hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; |
| 2-darajali adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarma boʻlimlari b�shliqlariga; viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda Toshkent viloyat va Toshkent shahar hokimliklari boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga |
| 3-darajali adliya maslahatchisi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari boʻlimlarining boshliqlariga; viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga va adliya boshqarmalari boʻlimlariiing boshliqlariga; |
| 1-darajali yurist | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining bosh konsultantlariga; viloyat markazlari birinchi davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar birinchi davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslarining oʻrinbosarlariga; Toshkent shahar nohiyalari birinchi davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslariga; |
| 2-darajali yurist | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining yetakchi konsultantlariga; davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslariga; |
| 3-darajali yurist | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining katta konsultantlari va konsultantlariga; davlat notarial idoralarining davlat notariuslariga |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi, 1, 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchilarining martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 1, 2 va 3-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan beriladi.
6. Har bir martaba darajasida boʻlish muddati:
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
3, 2, 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasida boʻlish muddati belgilanmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasini oʻz ichiga olgan holda ana shu martabagacha egallab turgan lavozimi boʻyicha nazarda tutilganidan qatʼi nazar ketma-ketlikka va martabada boʻlish muddatiga rioya qilmagan holda martaba darajasi berishga yoʻl qoʻyiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri:
a) ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom boʻlgunga qadar martaba darajasi berishga;
b) ketma-ketlikka rioya qilmagan holda xodim yuqori lavozimga koʻtarilayotganda boʻlgan martabadan ikki daraja yuqori boʻlmagan martaba darajasi berishga;
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
9. Yuridik ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan 6 oy oʻtgandan keyin, yosh mutaxassislarga esa — stajirovka muddati tamom boʻlib, lavozimga tayinlangach beriladi.
10. Adliya idoralari va davlat notariatining bir martaba darajasi belgilangan muddatda xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega boʻlgan xodimlariga navbatdagi martaba darajasi berilmaydi.
11. Martaba darajalari berilgan xodimlar ularda umrlarining oxirigacha boʻladilar hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariatida ishlash bilan muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilgan taqdirda ulardan mahrum boʻlishlari mumkin.
12. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzganligi, badnom qiluvchi nojoʻya ish qilganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaganligi uchun xodimning martabasi pasaytirilishi mumkin, lekin u ega boʻlgan martaba darajasidan ikki daraja past boʻlishi mumkin emas.
13. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish 3-darajali davlat adliya maslahatchisidan past boʻlmagan martabaga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa shaxslar uchun esa — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
15. Adliya idoralari va davlat notariatining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarining lavozim maoshlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariatining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarini farqlash belgilari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan
QOʻShIMChA HAQ MIQDORLARI
QOʻShIMChA HAQ MIQDORLARI
|
Oylik qoʻshimcha haq miqdorlari | |
| Oliy malakali sudya | 1000 |
| Birinchi malakali sudya | 900 |
| Ikkinchi malakali sudya | 800 |
| Uchinchi malakali sudya | 700 |
| Toʻrtinchi malakali sudya | 600 |
| Beshinchi malakali sudya | 500 |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 11-son, 32-modda; 1994-yil., 1-son, 3-modda; 1995-y.,3-son, 8-modda; 4-son, 16-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 44-modda; 5-6-son, 54-modda; 7-8-son, 66-modda; 15-16-son, 138-modda; 2011-y., 14-son, 134-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda)