Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.04.1997 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 25.04.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOZOR IQTISODIYOTI ShAROITLARIDA AHOLIGA KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻgʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, aholining farovonligini oshirish yoʻliga muvofiq respublikada uy-joy-kommunal xoʻjaligining moddiy bazasini rivojlantirish, aholini uning xizmatlari bilan oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha muayyan ishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu sohadagi iqtisodiy islohotlar sust surʼatlar bilan bormoqda, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida uning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagan, muqobil kommunal korxonalar tashkil etilmagan, koʻrsatilayotgan xizmatlarga narx belgilash tizimini takomillashtirishga muhtoj, xizmatlar sifati esa aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmat koʻrsatish xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish bilan bogʻliq masalalar mutlaqo hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarali ijtimoiy siyosat izchil amalga oshirilishini taʼminlash, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida uy-joy-kommunal tarmogʻi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining uy-joy-kommunal tarmogʻida bozor munosabatlarini shakllantirishga doir ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi joylardagi organlarining turar-joylar va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni ichimlik suvni, gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilgan holda foydalanishga qabul qilish borasidagi ishi qoniqarsiz ekanligi qayd etilsin hamda belgilangan tartib buzilganligi uchun rahbarlar shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisiga kommunal xizmatlar sifatli va oʻz vaqtida koʻrsatilishini taʼminlash, mulkchilikning turli shakllaridagi kommunal korxonalar faoliyat koʻrsatishi tuzilmasini takomillashtirish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ular xodimlarining mehnatini tashkil etish va ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal tarmoqni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma munosabatlarini rivojlantirish, mablagʻ bilan taʼminlash va bu sohada narx belgilashni takomillashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ayrim toifalariga imtiyozli kommunal xizmat koʻrsatish tizimini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal tarmoqda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalari, uy-joy fondidan foydalanish huquqlarini roʻyobga chiqarish va uni saqlashda yashovchilarning faol qatnashishi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda 1997-yil davomida uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni tuzatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar, bunda uy-joylardan foydalanish tashkilotlari tarkibida uy-joy fondini saqlash va tuzatish hamda aholiga tegishli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzatish-foydalanish boʻlinmalari tashkil etilgan holda ushbu tashkilotlarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uy-joy-kommunal xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish boʻyicha normativlarni, joriy yilning oxirigacha tarmoqni ushbu normativlar boʻyicha mehnatga haq toʻlashga bosqichma-bosqich oʻtkazishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda kommunal xizmat koʻrsatish ayrim xizmatlari xodimlarini mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklidan ishbay shakliga oʻtkazishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir nechta uylarga xizmat koʻrsatishning oilaviy, brigada pudratini eksperiment tariqasida joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy-kommunal xizmatlariga tariflarni tasdiqlashda xarajatlar tarkibi boʻyicha mavjud normativ-uslubiy hujjatlarga qatʼiy amal qilsinlar, bunda xarajatlarni izchil qisqartirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tarmoqning xususiyatini hisobga olgan holda kommunal xizmatlarga tariflar belgilashning asoslanganligini muntazam nazorat qilsin. Tariflarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda aybdorlarga nisbatan monopoliyaga qarshi qonunchilikda nazarda tutilgan jazo choralarini qoʻllasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilda Toshkent shahrida ikkita uyni avtonom ravishda issiqlik bilan taʼminlash yuzasidan eksperiment oʻtkazsinlar. Eksperiment natijalarini tahlil qilish asosida uylar (xonadonlar)ni issiqlik bilan taʼminlashning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining faoliyat koʻrsatayotgan korxonalari negizida chet el firmalarini jalb etgan holda suv, gaz, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini tayyorlash, plastmassa trubalar ishlab chiqarish boʻyicha korxonalar tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirish respublika komissiyasi Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatishning amaldagi tizimini bosqichma-bosqich qayta tashkil etish, boshqaruv tuzilmasini soddalashtirish kommunal korxonalarning oʻz funksiyalariga kiruvchi vazifalarni hal etishda iqtisodiy mustaqilligini va javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bilan tarmoq korxonalari va tashkilotlari oʻzaro munosabatlarining iqtisodiy shakllariga oʻtishni taʼminlovchi kommunal-xizmat koʻrsatishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar qulay yashashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini tegishli darajada saqlab turgan holda chiqimlar va tariflarni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilikning turli shakllaridagi pudratchi tuzatish-foydalanish xizmatlarini tanlov yoʻli bilan tanlab olish, aholiga kommunal xizmati koʻrsatish boʻyicha muqobil korxonalarni rivojlantirish asosida kommunal xizmatlar koʻrsatishda raqobat muhitini shakllantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-son