29.03.2021 yildagi PQ-5042-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aeroportlarini boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5584-son Farmoniga muvofiq hamda respublika aeroportlarida yoʻlovchilarga va aviatashuvchilarga yuqori darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, respublika aeroportlarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish, rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolangan kundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻrt yilgacha (qurilish davrida) muddatga xususiy sheriklar, ular tomonidan jalb qilinadigan loyiha tashkilotlari, operatorlar, maslahatchilar, pudratchilar va subpudratchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kiriladigan maxsus transport vositalari, yoʻl-qurilish texnikasi, mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, texnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy taʼminot, jihozlar, shu jumladan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini jihozlashga moʻljallangan maxsus yoʻl-qurilish texnikasi va uskunalari uchun bojxona bojidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kiriladigan transport vositalari (yengil avtomobillardan tashqari) va maxsus texnika uchun utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch yil muddatga xususiy sheriklar va aeroportlar mol-mulk soligʻini, foyda soligʻini, shu jumladan, dividend toʻlashda ushlab qolinadigan foyda soligʻini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyiha ishga tushirilgan kundan boshlab qoʻshimcha 1 yil davomida defekti aniqlangan mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, texnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy taʼminot, jihozlar va maxsus texnikalar bojxona bojidan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) import qilinadigan texnologik (maxsus) transport vositalarining muvofiqligi baholanishini, ularning turi va miqdoridan qatʼi nazar, har bir birligini sertifikatlashtirish orqali amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PQ-353-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vazirligi “Uzbekistan Airports” AJ bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aeroportlarini qurish, rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalarini amalga oshirishga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish va salohiyatli investorlarni jalb qilish choralarini koʻrib borsin;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PQ-353-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik asosida qurish, rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalari amalga oshiriladigan aeroportlarda xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yoʻnalishlar boʻyicha cheklovlarning oʻrnatilgan tartibda bekor qilinishini koʻzda tutuvchi “Ochiq osmon” rejimi joriy etilishini taʼminlasin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PQ-353-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5042-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 07/21/5042/0252-son)