Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGINING ChORVAChILIKDA NASLChILIK IShLARI DAVLAT INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 10-oktabr,
393-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Inspeksiya” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-iyuldagi 268-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Inspeksiya Qishloq xoʻjaligi vazirligining davlat budjetidagi mustaqil tuzilmasi va ayni bir vaqtda respublika dehqonchilik majmuining idoralararo organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Inspeksiya tarkibiga boshqaruv apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlari va buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Inspeksiya, mulkchilik shakli va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, respublikadagi chorvachilik bilan shugʻullanadigan xoʻjaliklar, korxonalar, tashkilotlarda, shuningdek aholi shaxsiy xoʻjaliklarida naslchilik ishlarining olib borilishini va ular tomonidan meʼyoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, u belgilangan tartibda mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga, gerbli dumaloq muhrga, burchakli va boshqa shtamplarga ega boʻladi.
II. Asosiy vazifalari
7. Inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chorvachilikda naslchilik ishlariga oid qonunchilik hujjatlarini tayyorlashda faol ishtirok etish va davlat dasturini ishlab chiqish, ularning bajarilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishlarini belgilash va ularga baho berish, fan yutuqlari va ilgʻor tajribani ishlab chiqarishga tatbiq qilishni nazorat etish;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, nasldor mollar yetkazib beruvchilar va oluvchi korxonalar tomonidan chorva mollarining sifat (nasl) koʻrsatkichlari toʻgʻri aniqlanganligini nazorat qilish;
qishloq xoʻjaligi hayvonlari zotini yaxshilash, ularning mahsuldorligini oshirish, naslchilik ishlarini rivojlantirishga doir takliflarni oʻrganib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va tegishli idoralarga taqdim etish;
naslchilik zavodi, naslchilik xoʻjaligi va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish;
nasldor mollardan oqilona foydalanish, hayvonlarni hamda ularning urugʻlarini eksport va import qilish ustidan nazorat oʻrnatish;
nasldor chorva mollari yetishtiruvchi va nasldor mollarni ayirboshlashni amalga oshiruvchi chet el firmalari bilan oʻz vakolati doirasida shartnomalar tuzish;
chorva mollarini sunʼiy qochirish va koʻpaytirish, nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini hamda biotexnologik usullarni yaxshilash boʻyicha qoʻllanmalar, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va joylarga yetkazish, yuqori mahsuldor mollar kataloglari, byulletenlari va davlat naslchilik kitoblarini tuzish va nashr qilishni tashkil etish;
seleksiya yutuqlarini mustaqil ekspertiza qilish va tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
korxona va tashkilotlarga, fermerlarga, fuqarolarga naslchilik ishlarini olib borish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisida ruxsatnomalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha hisobga olish va hisobotlarni yuritishni nazorat qilish hamda axborotlarni belgilangan tartibda davlat statistika organlariga berish;
naslchilik zavodi, xoʻjaligi va fermalarida zamonaviy usullar bilan mollarning mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini takomillashtirish, hisobga olish va hisobot ishlarini yuritish, mollarni belgilar majmui boʻyicha baholash (bonitirovka) yuzasidan nazorat qilib borish;
naslchilik xizmati mutaxassislari malakasini oshirish, nasldor mollar koʻrgazmalari va kimoshdi savdolarini tashkil etish;
chorvachilikda naslchilik ishlarini rivojlantirishda, mollarni sunʼiy qochirishning ilgʻor usullarini keng joriy qilishda zarur boʻlgan asbob-uskunalar, anjom va boshqa vositalarga ehtiyojlarni aniqlash va belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli takliflar kiritish uchun chorvachilikda naslchilik ishlarining moliyaviy taʼminotiga doir hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda naslchilik ishlarida foydalaniladigan texnologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarishda va import boʻyicha sotib olishda, yangi texnologik asbob-uskunalar va maxsus transportlar yaratilishida ishtirok etish;
davlat, idoraviy va xususiy sektorlarda naslchilik ishlari mutaxassislari faoliyatini nazorat qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha joylashtirish rejalarining bajarilishini tekshirish;
chorva naslchiligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borish;
oʻz vakolati doirasida chet el chorva naslchiligi tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatdorlik asosida hamkorlikni amalga oshirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar hokimliklariga kiritish uchun, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha toifadagi xoʻjaliklarda, shu jumladan, aholi shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida naslchilik ishlarini tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha qishloq xoʻjaligi oʻquv yurtlarida chorva naslchiligi boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
dehqon (fermer) va aholi shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari uchun chorva naslchiligi xizmati koʻrsatishni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Inspeksiyaning huquqlari
8. Inspeksiya quyidagi huquqlarga ega:
respublikaning barcha xoʻjaliklarida chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida va viloyatlar hokimliklarida naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyalari hisobotlarini eshitish;
Keyingi tahrirga qarang.
attestatsiya komissiyasining takliflari asosida naslchilik xoʻjaliklari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish va unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
chorva naslchiligi, chorva mollarini sunʼiy qochirish boʻyicha yangi texnologik qoʻllanmalar yaratilishi, shuningdek, asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanish ustidan nazorat oʻrnatish;
hech qanday zotga mansub boʻlmagan va naslchilik sifati boʻyicha tekshirilmagan mollardan podani toʻldirishda foydalanishni taqiqlash, genetik usullarni qoʻllab mollarning kelib chiqishini aniqlab borishni nazorat qilish, shuningdek, noyob va qimmatbaho naslchilik materiallarining respublikadan chetga olib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik;
mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, chorvachilik bilan shugʻullanadigan barcha xoʻjaliklarga, yordamchi xoʻjaliklarga, korxonalarga, muassasalarga, aholining fermer va shaxsiy xoʻjaliklariga moneliksiz kirish, zarur boʻlgan maʼlumotlarni talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
birgalikdagi tekshiruvlarga korxonalar, muassasalar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislarini jalb etish.
IV. Inspeksiyaga rahbarlik qilish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasiga Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliqlar rahbarlik qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspektorlari
10. Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspektorlariga barcha toifadagi xoʻjaliklarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari, tashkilot, muassasa, korxonalar, mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, shuningdek, fermer va xususiy shaxslar tomonidan olib boriladigan chorvachilikdagi naslchilik ishlarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish huquqi beriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Inspeksiyasining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosari — bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasining boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspektori hisoblanadi.
Viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalarining boshliqlari viloyatlar bosh davlat inspektorlari, inspeksiya mutaxassislari — viloyat davlat inspektorlari hisoblanadilar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Inspeksiyasining boshligʻi oʻz vakolati doirasida:
Inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun masʼul boʻlib, xodimlar oʻrtasida, ularning lavozimlariga muvofiq ravishda, vazifalarni taqsimlaydi;
Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha barcha muassasa va tashkilotlarda ishonchnomasiz vakillik qiladi;
naslchilik ishlari boʻyicha hisobga olish va hisobotlarni yuritish tartibi buzilishlari aniqlangan taqdirda naslchilik korxona, xoʻjalik, zavod, ferma, fermer va aholi shaxsiy xoʻjaliklaridan naslchilik materiallari sotishni taqiqlab qoʻyadi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi topshiriqlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek, Vazirlikning boshqa boʻlinmalari tomonidan Inspeksiya faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
barcha toifadagi xoʻjaliklarda Inspeksiya nomidan amaldagi qonunlarga va mazkur Nizomga muvofiq ish yuritadi;
chorvachilikda naslchilik ishlarini yuritish qoidalariga amal qilmagan mansabdor shaxslarni, shuningdek, nasldor chorva mollarining egalarini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, moddiy va maʼmuriy javobgarlikka tortish masalalarini qoʻyadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, tashkilotlarga, muassasalarga, korxonalarga, mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, barcha xoʻjaliklarga chorva naslchiligi boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan hayʼat majlislarida, kengashlarda belgilangan tartibda qatnashadilar.
14. Inspeksiyani tugatish va qayta tuzish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.