15.03.2021 yildagi KQ-202-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan qatlam, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish hamda manfaatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ijtimoiy himoyaga boʻlgan huquqlarini muhofaza qilish, huquq va erkinliklarini amalda roʻyobga chiqarish borasidagi munosabatlar yaxlit normativ-huquqiy hujjatga birlashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish va sohadagi qonunchilikni takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O. Iminov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-202-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 15-martdagi KQ-202-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Iminov Odiljon Karimovich

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi, Ishchi guruhi rahbari

2.

Yunusova Aliya Tuygunovna

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakili

3.

Karimov Sherzod Abdurasulovich

Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyat mudiri oʻrinbosari

4.

Zokirov Farrux Zakirovich

Moliya vazirligi Umumiy va boshlangʻich taʼlim moliyasi boʻlim boshligʻi

5.

Shadiyev Umid Akbarovich

Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

6.

Sultonov Baxriddin Murodovich

Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi

7.

Mansurova Nilufar Baxtiyarovna

Sogʻliqni saqlash vazirligi Bolalar salomatligini muhofaza qilish boshqarma boshligʻi

8.

Bozorov Otabek Xasanbayevich

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʻi

9.

Xoliqov Suxrob Tursunaliyevich

Xalq taʼlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qoʻllab-quvvatlash boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

10.

Riskulova Kamola Jumayevna

Maktabgacha taʼlim vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili boʻyicha maslahatchisi

11.

Axmedov Sarvar Xalandarovich

Bosh prokuratura Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish boshqarmasi katta prokurori

12.

Xonimov Sharofiddni Bahodirovich

Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻlim boshligʻi

13.

Abidova Gulnoza Maratovna

SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi direktori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 15-martdagi KQ-202-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Bajarish muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

Ishchi guruhining dastlabki yigʻilishini oʻtkazish.

17-mart

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

2.

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish.

5-aprel

Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura

3.

Xalqaro tajribani oʻrganish.

5-aprel

Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura

4.

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganish.

5-aprel

Xalq taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura

5.

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarni tanlov asosida hududlarda oʻrganish.

15-aprel

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash
masalalari qoʻmitasi,
Xalq taʼlimi vazirligi,

Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura

6.

Oʻrganish natijalari yuzasidan amaliyotdagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi boʻshliqlar va ularni bartaraf qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

20-aprel

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash
masalalari qoʻmitasi,
Xalq taʼlimi vazirligi,

Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura

7.

Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amaliyotchilar, ekspertlar, olimlar va mutaxassislar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining takliflarini oʻrganish.

30-aprel

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash
masalalari qoʻmitasi,
Adliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura

8.

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasidagi umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotnomani tayyorlash.

5-may