Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori
“Konsullik harakatlarini bajarish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarni qoplash uchun yigʻimlar undirish va kelib tushgan pul mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1273-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining mehnatiga xaq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2003-yil 19-avgustdagi SP-997 va 92-son “Konsullik harakatlarini bajarish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarni qoplash uchun yigʻimlar undirish va kelib tushgan pul mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1273, 2003-yil 18-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral,
62-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-fevral,
9-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2021-y., 10/21/1273-1/0245-son)