Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 925-5]
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral,
01-02/8-11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 25-fevraldagi 01-02/8-11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 31-martda 02/8-18-son bilan tasdiqlangan Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibi (roʻyxat raqami 925, 2000-yil 11-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 9-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 28-sentabrdagi 01-02/8-21-son “Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 925-1, 2010-yil 18-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 367-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 26-yanvardagi 01-02/8-03-son “Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 925-2, 2014-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 71-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 10-fevraldagi 01-02/8-11-son “Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 925-3, 2015-yil 16-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 82-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 31-martdagi 01-02/8-20-son “Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibining 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 925-4, 2016-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 150-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2021-y., 10/21/925-5/0239-son)