25.03.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3290
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3290]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 25-fevraldagi 01-02/8-10-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib bojxona organlari tomonidan tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma-naryad — tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirishda bojxona organlari tomonidan rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxs — tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun murojaat qilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yigʻimi — tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta yuklash operatsiyasi — bojxona nazorati ostidagi tovarlarni bitta transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga qayta yuklash (transport vositasi yuk xonasini ochmasdan qayta yuklash bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylar — bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, shuningdek ularga bevosita tutash boʻlgan doimiy bojxona nazorati zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqti — soat 18.00 dan 09.00 ga qadar boʻlgan vaqt hamda dam olish va bayram kunlari (bundan chegara va smena asosida ish tashkil qilingan bojxona postlari mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smena asosida ish tashkil qilingan bojxona postlari — bojxona organining buyrugʻiga muvofiq tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi) rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bojxona postlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bojxona yigʻimlarini undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Manfaatdor shaxs tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun bojxona organlariga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Manfaatdor shaxsning murojaati bojxona posti boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan bir kun ichida koʻrib chiqiladi va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun xodim(lar) ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda manfaatdor shaxs bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish maqsadida bir nechta xodim ajratish yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Manfaatdor shaxs murojaatiga asosan bojxona yigʻimlari bojxona organlari tomonidan quyidagi tartibda undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona koʻrigi, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi, qayta yuklash operatsiyalarini amalga oshirish uchun ushbu Tartibga muvofiq buyurtma-naryadni rasmiylashtirish orqali (bundan yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatidagi holatlar mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirganlik uchun Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) muvofiq BYDning 47-grafasiga tegishli maʼlumotlar kiritish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bojxona yigʻimi har bir BYD uchun (BYDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qoʻyilgan vaqt bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqti boʻlganda) undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bojxona organi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bir soatdan kam boʻlgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yigʻimi bir xodimning toʻliq bir soat ish vaqti uchun undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar manfaatdor shaxsning murojaatida bojxona koʻrigi, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi, qayta yuklash operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir nechta xodim ajratish soʻralgan boʻlsa bojxona yigʻimi bojxona posti tomonidan ajratilgan har bir xodim uchun toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona yigʻimlari mazkur Tartibning 6-bandiga muvofiq bojxona organlari gʻazna hisob-raqamidagi manfaatdor shaxsning pul mablagʻlari hisobidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hisoblangan bojxona yigʻimlarini toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, manfaatdor shaxs tomonidan bojxona yigʻimlarini bojxona organlariga toʻliq toʻlanishi taʼminlangandan soʻng bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Buyurtma-naryadni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtma-naryad DBQning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ushbu Tartibning ilovasiga muvofiq shaklda elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. DBQ manfaatdor shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki DBQ tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali rasmiylashtirilgan buyurtma-naryadning qogʻozda chop etish imkoniyatini yaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyurtma-naryad ikki qismdan (“buyurtma-naryad” va “hisob-faktura”) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buyurtma-naryad manfaatdor shaxsning bojxona organlariga yoʻllangan murojaatida keltirilgan maʼlumotlar asosida axborot tizimida bojxona organlari tomonidan toʻldiriladi. Bunda bojxona rasmiylashtiruvi uchun undirilgan bojxona yigʻimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtma-naryad rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYURTMA-NARYAD
__________-son
1. Manfaatdor shaxs nomi _______________________________________________________
2. STIR ___________________
3. Bojxona posti ______________/______________
kodi nomi 4. Xodimlar son________
5. Hujjatga oid maʼlumotlar ___________________________________________________
bojxona yuk deklaratsiyasi / yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi /
xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasi raqami
6. Bojxona rasmiylashtiruvi turi
‎‎ bojxona koʻrigi [ ]
‎‎ bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi [ ]
tovarlarni qayta yuklash operatsiyasi [ ]
HISOB-FAKTURA
7. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish joyi ______________________________
belgilangan joyda [ ]
belgilangan joydan tashqarida‎ ‎ [ ]
Bojxona koʻrigi dalolatnomasi/murojaat raqami Bojxona organi xodimi Bojxona rasmiylashtiruvi

sanasi

boshlangan vaqt

yakunlangan vaqt

8. Bojxona organi xodimi tomonidan amalga oshirilgan bojxona rasmiylashtiruvi
9. Undirilgan bojxona yigʻimlari
Bojxona yigʻimi
Yigʻim stavkalari

Sarflangan soatlar

Yigʻim summasi

kunduzgi vaqtda (9.00 – 18.00 ish vaqtida)
bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 – 9.00), dam olish va bayram kunlari.
Jami undirilgan bojxona yigʻimlari summasi
‎‎‎10. Bojxona organi xodimi F.I.O. ______________________________

QR-kod‎‏

11. Rasmiylashtirilgan sana ___________________‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2021-y., 10/21/3290/0236-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son; 02.05.2025-y., 10/25/3290-1/0401-son)