Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3290]
1. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral,
01-02/8-10-son
Kelishildi:
Rais A. IKRAMOV
2021-yil 24-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 25-fevraldagi 01-02/8-10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish
TARTIBI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tartib bojxona organlari tomonidan tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtma-naryad — tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirishda bojxona organlari tomonidan rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi hujjat;
manfaatdor shaxs — tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun murojaat qilgan shaxs;
bojxona yigʻimi — tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan yigʻim;
Oldingi tahrirga qarang.
yuk operatsiyasi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 10-apreldagi 248-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3290-1, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 10/25/3290-1/0401-son)
bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylar — bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, shuningdek ularga bevosita tutash boʻlgan doimiy bojxona nazorati zonalari;
bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqti — soat 18.00 dan 09.00 ga qadar boʻlgan vaqt hamda dam olish va bayram kunlari (bundan chegara va smena asosida ish tashkil qilingan bojxona postlari mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
smena asosida ish tashkil qilingan bojxona postlari — bojxona organining buyrugʻiga muvofiq tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bojxona postlari.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
2-bob. Bojxona yigʻimlarini undirish tartibi
3. Manfaatdor shaxs tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun bojxona organlariga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
4. Manfaatdor shaxsning murojaati bojxona posti boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan bir kun ichida koʻrib chiqiladi va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun xodim(lar) ajratiladi.
Bunda manfaatdor shaxs bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish maqsadida bir nechta xodim ajratish yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega.
5. Manfaatdor shaxs murojaatiga asosan bojxona yigʻimlari bojxona organlari tomonidan quyidagi tartibda undiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) bojxona koʻrigi, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi, yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun ushbu Tartibga muvofiq buyurtma-naryadni rasmiylashtirish orqali (bundan yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatidagi holatlar mustasno);
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 10-apreldagi 248-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3290-1, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 10/25/3290-1/0401-son)
b) bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirganlik uchun Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) muvofiq BYDning 47-grafasiga tegishli maʼlumotlar kiritish orqali.
Bunda bojxona yigʻimi har bir BYD uchun (BYDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qoʻyilgan vaqt bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqti boʻlganda) undiriladi.
6. Bojxona organi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bir soatdan kam boʻlgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yigʻimi bir xodimning toʻliq bir soat ish vaqti uchun undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar manfaatdor shaxsning murojaatida bojxona koʻrigi, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi, yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir nechta xodim ajratish soʻralgan boʻlsa bojxona yigʻimi bojxona posti tomonidan ajratilgan har bir xodim uchun toʻlanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 10-apreldagi 248-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3290-1, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 10/25/3290-1/0401-son)
7. Bojxona yigʻimlari mazkur Tartibning 6-bandiga muvofiq bojxona organlari gʻazna hisob-raqamidagi manfaatdor shaxsning pul mablagʻlari hisobidan undiriladi.
8. Hisoblangan bojxona yigʻimlarini toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, manfaatdor shaxs tomonidan bojxona yigʻimlarini bojxona organlariga toʻliq toʻlanishi taʼminlangandan soʻng bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
3-bob. Buyurtma-naryadni rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Buyurtma-naryad Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ushbu Tartibning ilovasiga muvofiq shaklda elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Bojxona qoʻmitasi manfaatdor shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali rasmiylashtirilgan buyurtma-naryadning qogʻozda chop etish imkoniyatini yaratadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
11. Buyurtma-naryad ikki qismdan (“buyurtma-naryad” va “hisob-faktura”) iborat boʻladi.
12. Buyurtma-naryad manfaatdor shaxsning bojxona organlariga yoʻllangan murojaatida keltirilgan maʼlumotlar asosida axborot tizimida bojxona organlari tomonidan toʻldiriladi. Bunda bojxona rasmiylashtiruvi uchun undirilgan bojxona yigʻimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
14. Buyurtma-naryad rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
15. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
16. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
| BUYURTMA-NARYAD | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||
| __________-son | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||
| 1. Manfaatdor shaxs nomi _______________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| 2. STIR ___________________ | ||||||||||||||||||||||||
| 3. Bojxona posti | | | | | | | | | | ______________/______________ | | | | | | |||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | kodi | | | nomi | 4. Xodimlar son________ | ||||||
| 5. Hujjatga oid maʼlumotlar ___________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | bojxona yuk deklaratsiyasi / yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi / | | | | | ||||||||||||
| | | | | | | | xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasi raqami | | | | | | | | | |||||||||
| 6. Bojxona rasmiylashtiruvi turi | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | bojxona koʻrigi | | | [ ] | ||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi | [ ] | ||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | tovarlarni yuk operatsiyasi | [ ] | ||||||||
| HISOB-FAKTURA | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||
| 7. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish joyi ______________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | belgilangan joyda | | | | | | [ ] | |||||
| | | | | | | | | | | | | | belgilangan joydan tashqarida | | | | | [ ] | ||||||
| Bojxona koʻrigi dalolatnomasi/murojaat raqami | Bojxona organi xodimi | Bojxona rasmiylashtiruvi | ||||||||||||||||||||||
sanasi | boshlangan vaqt | yakunlangan vaqt | ||||||||||||||||||||||
| | | | | |||||||||||||||||||||
| | | | | |||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| 8. Bojxona organi xodimi tomonidan amalga oshirilgan bojxona rasmiylashtiruvi | ||||||||||||||||||||||||
| 9. Undirilgan bojxona yigʻimlari | ||||||||||||||||||||||||
| Bojxona yigʻimi | Yigʻim stavkalari | Sarflangan soatlar | Yigʻim summasi | | | | | |||||||||||||||||
| kunduzgi vaqtda (9.00 – 18.00 ish vaqtida) | | | | | ||||||||||||||||||||
| bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 – 9.00), dam olish va bayram kunlari. | | | | | ||||||||||||||||||||
| Jami undirilgan bojxona yigʻimlari summasi | | | | | ||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| 10. Bojxona organi xodimi F.I.O. ______________________________ | | | | | | | | QR-kod | ||||||||||||||||
| 11. Rasmiylashtirilgan sana ___________________ | | | | | | | | |||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 10-apreldagi 248-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3290-1, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 10/25/3290-1/0401-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2021-y., 10/21/3290/0236-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son; 02.05.2025-y., 10/25/3290-1/0401-son)