12.03.2021 yildagi SQ-245-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi 2020-yil yakuni boʻyicha axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotini eshitib va muhokama qilib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida, 2020-yil 7-avgustda ichki ishlar vazirining 2020-yilning 6 oyida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axboroti yuzasidan Oliy Majlis Senatining Qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qarordagi barcha topshiriqlar muddatida bajarilishi taʼminlangan va bu haqda Ichki ishlar vazirligi tomonidan axborot kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan 2020-yilda respublikada jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash borasida Ichki ishlar vazirligi tomonidan boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2020-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 92,6 foizi (57 499 tasi) fosh etilgan, qidiruvdagi 2 446 nafar shaxs ushlangan, bedarak yoʻqolgan 436 nafar shaxs topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan samarali tadbirlar natijasida iqtisodiyot hamda boshqaruv tartibi va odil sudlov sohasida 1 064 nafar shaxs tomonidan sodir etilgan 849 ta jinoyat aniqlanib, ular oqibatida yetkazilgan 135,6 mlrd. soʻm miqdoridagi zarar undirilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar 2020-yilda qayd etilgan jami jinoyatlarning 34 foizini (20 994 ta) tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida koʻrilgan choralar natijasida koʻp sodir etilayotgan yoʻl-transport hodisalarining 104 ta “oʻchogʻi” bartaraf etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida 18 885 ta yoʻl belgisi oʻrnatilgan, 25 240 ta eskirgan yoʻl belgisi yangisiga almashtirilgan, 12 mln. kv.m ortiq yoʻl qatnov qismi taʼmirlangan va 384 ta piyoda yoʻlagida shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada 2020-yilda umumiy yoʻl-transport hodisalari 13,7 foizga (8092/6982), ularda vafot etganlar soni 6,3 foizga (2094/1962) kamayishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari kundalik hayotda bevosita fuqarolar bilan muloqotda boʻlib, ularning xatti-harakatlari aholining kayfiyatiga taʼsir koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli Qashqadaryo (Chiroqchi tumani) va Andijon (Andijon shahri) viloyatlarida xodimlar tomonidan sodir etilgan qiynoq bilan bogʻliq holatlarga yoʻl qoʻymaslik, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini poymol qilmaslik maqsadida 485 ta alohida maxsus soʻrovxona tashkil etilib, olib kelingan fuqaro bilan mazkur xonalarda suhbat oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, bevosita mahallaning oʻzida xavfsiz, jinoyatdan xoli muhit yaratish maqsadida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati qayta koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami 9 168 ta mahallada kriminogen vaziyat tahlil qilinib, mahallalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan. Natijada 2020-yilda 4 488 ta mahallada (49 foiz) jinoyatlar sodir etilmagan, 1 551 tasida (17 foiz) jinoyatlar kamaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 14 774 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmaganligi ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va toʻliq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2020-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 62 081 tani tashkil etib, har 100 ming aholiga oʻrtacha 182,4 tadan toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu koʻrsatkich Toshkent shahriga 334,6 tadan, Fargʻona viloyatiga 290,8 tadan, Toshkent viloyatiga 246 tadan, Sirdaryo viloyatiga 197,8 tadan va Navoiy viloyatiga 194,2 tadan toʻgʻri kelib, respublika miqyosida salbiy koʻrsatkich qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldi olinishi mumkin boʻlgan 406 ta qotillik, 7 234 ta tan jarohati yetkazish, 192 ta bosqinchilik, 1 565 ta bezorilik, 8 164 ta oʻgʻrilik, 10 496 ta firibgarlik jinoyati sodir etilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiya davrida uzoq muddatga xorijiy davlatlarga chiqib ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining 406 532 nafari yashash manzillariga qaytarilgan, biroq ularning aksariyatini ish bilan taʼminlashda qiyinchiliklar kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 9 mingdan ortiq (9 598 nafar) ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilganligi joylarda aholini ish bilan taʼminlash masalalari samarali hal etilmayotganini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, Toshkent shahar, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ushbu koʻrsatkich salmogʻi yuqoriligicha qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda “Jamoatchilik nazorati maskanlari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholini ogohlikka chaqirish yoʻnalishidagi ishlar muntazam ravishda olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqibatda oʻgʻrilik jinoyati sodir etgan shaxsning har oʻninchisi doimiy ish joyiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan muammolarni bevosita mahallalar kesimida oʻrganilmaganligi oilalardagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvolning birmuncha murakkablashishiga, ayrim hollarda oila-turmush zamirida ogʻir jinoyatlar sodir etilishiga sabab ham boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2020-yilda qotillik jinoyatlarining har uchinchisi yoki 143 tasi (35,2 foizi), ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyatining 192 tasi (17,8 foizi) oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy nizolarga oʻz vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 379 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. Ularning 50 foizdan ortigʻi (7 264 tasi) Toshkent, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uz joniga qasd qilish holatlarining har oltinchisi (3 829 tadan 600 tasi, 15,6 foizi) aynan oʻz vaqtida hal etilmagan oilaviy kelishmovchiliklar tufayli sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur jinoyat va hodisalarning aksariyatini oʻz vaqtida oldini olish choralari mavjud boʻlgan boʻlsa-da, bunga joylardagi mutasaddi hokimlar, sektor rahbarlari tomonidan jamoat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarga yetarli eʼtibor qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari toʻliq hal etilmasligi oqibatida 2020-yilda 5 774 nafar xotin-qiz tomonidan 5 520 ta jinoyat, yaʼni 38 ta qotillik, 79 ta ogʻir tan jarohati yetkazish, 623 ta oʻgʻrilik, 1 134 ta firibgarlik, 125 ta giyohvandlik jinoyati sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh etish borasidagi tadbirlar yetarli tashkil etilmaganligi oqibatida 2020-yilda sodir etilgan jinoyatlarning 4 582 tasi yoki 7,4 foizi fosh etilmasdan qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar bilan ishlashda hanuz koʻplab muammolar saqlanib qolayotganligi, ularni bartaraf etishga yetarli darajada eʼtibor qaratilmaganligi oqibatida oʻtgan yili qayd etilgan jami jinoyatlarning 14 378 tasi (23,2 %) aynan yoshlar tomonidan sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatga qoʻl urgan 16 915 nafar yoshlarning 1 375 nafarini xotin-qizlar, 397 nafarini oliy oʻquv yurti talabalari, 4 052 nafarini bandligi taʼminlanmagan, taʼlim bilan qamrab olinmagan yoshlar tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 56,3 foizi Toshkent shahri (9,6 foiz), Toshkent (9,7 foiz), Fargʻona (21,2 foiz), Buxoro (8,5 foiz) va Namangan (7,4 foiz) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelib, salmogʻi yuqoriligicha qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktablarda yoʻlga qoʻyilgan “davomat tadbirlari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholini ogohlikka chaqirish yoʻnalishidagi ishlar muntazam ravishda olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning oqibatida voyaga yetmaganlar jinoyatlarining salmoqli qismi yoki 59,2 foizi Fargʻona (29,6 foiz), Toshkent (12,7 foiz), Namangan (8,5 foiz) va Buxoro (8,4 foiz) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi oʻrtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarga qaratilgan tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmaganligi sababli jamoat joylarida sodir etilgan bezorilik jinoyatlarining salmogʻi yuqoriligicha qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, respublika boʻyicha sodir etilgan shu turdagi jinoyatlarning 60 foizi Toshkent shahri (17,3 foiz), Namangan (16 foiz), Toshkent (14 foiz) va Fargʻona (13 foiz) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarga qaramasdan, xodimlarning 6 837 nafari xizmat intizomini buzish holatiga yoʻl qoʻygan boʻlsa, 134 nafari esa jinoyatga qoʻl urgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi 2020-yil yakuni boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fosh etilmagan 4 582 ta jinoyat boʻyicha tezkor-qidiruv ishlarini jadallashtirib, ularni qisqa muddatda fosh etishga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga nisbatan, ayniqsa oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan har bir jinoyatning sabablarini oʻrganib, oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat kamayishiga erishilmagan mahallalarda uyma-uy yurib, profilaktik hisobda turgan shaxslar, notinch oilalar va uyushmagan yoshlar bilan profilaktik ishlar tizimli olib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa bandligi taʼminlanmagan yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning doimiy tahlilini yuritish orqali bunday holatlarning kelib chiqish sabablari va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurti talabalari va voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim va Xalq taʼlimi vazirliklari bilan uzviy hamkorligini kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida kompleks ishlarni amalga oshirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan jinoyatlar, shu jumladan, qasddan odam oʻldirish, ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlarini har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazish, jinoyatning asl sabablarini aniqlash, xodimlarning harakat yoki harakatsizligiga baho bergan holda ularga nisbatan qatʼiy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisalarining sodir etilishiga imkon yaratayotgan shart-sharoitlarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlariga keltirilayotgan barcha shaxslar bilan suhbatlarni qatʼiy ravishda “Soʻrovxona”larda oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar koʻp sodir boʻlayotgan sohalarni tahlil qilib, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda jinoyatlarni tizimli muhokama qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyunga qadar ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibini uzluksiz oʻqitish boʻyicha zamonaviy tizimni joriy etish. Bunda har bir xodimni yuqori lavozimga tayinlash yoki katta ofitserlik unvonini berish uchun malaka oshirish va kasbiy tayyorlash kurslarida oʻqitishni nazarda tutish, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarini uzluksiz qayta tayyorlash uchun kunduzgi, sayyor, masofaviy va kechki malaka oshirish taʼlim shakllarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyulga qadar maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha fuqarolarning ortiqcha ovora boʻlishining oldini olish, soha xodimlarining vaqtini tejash, oʻz vaqtida va tezkorlik bilan jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida maʼmuriy ish yurituvni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi xizmati faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, korrupsiyaga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish choralarini koʻrsin. Bunda avtomototransport vositalari va ular egalarining tarixini aks ettiruvchi elektron bazani yaratgan holda, haydovchidan talab etiladigan hujjatlarni elektron shaklga bosqichma-bosqich oʻtkazish hamda notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomani “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish va haydovchilikka nomzodlardan imtihon olish jarayonlarini jamoatchilik tomonidan kuzatish imkonini yaratish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) bilan birgalikda oilaviy kelishmovchiliklar tufayli sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasiga kelgan oilalarni yarashtirish yoʻnalishida tizimli ishlarni muntazam ravishda olib borsin. Bu borada profilaktika inspektorlarining fuqarolar yigʻinlari raislari bilan uzviy hamkorligini kuchaytirish choralarini koʻrish, ayniqsa, shaxsning hayoti va sogʻligʻiga qarshi qaratilgan, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarni barcha mahallalarda birdek tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mahallalardagi kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, ularni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarlik ehtimoli yuqori obyektlar (bozor, koʻngilochar maskanlar va boshqa), jinoyat sodir etishga moyil shaxslar (ishsiz, ichkilikka ruju qoʻygan, giyohvand, tajovuzkor ruhiy kasal) toifasiga qarab, “jinoyat oʻchoqlari”ni aniqlash mezonlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi osoyishtaligini taʼminlash va mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizim joriy qilsin. Bunda jinoyatchilikni “mahallabay” oʻrganish, aniqlangan ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlashni muntazam ravishda monitoring qilish ishlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyunga qadar kriminogen vaziyat ogʻir mahallalarda muammolarni “mahallabay” va “oilabay” aniqlab, ularni hal etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha “ijtimoiy profilaktika” tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda yoshlar va ayollar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi koʻlamini kengaytirish, ularning muammolarini tizimli hal etishda “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan manzilli ishlash, uyushmagan yoshlarni sportga keng jalb qilish, ular hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va madaniyatini yuksaltirish uchun “mahallabay” chora-tadbirlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mayga qadar profilaktik hisobga olinadigan shaxslar roʻyxatini qisqartirish boʻyicha qonunchilikka takliflar kiritsin. Bunda takroran sodir etilgan taqdirda jinoyatni keltirib chiqaradigan 7 turdagi huquqbuzarlik boʻyicha profilaktik nazorat oʻrnatish tartibini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mayga qadar jinoyatlarni davlat idoralarining oʻzida, shuningdek, “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish va natijalarini ommaviy axborot vositalari, Internet va media resurslar orqali keng ommaga yetkazish mezonlari, tartibi va mexanizmlarini, shuningdek, bu borada davlat idoralari rahbarlari hamda viloyat hokimlarining masʼuliyatini kuchaytirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorlariga ularning bevosita xizmat majburiyatlariga taalluqli boʻlmagan topshiriqlarni berishni taqiqlashni va ularning xizmat vazifalarini optimallashtirish hamda ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish orqali ularning salohiyatini oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi yoki qayta qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joy, savdo, umumiy ovqatlanish, koʻngilochar va boshqa ommaviy xizmat koʻrsatish obyektlari hamda ularga tutash hududlarda ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha sharoit yaratish majburiyatini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va hal etishga qaratilgan qatʼiy choralar koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda asosiy eʼtiborni yoshlar va ayollar muammolarini tahlil qilib borish va tizimli hal etishda “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan manzilli ishlash, ular hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish uchun “mahallabay” chora-tadbirlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Milliy gvardiyasi (R. Djurayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Qaror ijro etilishining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qarorda koʻrsatilgan muddatlarda, yakuniy maʼlumotlarni esa joriy yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi (K. Burxanov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-245-IV-son