12.03.2021 yildagi SQ-263-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz maxsus iqtisodiy zonalarining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha qabul qilinayotgan choralar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-noyabrdagi SQ-175-IV-sonli Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mamlakatimiz maxsus iqtisodiy zonalarining (MIZ) raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha qabul qilinayotgan choralar toʻgʻrisida yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan, normativ-huquqiy hujjatlarni “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjat loyihalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6 ta qaror va farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining 22 ta qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrim meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan, investitsiya muhitini yaxshilash va MIZning raqobatbardosh ustuvorliklarini amalda taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalarni 2020 — 2025-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat loyihasida erkin iqtisodiy zonalar (EIZ)da yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, EIZ direksiyalari faoliyatini raqamlashtirish, eksport boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash kabi chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan, MIZda zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-sonli qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorga muvofiq 2021-yilda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash tadbirlariga 1 trln. soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishi rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, parlament soʻroviga berilgan javob tahlili unda koʻtarilgan bir qator masalalar boʻyicha aniq va batafsil maʼlumotlar toʻliq aks ettirilmaganligini, shuningdek sohada ayrim kamchilik va muammolar haligacha saqlanib qolayotganligini koʻrsatdi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIZ direksiyasi, maʼmuriy kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning yagona tizimini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmagan. Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalarining yagona portalidagi (sez.gov.uz) maʼlumotlar tahlili, unda respublikada mavjud MIZ faoliyati samaradorligini baholash mezonlari, ularning asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari, natijali faoliyat olib borayotgan MIZ va ularning direksiyalarini ragʻbatlantirish tizimlari boʻyicha aniq hamda batafsil maʼlumotlar yoʻqligini koʻrsatdi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIZ va kichik sanoat zonalari yagona portalini hamda MIZ saytlarini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan ishlar talab darajasida emas. Vazirlar Mahkamasi javob xatida har bir EIZning alohida veb-sahifalari yaratilganligi va ularda MIZ faoliyatiga doir bir qator masalalar boʻyicha maʼlumotlar muntazam joylashtirilib borilishi haqida maʼlum qilingan. Ammo tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, faoliyat yuritayotgan barcha MIZ veb-sahifalari mavjud emas (“Gʻijduvon” EIZ, “Termiz” EIZ, “Andijon-farm” EIZ va h.k.). Yagona portal (sez.gov. uz) va qator EIZ veb-sahifalaridagi asosiy maʼlumotlar (yangiliklar, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, investitsion takliflar, EIZ xaritasi va h.k.) muntazam ravishda yangilab borilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilishning shaffof tizimi yoʻlga qoʻyilmagan. MIZda boʻsh ish oʻrinlari, nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar, tanlov mexanizmlari toʻgʻrisida aniq va batafsil maʼlumotlar yoʻq. Bu borada amalga oshirilgan ishlar ochiq va oshkora tarzda olib borilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIZ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar sust darajada. Investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish jarayonlari va bosqichlarini optimallashtirish, mavjud byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan aniq chora-tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asosan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mamlakatimiz maxsus iqtisodiy zonalarining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha qabul qilinayotgan choralar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Oʻzbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalarni 2020 — 2025-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi” loyihalari oʻrnatilgan tartibda qabul qilinishini tezlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIZda zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish tadbirlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin va bu yoʻnalishda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi koʻzda tutilgan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalarining yagona portali (sez.gov. uz) faoliyatini takomillashtirish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar zimmasiga yuklatilgan vazifalar oʻz vaqtida sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIZ direksiyasi, maʼmuriy kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning yagona tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIZ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, investorlar uchun byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish, xorijiy investorlar, mutaxassislar, ishchilar va ularning oilalari uchun koʻp martalik kirish vizalarini olish jarayonini soddalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIZ va kichik sanoat zonalari yagona portalini hamda MIZ saytlari muntazam ravishda yangilanib va takomillashtirib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIZda ishga qabul qilishning shaffof tizimini joriy etish boʻyicha asoslantirilgan aniq takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-maygacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ushbu Qarorning ijro etilishi boʻyicha umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga maxsus iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining ijrosi, MIZ faoliyatini takomillashtirish, investorlar duch kelayotgan muammolar va ularni oʻz vaqtida hal etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish hamda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarining axborotini eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi R. Alimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-263-IV-son