Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2863-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 41-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2863, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 139-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-mart,
5-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-martdagi 5-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “3” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “4 ta printer” degan soʻzlar “2 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 2 ta koʻp funksiyali printer;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;”.
2. 2-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “2” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “2 ta printer” degan soʻzlar “1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta koʻp funksiyali printer;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;”.
3. 3-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1 ta skaner, 1 ta nusxa koʻchiruvchi apparat, 1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta koʻp funksiyali printer;”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;”.
4. 4-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1 ta skaner, 1 ta nusxa koʻchiruvchi apparat, 1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta koʻp funksiyali printer;”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“telefon aloqasi va telefon apparati;”.
5. 5-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2021-y., 10/21/2863-1/0221-son)