17.03.2021 yildagi PQ-5031-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.03.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda tovarlarni sotish jarayonlariga bozor tamoyillarining faol joriy qilinishi yashirin iqtisodiyotning qisqarishiga, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga haqiqiy narxlarning shakllanishiga va soliq bazasining kengayishiga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, birja savdolarida “forvard” shartnomalarining joriy qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy mahsulotlar narx-navolari keskin oʻsishidan himoyalanish, bozorda talab va taklif muvozanatini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarining boʻsh mablagʻlaridan samarali foydalanish imkonini yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, birja savdolarida faol ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish va yuqori likvidli yoki monopol tovarlarni sotish amaliyotiga bozor mexanizmlarini keng qoʻllashni davom ettirish, birja savdolariga zamonaviy tovar derivativlarini, shu jumladan fyuchers shartnomalarini joriy etish bugungi kun talabi boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nohalol tadbirkorlik subyektlari tomonidan ichki bozorda yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlarini sunʼiy oshirishga, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik, taqsimlash tizimi elementlarini tugatish hamda birja savdolarini yanada faollashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2021-yil 15-iyundan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqarilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
polivinilxlorid (PVX) va formalin — barcha xaridorlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol etil spirti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik etil spirti — barcha xaridorlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush— zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 1-yanvarga qadar monopolist boʻlmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yoki davlat ulushi mavjud boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sement — ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) — ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, qazib oluvchi (gazni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi) tashkilotlar tomonidan neft va gaz kondensati — tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, tovar-xom ashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari boʻyicha tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash faqat mazkur bitimlarda belgilangan qiymat boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandning ijrosini taʼminlash uchun oʻzaro axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari integratsiyasini hamda maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga ichki bozorda narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishi va bozordagi boshqa salbiy holatlarning oldini olish uchun, zarur hollarda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarining bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda talab va taklifdan kelib chiqib, ushbu hajmlarga oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli, shu jumladan mavsumiylik talabdan kelib chiqqan holda talab oshadigan tovarlarni faqat tovar-xom ashyo birjalari orqali sotish boʻyicha tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu koʻrsatmalar berilgan tashkilotlarga hamda mazkur qarorning 1-bandi “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan tashkilotlarga birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikda koʻzda tutilgan birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi muntazam ravishda talab yuqori boʻlgan, shu jumladan mavsumiylik xususiyatidan kelib chiqqan holda talab oshadigan tovarlar boʻyicha tahlil oʻtkazib, ularning birja savdolariga qoʻyib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan boshlab paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalar tomonidan paxtadan olingan chigitni tayyor mahsulotni qaytarish sharti asosida yogʻ-moy tashkilotlariga berish faqat bir paxta-toʻqimachilik klasteri doirasidagi tashkilotlar oʻrtasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-sentabrdan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshiriladi. Bunda, elektron logistika savdo portali orqali tashish xizmatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorlarning oʻz avtotransportida amalga oshirilgan taqdirda roʻyxatga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorlarga affillangan tashish xizmatini koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan esa toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK, “Oʻzmetkombinat” AJ hamda “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ bilan birgalikda silliqlangan oyna hamda poʻlat list ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish choralarini koʻrish hamda mazkur tovarlarni birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirishga qaratilgan choralarni amalga oshirib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tovar-xom ashyo birjalari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida keng yoritish va targʻib qilishga qaratilgan media-rejani tasdiqlasin va uning ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5031-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Birjaning axborot texnologiyalar infratuzilmasini yanada takomillashtirish va amaldagi elektron savdo platformalarini modernizatsiya qilish

1.

Birja savdolari elektron tizimini takomillashtirish.

1. Elektron birja savdolarining yangi tizimini ishga tushirish. Bunda:

savdo jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish, ishtirokchilarni onlayn akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda birja savdolarida WEB-interfeys orqali ishtirok etish imkoniyatini yaratish;

elektron raqamli imzo va QR-kod vositasida shartnomalarni elektron rasmiylashtirish;

tashqi aralashuvlarning oldini oluvchi mexanizmni joriy etish, kiber xavfsizlik darajasini oshirish hamda Internet tarmogʻi orqali soʻrovlarni saralash.

2. Birja savdolarida realizatsiya qilinayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni oxirgi isteʼmolchisiga yetkazib berish jarayoni toʻliq raqamlashgan shaffof navbat tizimini nazarda tutuvchi elektron logistika xizmatlari portalini ishga tushirish.

2021-yil avgust

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi

II. Birja savdo operatsiyalarini kengaytirish

2.

Isteʼmol va texnik etil spirtini birja savdolari orqali sotish.

Isteʼmol va texnik etil spirtini birja savdolari orqali realizatsiya qilish, bunda:

spirt ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni birjada akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash;

isteʼmol spirti boʻyicha birja savdolarida faqat tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar qatnashishini taʼminlash;

sotuvchi va xaridorlarni birja savdolarida qatnashishlari boʻyicha oʻquv seminarlarini oʻtkazish hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi birja aʼzolari (brokerlar) bilan ishlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;

etil spirti mahsulotini birja savdolariga qoʻyish jadvallarini ishlab chiqish va birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali savdo ishtirokchilariga yetkazish;

lotlarni isteʼmolchilar toifasiga koʻra shakllantirish;

birja savdolarida mahsulotga boʻlgan talab va taklif darajasini muntazam tahlil qilib borib, zaruriyatga koʻra, lot hajmlariga oʻzgartirishlar kiritish, bir savdo kunida bitta xaridor tomonidan tovarni xarid qilish hajmiga cheklovlar oʻrnatish.

2021-yil

aprel-may, doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, “OʻzRTXB” AJ

3.

Polivinilxloridni (PVX) va farmolinni toʻliq birja savdolari orqali sotish.

PVX va farmolin mahsulotlarini birja savdolariga qoʻyish jadvalini tasdiqlash hamda tasdiqlangan grafikka koʻra mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish;

polivinilxlorid isteʼmolchilarini birja savdolariga jalb qilish;

birja savdolarida xaridorlar uchun teng imkoniyat yaratish.

2021-yil

aprel-may, doimiy

“Oʻzkimyosanoat” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Navoiyazot” AJ, “OʻzRTXB” AJ

4.

Kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish.

Kumushni ishlab chiqaruvchilarga faqat birja savdolari orqali sotilishini taʼminlash, bunda:

birja savdolariga qoʻyiladigan kumush hajmlarini aniqlash;

kumush mahsulotini birja savdolarida sotish mexanizmini tushuntirish boʻyicha zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish;

mahsulotning boshlangʻich narxlarini asosli shakllantirilishini taʼminlash;

zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar uchun kumush mahsulotini birja orqali sotib olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish.

2021-yil

aprel-may, doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy KMK, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, “OʻzRTXB” AJ

5.

Ekstraksiya paxta moyini toʻliq birja savdolari orqali sotish.

Ekstraksiya paxta moyini birja savdolari orqali sotish hajmini aniqlash.

Ekstraksiya paxta moyi isteʼmolchilari — tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birjaga jalb qilish.

Birja savdolarida ekstraksiya paxta moyi isteʼmolchilari uchun teng imkon yaratish.

Savdolarda faqat ekstraksiya paxta moyini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan xaridorlar ishtirokini taʼminlash.

2021-yil

aprel-may, doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, “OʻzRTXB” AJ

6.

Birja savdolariga shrot, sheluxa mahsulotini qoʻyish hajmlarini oshirish.

Yogʻ-moy korxonalari tomonidan shrot va sheluxa mahsulotlarini tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirish choralarini koʻrish;

paxta shroti va sheluxasi ishlab chiqaruvchi toʻqimachilik klasterlarini birja savdolariga sotuvchi sifatida jalb qilish;

paxta shroti va sheluxasi ishlab chiqaruvchilarni birja savdolarida faol qatnashishini taʼminlash.

2021-yil

aprel-may, doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, “OʻzRTXB” AJ

7.

Birja savdolariga polietilen va polipropilen mahsulotini qoʻyish hajmlarini oshirish.

Polietilen va polipropilen mahsuloti korxonalari tomonidan polimer xom ashyosi, shu jumladan plyonka va quvur ishlab chiqarishga moʻljallangan markalarni tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirish choralarini koʻrish.

2021-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “OʻzRTXB” AJ

III. Davlat xaridlari maxsus axborot portali dasturiy taʼminotini takomillashtirish

8.

Davlat xaridlari (xarid.uz) maxsus axborot portalini takomillashtirish.

Davlat xaridlari maxsus axborot portalini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

barcha elektron savdo tizimlarini birlashtirish;

elektron raqamli imzo vositasida savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi mobil ilova ishlab chiqish;

Davlat budjetining markazlashtirilgan manbalaridan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining elektron manzilli roʻyxatini integratsiya qilish;

xaridlar jarayoniga noqonuniy aralashuvlarni, avvaldan narxlarni kelishib olish va narxlar manipulyatsiyasi ehtimolining oldini olish mexanizmini joriy etish;

nohalol yetkazib beruvchilardan himoyalanish tizimini joriy qilish va ularga qoʻyiladigan talablarni hamda nohalol yetkazib beruvchilar roʻyxatiga kiritish tizimini takomillashtirish;

xalqaro va milliy standartlarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning milliy klassifikatori bilan integratsiya qilish;

ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar va ularga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar reyestri boʻyich? Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot tizimi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar reyestri boʻyicha “Oʻzstandart” agentligining maʼlumotlar bazasi bilan elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil may

Moliya vazirligi, “OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

9.

Davlat xaridlarining tartib-taomillarini soddalashtirish.

Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, budjet hamda korporativ buyurtmachilar tomonidan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha elektron doʻkon, boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion, tanlov va tender savdo turlarini tanlashda tanlov erkinligini taʼminlash maqsadida, tajriba tariqasida, sotib olinadigan tovar va xizmatlarning bir shartnoma va yillik qiymati boʻyicha davlat buyurtmachisi tomonidan tovarlarni cheklovlarsiz amalga oshirish.

2021-yil iyul

Moliya vazirligi, “OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

IV. Birjaning hisob-kitob kliring tizimini takomillashtirish hamda elektron toʻlov tizimini joriy qilish

10.

Elektron kliring tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yagona kliring platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish:

birjaning platformalarida hisob-kitob kliring palatasining alohida ochilgan hisobvaraqlarini birlashtirish;

yangi funksiyalar va modullar kiritish;

oʻzaro hisob-kitoblar tezligini oshirish;

hisob-kitob kliring hisobvaraqlaridagi brokerlik haqqi boʻyicha mablagʻlar hisobi yuritilishi va akkumulyatsiyasini joriy qilish.

2021-yil noyabr

“OʻzRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB

11.

Birjaning Hisob-kitob kliring palatasi tomonidan markaziy kontragent (central counterparty) vazifasini amalga oshirish.

1. Bitimlarning yangi turlarini, jumladan hosila instrumentlari orqali tuzish imkonini beruvchi koʻp qirrali kliringini joriy qilish.

2. Birja aʼzolarining mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda bitimlar ijrosini taʼminlovchi Jamgʻarma tashkil qilish.

2022-yil yanvar

“OʻzRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB

12.

Birjaning elektron toʻlov tizimini joriy etish.

Elektron pullar vositasida toʻlov va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni taʼminlaydigan “UzEx money” elektron toʻlov tizimini joriy qilish.

Bunda:

“UzEx money” toʻlov tizimi dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va ishga tushirish, mazkur tizimni amaldagi savdo platformalari bilan integratsiyalash;

“UzEx money” toʻlov tizimining mobil ilovasini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

“OʻzRTXB” AJ, “Trast bank” XAB, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank

13.

Xorijiy kompaniyalar uchun birja savdolarida ishtirok etish mexanizmlarini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Birjaning xorijiy davlatlarda filial yoki vakolatxonalari sonini oshirish;

Xorijiy banklarda hisobvaraqlarini ochish orqali chet el kompaniyalari uchun birja savdolarida ishtirok etish mexanizmlarini soddalashtirish, ularning birjada sotilayotgan mahsulotlari hajmini kengaytirish.

2021-yil iyul

“OʻzRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB

V. Tovar derivativlari (fyuchers va opsion) boʻyicha birja savdolarini rivojlantirish loyihasini joriy qilish va amalga oshirish

14.

Tovar derivativlarini birja savdolarida joriy qilish.

1. “OʻzRTXB” AJning tovar derivativlarini rivojlantirish boʻlinmasi — loyiha ofisini tashkil qilish. Belgilansinki bunda:

Loyiha ofisiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, donor tashkilotlar va yirik tovar birjalari bilan loyiha yuzasidan hamkorlikda ishlash vazifalari yuklanadi;

Loyiha ofisiga davlat organlari va tashkilotlarining hamda yuqori turuvchi va markaziy davlat organlarning xodimlarini (mutaxassislarini) jalb qilish va ularga mehnat haqi toʻlashga ruxsat etiladi;

Loyiha ofisining tarkibini tasdiqlash va ularga mehnat haqi miqdorini belgilash “OʻzRTXB” AJning boshqaruv raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha ofisi birjaning innovatsion fondi orqali moliyalashtiriladi.

2021-yil mart

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “OʻzRTXB” AJ, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, “Trast bank” XAB, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

2. Xalqaro donor tashkilotlari orqali tovar derivativlarini birja savdolarida joriy qilish loyihaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro professional ekspertlarni jalb qilish boʻyicha texnik-iqtisodiy yordam jalb qilish.

2021-yil iyun

3. Yirik xorijiy tovar birjalari tajribasini oʻrganish. Shu jumladan, Chikago tovar birjasi (CME Group), Dubay tovar birjasi (Dubai Mercantile Exchange), Shanxay fyuchers birjasi (Shanghai Futures Exchange), Hindiston multi-tovar birjasi (MCX India), Malayziya birjasi (Bursa Malaysia), Singapur birjasi (Singapore Exchange), Indoneziya tovar derivativlari birjasi (ICDEX) va boshqalarning tajribasini oʻrganish.

2021-yil

aprel — iyul,

4. Xalqaro tajriba asosida milliy qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha hujjat loyihalarini tayyorlash.

Shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalarining ichki hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, tovar derivativlari boʻyicha hisob-kitoblarni kafolatlash, Arbitraj va Intizom komissiyalari qoidalarini takomillashtirish.

2021-yil sentabr

15.

Fyuchers savdo mexanizmlarini joriy qilish.

1. Birjada fyuchers shartnomalari savdo platformasini amaliyotga joriy qilish boʻyicha texnik topshiriqni tasdiqlash.

2021-yil iyul

“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Trast bank” XAB

2. Texnik topshiriqqa muvofiq fyuchers shartnomalarining elektron savdo tizimini, shuningdek, kliring hisob-kitoblar elektron taʼminlanishini, fyuchers shartnomalari ijrosini, shu jumladan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha elektron savdo tizimini ishga tushirish.

2021-yil dekabr

3. Ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot negizida (franshiza) fyuchers elektron savdosi boʻyicha elektron savdo tizimi va hisob-kitob platformalarini joriy qilish.

2021-yil dekabr

VI. Birja savdolarining shaffofligini hamda axborot xavfsizligini taʼminlash

16.

Birja savdolari orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha xavf-xatarlar tahlilini oʻtkazish.

Ishlab chiqiladigan tovar derivativlari savdosi boʻyicha qoidalarda jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro standartlar talablarining ijrosini nazarda tutish.

2021-yil sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, “OʻzRTXB” AJ.

17.

Maʼlumotlarni tahlil qilish markazi moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish.

1. Tarmoq va muhandislik infratuzilmasini hamda server uskuna-jihozlarini modernizatsiya qilish.

2. Birjaning mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tarmoqning oʻtkazuvchanlik xususiyatini oshirish.

3. Nosozliklarga chidamli hamda tashqi hujumlardan himoya qilish qobiliyatiga ega boʻlgan keng masshtabli tarmoq infratuzilmasini yaratish.

4. Zaxira maʼlumotlarni saqlash va tahlil qilish markazini ishga tushirish.

2021-yil iyul

“OʻzRTXB” AJ, “Trast bank” XAB, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

18.

Respublika tovar-xom ashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalari orqali bitimlar tuzishni ragʻbatlantirish.

Ichki bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni, shu jumladan un, bugʻdoy, shakar, oʻsimlik yogʻi, polietilen, polipropilen, sement, suyultirilgan gaz, raps (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), pista (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), soya (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), baliq uni va yogʻi, arpa, makka, fosfat (trikalsiy, monokalsiy, dikalsiy), xolinxlorid hamda tovar bozorlarini tahlili asosida talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni temir yoʻl orqali tashishda ichki tariflarni qoʻllash.

2021-yil apreldan

Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “OʻzRTXB” AJ

VII. Korrupsiyaga qarshi kurashish, birja xodimlari va aʼzolarining malakasini oshirish

19.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini joriy qilish.

1. Birja faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro sifat menejmenti ISO 37001 — 2016 standartini joriy qilish.

2. Xalqaro tajribani oʻrgangan holda quyidagi ichki meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish:

birjaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqish;

birja xodimlarining kasbiy etika qoidalarini ishlab chiqish;

manfaatlar toʻqnashuvini tartibga soluvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil may

“OʻzRTXB” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

20.

Birja xodimlari va aʼzolarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash rejalarini shakllantirish.

2. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha onlayn va doimiy kurslar tashkil etish.

3. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida mashgʻulotlar oʻtish uchun oliy taʼlim muassasalari va markazlarning yetakchi oʻqituvchilarini, shuningdek, xorijlik yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni, oʻquv-metodik xodimlarni va amaliyotchi-mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish.

4. Yuqori sifatli va professional darajada mashgʻulotlar oʻtkazish uchun kerakli boʻlgan oʻquv, moddiy-texnik va metodik bazani yaratish.

5. Qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha zarur axborot-maʼlumot bazasini shakllantirish, qayta tayyorlash jarayoniga pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya boʻyicha zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.

6. Tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari-treyderlarining malakasini oshirish.

7. Dunyoning yetakchi birjalarida va birja sohasi tashkilotlarida birja faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishlar va stajirovkalar tashkil qilish.

Yil davomida

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “OʻzRTXB” AJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

VIII. Hududiy filiallar va savdo maydonchalari faoliyatini takomillashtirish

21.

Hududiy filiallarda birja savdolari shaffofligini taʼminlash.

1. Birjaning hududiy filiallariga birja savdolari va tovar-xom ashyo bozorlarini tahlil qilish uchun axborot texnologiyalarini joriy qilish;

2. Hududiy filiallarda faoliyati samaradorligini doimiy tahlil qilib borish, birja qatnashchilari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini belgilash;

3. Hududiy filiallar xodimlarini birjaning “komplayens-nazorat” boʻyicha qabul qilingan hujjatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish sifat menejmenti ISO 37001 — 2016 standarti talablari boʻyicha doimiy tanishtirib borish va malakasini oshirish.

2021-yil

aprel — iyul, doimiy

“OʻzRTXB” AJ

22.

Hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish hamda xodimlarini qayta tayyorlash.

Hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish hamda xodimlarini qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil qilish.

Shu jumladan:

hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish;

mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash rejalarini shakllantirish;

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xodimlarni onlayn va doimiy kurslarda qatnashib, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

dunyoning yetakchi birjalarida va birja sohasi tashkilotlarida birja faoliyati boʻyicha stajirovkalarni tashkil qilish.

2021-yil

aprel-may, doimiy

“OʻzRTXB” AJ

23.

Hududlardagi savdo maydonchalari faoliyatini takomillashtirish.

1. Respublikaning barcha tuman va shaharlarida birjaning savdo maydonchalari faoliyati reytingini yuritib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2. Reyting natijalarini birjaning veb-saytida eʼlon qilib borish va yuqori samaradorlik koʻrsatkichlarga erishgan hududiy filial va savdo maydonchalar rahbar va xodimlarini ragʻbatlantirish mexanizmini joriy qilish.

2021-yil

aprel — iyul,

doimiy

“OʻzRTXB” AJ

IX. Ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro aloqalarni faollashtirish

24.

Ommaviy axborot vositalari orqali birja faoliyatini keng targʻib qilish.

1. Ommaviy axborot vositalari orqali birja faoliyatini keng targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqib, amalga oshirish.

Shu jumladan:

ommaviy axborot vositalari, biznes hamda keng jamoatchilik vakillari uchun matbuot konferensiyasi, press-turlar hamda ochiq eshiklar kunlari tashkil qilish;

birja savdolari, davlat xaridlari va internet savdosini oʻrgatuvchi, olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar toʻgʻrisida videoroliklar yaratib, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatish.

2. Birja media-resurslarining ommaviy axborot vositalar bilan oʻzaro aloqalar mexanizmini takomillashtirish.

2021-yil davomida

“OʻzRTXB” AJ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

25.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini birja savdolariga keng jalb qilish.

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birja savdolari va elektron tijoratda ishtirok etish, birja savdolarining imkoniyatlari, shaffofligi toʻgʻrisida targʻibot, oʻquv seminarlar, tushuntirish ishlari oʻtkazish.

2. Birja savdolari va onlayn-auksionlarda ishtirok etish mexanizmini yorituvchi tarqatma materiallar, elektron nashrlarni fermerlar va tadbirkorlarga yetkazish.

Yil davomida

“OʻzRTXB” AJ , Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3386-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“PERECHEN
visokolikvidnix i (ili) monopolnix vidov produksii, sirya i materialov, realizuyemix na vnutrennem rinke predpriyatiyami-monopolistami i (ili) yuridicheskimi litsami s doley gosudarstva v ustavnom fonde (kapitale) v razmere 50 protsentov i boleye ili yuridicheskimi litsami, v ustavnom fonde (kapitale) kotorix 50 protsentov i boleye prinadlejit yuridicheskomu litsu s doley gosudarstva 50 protsentov i boleye, na osnove rinochnix prinsipov, isklyuchitelno cherez birjevie torgi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Benzin avtomobilniy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Benzin ekstraksionniy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dizelnoye toplivo
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kerosin texnicheskiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Neft
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Gazoviy kondensat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Polipropilen
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Polietilen
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Polivinilxlorid (PVX)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Formalin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sera texnicheskaya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ugol
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mineralnie udobreniya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soda kalsinirovannaya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Med katodnaya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mednaya katanka
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Aluminiy vtorichniy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Prokat chernix metallov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Prokat chernix metallov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sement
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sementniy klinker
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Steklo stroitelnoye
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Saxar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Spirt etiloviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pshenitsa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yachmen
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xlopok-volokno
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xlopkoviy lint
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maslo rastitelnoye (xlopkovoye)*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maslo ekstraksionnoye (xlopkovoye)*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sheluxa xlopkovix semyan*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Shrot xlopkovix semyan*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Texnicheskiye xlopkovie semena*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Texnicheskiye masla
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Pechnoye toplivo
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Muka pshenichnaya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kombikorma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Topochniy mazut
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sjijenniy gaz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xozyaystvennoye milo
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Neftyanoy rastvoritel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Neftyanoy parafin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Neftyanoy bitum
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Medniy kuporos
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Serebro**
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Primechaniye:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovari, ukazannie v nastoyashem perechne, realizuyutsya s uchetom punkta 2 postanovleniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 17-yanvarya 2018 goda № PP-3479 “O merax po stabilnomu obespecheniyu otrasley ekonomiki strani vostrebovannimi vidami produksii i sirya”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tovari, ukazannie v punktax 29 — 33, realizuyutsya na vnutrennem rinke yuridicheskimi litsami vne zavisimosti ot ix organizatsionno-pravovoy formi na osnove rinochnix prinsipov isklyuchitelno cherez birjevie torgi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Tovar, ukazanniy v punkte 45 realizuyetsya AO “NGMK” isklyuchitelno cherez birjevie torgi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning davlat xaridlari tizimidagi xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiya yigʻimlaridan tushgan mablagʻlarning 20 foizi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2021-y., 07/21/5031/0220-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 15.12.2021-y., 07/21/51/1159-son; 13.12.2022-y., 07/22/440/1086-son; 05.04.2023-y., 07/23/110/0194-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)