Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IXTISOSLAShTIRILGAN “ZAMIN” DAVLAT-AKSIONERLIK IPOTEKA BANKINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya faoliyatini, yer bilan bogʻliq garov munosabatlarini yanada rivojlantirish, bank xizmatlarini kengaytirish va respublikaning yer fondidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzjamgʻarmabank”, “Paxtabank”, “Gʻallabank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Oʻzsavdogarbank”, “Mevasabzavotbank”ning boshlangʻich ustav fondi million soʻm miqdorida boʻlgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Zamin” davlat-aksionerlik ipoteka bankini tashkil etish va taʼsischilarning ulushlarini foiz hisobida quyidagicha taqsimlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
| Davlat mulki qoʻmitasi | — 20 |
| Qishloq xoʻjaligi vazirligi | — 8 |
| Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki | — 12 |
| “Oʻzsanoatqurilishbank” | — 10 |
| “Oʻzjamgʻarmabank” | — 10 |
| “Paxtabank” | — 8 |
| “Gʻallabank” | — 8 |
| “Oʻztadbirkorbank” | — 8 |
| “Oʻzsavdogarbank” | — 8 |
| “mevasabzavotbank” | — 8 |
“Zamin” bankining taʼsischilari bir oy muddatda taʼsis badallarini bankning ustav fondiga oʻtkazsinlar.
2. Quyidagilar “Zamin” bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
er uchastkalarini va boshqa koʻchmas mulkni garovga qoʻyish asosida moliya mablagʻlarini jamlash va investitsiyalash;
er egalariga kredit-hisob-kitob sohasida kompleks xizmat koʻrsatish;
ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va tarqatish;
ipoteka krediti berish sohasidagi jahon ilgʻor tajribasini joriy etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Zamin” banki Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi faoliyatida uning aʼzosi sifatida qatnashadi
(2-band oltinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar “Zamin” bankiga garovga qoʻyilishi mumkin:
korxonalar mulki, binolar, inshootlar va boshqa imoratlar;
xususiy mulk boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga;
xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan turar joy binolari, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga;
shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kimoshdi savdosida xarid qilingan meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bank oldidagi majburiyatlarning muddati oʻtkazib yuborilgan hollarda garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyektlari, kimoshdi savdosida xarid qilingan meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.
4. “Zamin” bankining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni aniq ishlab chiqish va ipoteka krediti berishni joriy qilish uchun ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
* Ilova berilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ipoteka kreditlarini berish hamda ularni uzish tartibini belgilovchi zarur normativ hujjatlarni tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Tijorat banklari uyushmasi bilan birgalikda “Zamin” bankini tashkil etish va uning faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda amaliy yordam berish, “Paxtabank”, “Oʻzjamgʻarmabank” va “Oʻzsanoatqurilishbank” bilan birgalikda “Zamin” bankini malakali kadrlar bilan taʼminlashda koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor organlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yer uchastkalari egalarining roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Zamin” bankining qishloq xoʻjaligiga kredit berish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida belgilab qoʻyilsinki:
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini kimoshdi savdosida sotishdan tushgan mablagʻning 74,5 foizi;
yil yakunlari boʻyicha bank faoliyatidan olingan davlat ulushiga toʻgʻri keladigan dividendlar bank roʻyxatga olingan paytdan boshlab besh yil mobaynida uning ustav fondini toʻldirishga sarflanadi.
8. Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzsanoatqurilishbank” “Zamin” banki Boshqaruvi apparatini Toshkent shahar, P. Rjevskiy koʻchasi, 3-uyga joylashtirsinlar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda “Zamin” banki filiallari uchun tegishli xizmat xonalari ajratib bersinlar.
9. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Zamin” banki buyurtmanomalariga koʻra transport va aloqa vositalari ajratib berilishini taʼminlasinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 7-sentabr,
350-son