13.03.2021 yildagi 134-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda davlat tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni taʼminlash, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini oʻrta va quyi boʻgʻindagi masʼul xodimlarga yetkazish orqali ularning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati ijrochilarga toʻliq yetkazilmayotganligi oqibatida ularda nazarda tutilgan aholining turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim topshiriq va vazifalarning ijrosi ayrim hollarda yetarli darajada taʼminlanmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son hamda “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmonlari ijrosi yuzasidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholashni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimidan foydalangan holda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholab borish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimidagi “Davlat tashkiloti xodimlarini sinovdan oʻtkazish moduli” orqali Adliya vazirligi tomonidan tayyorlanadigan huquqiy savodxonlikka oid oʻquv dasturi boʻyicha oʻquv mashgʻuloti materiallarini mustaqil oʻzlashtirib borish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash (test sinovlari orqali) har uch yilda bir marta Adliya vazirligi tomonidan tegishli davlat tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat tashkilotlari rahbarlari oʻz xodimlarining huquqiy savodxonligi muntazam ravishda oshirib borilishini taʼminlashga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Adliya vazirligi tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash yakunlari boʻyicha umumiy natijalar puxta tahlil qilingan holda, uning doimiy monitoringi yuritiladi. Bunda, monitoring natijalari yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori natijani qayd etgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalarini boshqa davlat tashkilotlari faoliyatiga ham joriy etish va past koʻrsatkich sabablarini bartaraf etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlariga baholashdan oʻtmagan xodimlarning oʻqitilishi va qayta baholashdan oʻtkazilishiga oid koʻrsatma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarining xodimlarni oʻqitish tizimini kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlariga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Adliya vazirligi tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini baholash natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga baholash oʻtkazilgan yilning yakunlari boʻyicha tahliliy maʼlumot kiritib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mayga qadar oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish uchun zarur oʻquv dasturi, materiallar va test savollari bazasini shakllantirsin hamda elektron platformaga joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining elektron platforma asosida mustaqil ravishda oʻqitishning tashkil etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda alohida reja-grafiklar asosida davlat tashkilotlari xodimlarining baholashdan oʻtkazilishini taʼminlab borsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvarga qadar davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini 2021-yil yakunlari boʻyicha baholash natijalari puxta tahlil qilingan holda, mazkur tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarida xodimlarni oʻqitish va baholashdan oʻtkazish ishlarini tashkil etishda doimiy ravishda davlat tashkilotlariga uslubiy jihatdan koʻmaklashib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari toifasiga kirmaydigan boshqa davlat tashkilotlari, shu jumladan ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi miqdori 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga mazkur tizim asosida oʻz xodimlari huquqiy savodxonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholash tavsiya etilsin. Bunda, mazkur tashkilotlar xodimlari huquqiy savodxonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 134-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash (keyingi oʻrinlarda — baholash) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat tashkilotlari xodimlari ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar (keyingi oʻrinlarda — minimal talablar) asosida shakllantiriladigan test sinovlari orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomning talablari unga 2-ilovada keltirilgan Huquqiy savodxonlik darajasi baholashdan oʻtkaziladigan davlat tashkilotlari xodimlari toifasining roʻyxatida koʻrsatilgan xodimlarga (davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari, shuningdek boshqa oliy yuridik maʼlumotli xodimlari bundan mustasno) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash (test sinovlari orqali) har uch yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tegishli davlat tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat tashkilotlariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtgach mazkur Nizomda belgilangan tartibda baholashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish uchun zarur oʻquv dasturi, materiallar va test savollari bazasini shakllantiradi hamda elektron platformaga joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan elektron platformaga joylashtirilgan oʻquv materiallari asosida oʻz xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha mustaqil ravishda oʻqishlarini taʼminlaydi. Bunda, davlat tashkilotlari rahbarlari oʻz xodimlarining huquqiy savodxonligi muntazam ravishda oshirib borilishini taʼminlashga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholash Adliya vazirligining tegishli davlat tashkilotlari bilan kelishilgan tartibda tasdiqlaydigan reja-grafigi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Baholashning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Baholashning maqsadi — davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini aniqlash, ularning oʻz faoliyatida zarur boʻladigan huquqiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda ularda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari xodimlarining amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgarishlardan xabardorligi darajasini aniqlash va bu boradagi bilimlarini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari xodimlari tomonidan oʻz faoliyatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari xodimlari tomonidan noqonuniy qarorlar qabul qilinishi, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini baholash orqali uning natijalarini doimiy ravishda monitoring qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Baholashni tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat tashkilotlari xodimlarini huquqiy savodxonlikning minimal darajasi boʻyicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholash mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat tashkilotlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimidagi “Davlat xizmatchilarini sinovdan oʻtkazish moduli” — maxsus test tizimida real vaqt rejimida (onlayn) test sinovidan oʻtkazish orqali baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) tegishli davlat tashkilotlari bilan birgalikda xodimlarni baholashning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish va uni boshqarishga oid tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat tashkilotlari baholash oʻtkaziladigan yilning tegishlicha 1-mart va 1-sentabr sanalariga qadar oʻqitilishi va baholashdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlar roʻyxatini tasdiqlaydi hamda uni Adliya vazirligiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Adliya vazirligi tomonidan davlat tashkilotlari taqdim etgan roʻyxatga muvofiq ishlab chiqilgan reja-grafik asosida davlat tashkilotlari xodimlarini baholashdan oʻtkazish vaqti belgilanadi hamda bu haqda uch kun muddat ichida davlat tashkilotlariga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat tashkilotlari (ularning hududiy boʻlinmalari) xabar olingan kundan boshlab bir kun muddat ichida xodimlarni baholashdan oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholash bevosita davlat tashkilotlari (ularning hududiy boʻlinmalari) maʼmuriy binosi yoki boshqa binolardagi alohida jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat tashkiloti xodimi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan kompyuter orqali test sinovini topshirish uchun maxsus elektron manzilda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda roʻyxatdan oʻtadi va test sinovini adliya organi xodimlari ishtirokida real vaqt rejimida (onlayn) videokuzatuv orqali alohida xonada, belgilangan kunda va soatda bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning test sinovlarida maxsus yoki boshqa adabiyotlardan, shuningdek oʻzga manbalardan hamda boshqa shaxslar yordamidan foydalanishi taqiqlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan talablar buzilgan taqdirda xodim baholashdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Baholashda uzrli sabab bilan (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi, mehnat taʼtili yoki xizmat safarida boʻlishi kabi) ishtirok etmagan davlat tashkilotlari xodimlari navbatdagi baholashga qoʻyiladigan xodimlar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Adliya vazirligi minimal talablar doirasida test savollari bazasini shakllantiradi hamda uni qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalardan kelib chiqib, zaruratga koʻra yangilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, test savollari bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimiga foydalanish uchun ochiq holda yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Test savollari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minimal talablar doirasida tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisobga olingan holda shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollizion normalarga oid boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning qabul qilingan sanasi, raqami, uning tegishli moddasi, qismi va (yoki) bandining tartib raqamini bilishni talab etmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-biriga yaqin bir nechta variantlardan tashkil topgan boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq, sodda va ravon tilda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir xodim tomonidan 40 ta test savoli bajariladi. Buning uchun jami 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir toʻgʻri javob 2,5 balldan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Baholash natijalari quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼlo — 86 ball va undan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaxshi — 71 balldan 85 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoniqarli — 56 balldan 70 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoniqarsiz — 0 balldan 55 ballgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkiloti xodimi qoniqarsiz natijani qayd etgan taqdirda, baholashdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan davlat tashkilotlari xodimlarining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda QR kod orqali tasdiqlangan maʼlumot baholash natijalari chiqishi bilan darhol yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Baholashdan oʻtmagan davlat tashkilotlari xodimlari davlat tashkilotlari tomonidan oʻqitiladi hamda navbatdagi baholashga qoʻyilgan xodimlar roʻyxatiga kiritiladi va qayta baholashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat tashkilotlari (ularning hududiy boʻlinmalari) baholash natijalarini test oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida Adliya vazirligiga (hududiy adliya organiga) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Baholash natijalarini umumlashtirish, tahlil qilish va uning doimiy monitoringini yuritish Adliya vazirligi tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalari boʻyicha koʻrsatkichlar hududlar hamda davlat tashkilotlari kesimida tahlil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan davlat tashkilotlari va hududlarning ijobiy tajribalari oʻrganiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng past koʻrsatkich qayd etgan davlat tashkilotlari va hududlarning muammolari hamda sabablari tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Adliya vazirligi tomonidan monitoring natijalari yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori natijani qayd etgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalarini boshqa davlat tashkilotlari faoliyatiga ham joriy etish va past koʻrsatkich sabablarini bartaraf etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlariga baholashdan oʻtmagan xodimlarning oʻqitilishi va qayta baholashdan oʻtkazilishiga oid koʻrsatma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarining xodimlarni oʻqitish tizimini kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar kesimida baholash natijalarini monitoring qilish mazkur Nizomda belgilangan tartibda hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari monitoring natijalarini baholash oʻtkazilgan oydan keyingi oyning 10-sanasigacha tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari monitoring natijalarini baholash oʻtkazilgan oydan keyingi oyning 15-sanasigacha umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Adliya vazirligi davlat tashkilotlari xodimlari huquqiy savodxonligini baholash natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga baholash oʻtkazilgan yilning yakunlari boʻyicha tahliliy maʼlumot kiritib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Baholash natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xodimning baholash natijalari yuzasidan apellyatsiya shikoyati natijalar eʼlon qilinganidan soʻng besh ish kuni davomida u ishlayotgan davlat tashkiloti tomonidan koʻrib chiqilib, Adliya vazirligiga (hududiy adliya organiga) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Baholash natijalaridan norozi boʻlgan xodimlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligi (hududiy adliya organi) tomonidan besh kishidan iborat tarkibda apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini u tushgan sanadan boshlab oʻn kun mobaynida koʻrib chiqadi va apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorini bunday shikoyatni yoʻllagan tashkilotga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asoslangan deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat tashkiloti xodimlari apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Baholashni oʻtkazish va uning natijalari bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi boʻyicha qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MINIMAL TALABLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat tashkilotlari xodimlari huquqiy savodxonligining minimal darajasi boʻyicha qoʻyiladigan talablar

I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek ayrim sohalarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalar boʻyicha

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, xususiy mulk himoyasi, inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va erkinliklari kafolatlari hamda burchlariga oid normalar

2.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari

3.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari

4.

Davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari

5.

Tegishli sohaga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari

II. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boʻyicha

6.

Fuqarolarning huquq va erkinliklariga qarshi huquqbuzarliklar

7.

Aholi sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar

8.

Mulkka qarshi huquqbuzarliklar

9.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar

10.

Transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar

11.

Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar

12.

Odil sudlovga qarshi huquqbuzarliklar

13.

Jamoat tartibiga qarshi huquqbuzarliklar

14.

Boshqaruvning belgilangan tartibiga qarshi huquqbuzarliklar

15.

Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda tadbirkorlik subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar

III. Jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boʻyicha

16.

Hayot yoki sogʻliq uchun xavfli jinoyatlar

17.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar

18.

Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar

19.

Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar

20.

Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

21.

Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar

22.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar

23.

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar

24.

Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar

25.

Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar

26.

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar

IV. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha

27.

Mehnat shartnomasi, uni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish asoslari

28.

Ish vaqti va dam olish vaqti

29.

Mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablar va mehnat xavfsizligi standartlari

30.

Mehnatga haq toʻlash, kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari

31.

Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi

32.

Majburiy mehnatga taqiqlar

V. Davlat tashkilotlari xodimlari huquqiy savodxonligining minimal darajasi boʻyicha qoʻyiladigan boshqa talablar

33.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) bilan erkin ishlay olish, shu jumladan, kerakli normativ-huquqiy hujjatlarni topish koʻnikmasiga ega boʻlish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu roʻyxatda keltirilgan minimal talablar asosida xodimlarning huquqiy savodxonligi darajasini baholash uchun test savollari shakllantiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy savodxonlik darajasi baholashdan oʻtkaziladigan davlat tashkilotlari xodimlari toifasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xodimlar toifasi

I. Davlat boshqaruvi organlari boʻyicha

1.

Davlat boshqaruvi organlarining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari va boshqa boshqaruv xodimlari

2.

Davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari va boshqa boshqaruv xodimlari

3.

Davlat boshqaruvi organlari tizimidagi boshqa tashkilotlarning rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari va boshqa boshqaruv xodimlari

II. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boʻyicha

4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari, shuningdek tuman (shahar) hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) hokimliklari tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqa boshqaruv xodimlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlari xodimlarini huquqiy savodxonlikning minimal darajasi boʻyicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Davlat tashkiloti

Oʻqitiladigan va baholashdan oʻtkaziladigan xodimlar roʻyxatini tasdiqlash va uni Adliya vazirligiga taqdim qilish.

Baholash oʻtkaziladigan yilning tegishlicha 1-mart va 1-sentabr sanalariga qadar

Adliya vazirligi

Roʻyxatga muvofiq davlat tashkiloti bilan kelishilgan holda xodimlarni oʻqitish va baholashni tashkil etish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

2-bosqich

Adliya vazirligi (hududiy adliya organi)

Reja-grafikni davlat tashkilotiga yuborgan holda xodimlarni oʻqitish va baholashdan oʻtkazish vaqti haqida xabar berish.

Reja-grafik ishlab chiqilgandan soʻng 3 kun ichida

3-bosqich

Davlat tashkiloti

(uning hududiy boʻlinmasi)

Baholashdan oʻtkazish joyi va vaqti haqida tegishli xodimlarni xabardor qilish.

Xabar olingan kundan boshlab 1 kun ichida

4-bosqich

Davlat tashkiloti

(uning hududiy boʻlinmasi)

Xodimlarining huquqiy savodxonlikni oshirib borish boʻyicha elektron platformada mustaqil ravishda oʻqishlarini taʼminlash.

Reja-grafik asosida

5-bosqich

Adliya vazirligi (hududiy adliya organi),

Davlat tashkiloti (uning hududiy boʻlinmasi)

1. Baholash (test sinovi)ni tashkil qilish va oʻtkazish.

Reja-grafik asosida

2. Baholash (test sinovi) natijalari toʻgʻrisida xodimlarni ularning shaxsiy kabinetiga maʼlumot yuborish orqali xabardor qilinishini taʼminlash.

Baholash natijalari chiqishi bilan darhol

6-bosqich

Davlat tashkiloti

(uning hududiy boʻlinmasi)

Baholash (test sinovi) natijalarini Adliya vazirligi (hududiy adliya organi)ga taqdim etish.

Baholash oʻtkazilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

7-bosqich

Adliya vazirligi

1. Baholashning umumiy natijalarini tahlil qilish va uning monitoringini yuritish. Bunda:

yuqori natijani qayd etgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalarini boshqa davlat tashkilotlari faoliyatiga ham joriy etish va past koʻrsatkich sabablarini bartaraf etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish choralari koʻriladi;

davlat tashkilotlariga baholashdan oʻtmagan xodimlarning oʻqitilishi va qayta baholashdan oʻtkazilishiga oid koʻrsatma beriladi;

davlat tashkilotlarining xodimlarni oʻqitish tizimini kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlariga yuboriladi.

Muntazam

Hududiy adliya organi

2. Hududiy adliya organi tomonidan tegishli hududdagi davlat tashkilotlari xodimlarini baholash natijalari tahlil qilinib, maʼlumotlar Adliya vazirligiga taqdim etiladi.

Baholash oʻtkazilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar

Adliya vazirligi

3. Huquqiy savodxonlikni baholash natijalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga tahliliy axborot kiritib borish.

Yil yakuni boʻyicha

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2021-y., 09/21/134/0203-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)