22.02.2021 yildagi 763-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. Yusupaliyevning hamda innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonovning “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining hamda innovatsion rivojlanish vazirining “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, oʻtgan davrda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi salbiy oqibatlarining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, ayniqsa, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan eʼtibor samarasi tufayli, dunyo mamlakatlari orasida yurtimiz pandemiya davrini qiyinchiliklarsiz va ijtimoiy-iqtisodiy yoʻqotishlarsiz oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasi munosabati bilan qabul qilingan qator farmon va qarorlarda aholi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, mamlakatimiz Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga doir chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tashkil etilib, pandemiyaga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish maqsadlariga 2020-yil davomida qariyb 13 trln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik barqarorlikni taʼminlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida pandemiyaning erta bosqichlarida respublika boʻylab kuchaytirilgan karantin cheklovlari joriy etildi. Taʼlim muassasalari faoliyati masofaviy tarzda olib borildi, xalqaro hamda mahalliy avia va temir yoʻl qatnovlari faoliyati toʻxtatildi. Sanitariya-karantin punktlari faoliyati kuchaytirilib, hududlarda moslashtirilgan karantin zonalari tashkil etildi. Xorijdagi fuqarolarimiz charter reyslar bilan mamlakatimizga olib kelindi va karantin zonalarida karantinga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, Toshkent viloyatida 20 ming oʻrinli, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 7 085 oʻrinli karantin muassasalari hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanida 4 000 oʻrinli maxsus shifoxona qurilib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bunday maxsus shifoxonalar Nukus, Samarqand shaharlari hamda Termiz va Pop tumanlarida ham barpo etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga 4 825,0 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Jumladan, 1 232,2 mlrd. soʻm qurilish-taʼmirlash ishlariga, 2 217,2 mlrd. soʻm tibbiyot xodimlarini va boshqa xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlariga, 1 317,8 mlrd. soʻm boshqa tadbirlarga (dori va gigiyena vositalari, oziq-ovqat, tibbiy texnikaga va boshqalarga) sarflandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan davr mobaynida dunyo boʻylab COVID-19 aniqlanganlar soni 110 million nafardan, kasallikdan vafot etganlar soni 2,4 million nafardan oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash borasida koʻrilgan choralar natijasida dunyo boʻylab 221 ta mamlakat orasida Oʻzbekiston 1 mln. aholiga nisbatan koronavirus bilan kasallanish koʻrsatkichi boʻyicha 137-oʻrinni, COVID-19 dan oʻlim holati boʻyicha 159-oʻrinni egallagani holda, hozirgi vaqtda umumiy aholi soniga nisbatan COVID-19ning faol bosqichida boʻlgan bemorlar 0,002 foizni tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni tizimli ravishda davom ettirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Koronavirusga qarshi kurashish sohasidagi tibbiy-ilmiy izlanishlar natijalariga va olimlarning fikriga koʻra, aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash inson salomatligini muhofaza qilish hamda pandemiyani jilovlashning eng samarali usulidir. Shu nuqtai nazardan Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yilga moʻljallangan Davlat budjetida aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlariga 3,0 trln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu mablagʻlar hisobidan aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda mamlakatimizda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, rivojlangan davlatlarning yirik farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinalarni xarid qilish choralari koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda rivojlangan davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan 14 ta vaksina uchinchi bosqich klinik sinovlaridan oʻtkazilmoqda. Biroq, ayrim mamlakatlarda koronavirus bilan bogʻliq epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida, favqulodda holatni inobatga olgan holda, uchinchi bosqich klinik sinovlari yakunlanmagan va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti roʻyxatga olmagan COVID-19 vaksinalari bilan ommaviy emlash amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ommaviy emlash maqsadida dunyoning 13 ta farmatsevtika kompaniyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan koronavirusga qarshi vaksinalarni tezkor yetkazib berish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnika vazirligi oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha quyi qoʻmita faoliyati doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va ushbu mamlakatning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaksinasi yaratish borasida hamkorlik qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd” kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda Oʻzbekistonning hissasi va saʼy-harakatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasini “ZF 2001” vaksinasini birga yaratgan hammuallif davlat sifatida belgilaganligi hamda ushbu yangi vaksinani “ZF-UZ-VAC 2001” nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va undan foydalanishga kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi GAVI (Vaksinalar va immunizatsiya boʻyicha global alyans) tashkilotining COVAX (koronavirusga qarshi emlash mexanizmi) fondiga aʼzo davlatlar qatoriga kiradi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan COVAX fondi hisobidan mamlakatimiz aholisini koronavirusga qarshi emlash boʻyicha yetarli miqdorda vaksina yetkazib berish yuzasidan buyurtma tayyorlanib, GAVI tashkilotiga taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlariga tayyorgarlik koʻrish va uni amalga oshirish bilan bogʻliq aniq vazifalar belgilab olinib, xalqaro tajribadan kelib chiqib, xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni birinchi navbatda emlash nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek emlanishi lozim boʻlgan shaxslarning elektron roʻyxatini shakllantirish, 3 138 ta emlash punkti, 862 ta harakatdagi va mobil brigadalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mavjud 1 ta markaziy, 14 ta hududiy hamda 206 ta tuman (shahar) vaksina saqlash omborxonalarini, ulardagi 457 ta sovutkich, 148 ta elektr generator, 121 ta termosumka va termokonteynerni shay holatiga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini emlash tadbirlariga jalb etiladigan tibbiyot xodimlarini va boshqa xodimlarni joriy yilning fevral oyi yakuniga qadar koronavirusga qarshi emlash masalalari boʻyicha qayta va toʻliq tayyorgarlikdan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. Yusupaliyevning va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonovning “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida sogʻliqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish borasida oʻz vaqtida koʻrilgan choralar koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlashda ijobiy natijalar berganligi eʼtirof etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini samarali va shaffof holda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashga doir qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning toʻxtatilishini talab qilish huquqiga ega ekanligi prinsipidan kelib chiqib, koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari mazmun-mohiyati va oqibatlaridan aholini xabardor qilgan holda, ixtiyoriylik asosida, fuqarolarning roziligi bilan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirusga qarshi vaksina olishni istamagan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning huquqlarini cheklashga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish jarayonida vaksinaning fuqarolar sogʻligʻiga nojoʻya taʼsiri oqibatida yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning (nogironlik, oʻlim holatlari) oʻrnini qoplash (kompensatsiya) hamda javobgarlik masalasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkil etish uchun ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aholini xabardor qilib borish imkonini beradigan shaffof tizimni yaratish boʻyicha zarur choralar koʻrishga eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Rossiya Federatsiyasi tomonidan mamlakatimizga taqdim etilgan 100 doza “Sputnik V” vaksinasining laboratoriya tekshiruvlari hamda Rossiyada oʻtkazilgan uchinchi bosqich klinik sinovlar natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasida “Sputnik V” vaksinasi sertifikatlangan holda ommaviy qoʻllashga ruxsat etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlagan holda, mehnat muhojirlarini Rossiya Federatsiyasida ishlashga ruxsat berish masalalari yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan muzokaralar olib borilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya fondi (RTIF) bilan bir million doza “Sputnik V” vaksinasini (besh yuz ming dozasi homiylik xayriyalari hisobidan) xarid qilish boʻyicha choralar koʻrilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarida shaffoflikni taʼminlash maqsadida hamda xalqaro tajriba asosida ushbu kasallik bilan kasallanishda xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini emlash birinchi galda amalga oshirilayotganligini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi (A.N. Aripov) koronavirusga qarshi emlash tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish tartibini 2021-yilning 1-mart kuniga qadar tasdiqlash masalasini koʻrib chiqsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85 va undan yuqori yoshdagi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75 yoshdan 85 yoshgacha boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali kasalliklari boʻlgan shaxslar (18-65 yosh);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab oʻqituvchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlarda tahsil olayotgan talabalar birinchi galda bosqichma-bosqich bepul, davlat hisobidan emlanishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ommaviy emlash tadbirlarida birinchi navbatda xavf guruhiga kiruvchi shaxslar emlanishini hisobga olib, Respublika maxsus komissiyasi (A.N. Aripov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B.Q. Yusupaliyev) xizmat safariga boruvchilar, mehnat muhojirlari, ixtiyoriy navbatsiz vaksina olish istagidagilarga qulaylik yaratish maqsadida nodavlat tibbiyot tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish mumkin boʻlgan koronavirusga qarshi vaksinalar bilan pullik asosida emlash tadbirlarini tashkil etishga ruxsat berish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Sogʻliqni saqlash vazirligi nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan emlash tadbirlari belgilangan tartibda amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B.Q. Yusupaliyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) aholi salomatligini muhofaza qilish hamda epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 2021-yilning mart oyidan boshlanishini va ushbu tadbirlarni budjet parametrlari doirasida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Koronavirusga qarshi vaksinaga talab yuqoriligi va ishlab chiqarish quvvatlari yetishmasligi natijasida dunyo boʻylab koronavirusga qarshi vaksinalar taqchilligi yuzaga kelganligi, vaksina ishlab chiqaruvchilar tomonidan birinchi navbatda epidemiologik vaziyat ogʻir boʻlgan mamlakatlarga vaksinalar yetkazib berilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B.Q. Yusupaliyev) hamda soha olimlarining mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadida aholini ommaviy emlash tadbirlarini tezkor tashkil etish yuzasidan bergan taklifiga asosan Xitoy Xalq Respublikasining “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd” kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida oʻtkazilayotgan “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlarida kuzatilayotgan ijobiy natijalarga tayanib, ushbu vaksinani Oʻzbekiston Respublikasida dunyo tajribasi asosida favqulodda holatlarda foydalanish tamoyili bilan tezlashtirgan (soddalashtirilgan) holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda ommaviy emlash tadbirlariga yoʻnaltirish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika maxsus komissiyasi (A.N. Aripov)ga “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasini dunyo tajribasi asosida favqulodda holatlarda foydalanish tamoyili bilan tezlashtirgan holda roʻyxatdan oʻtkazish va qisqa muddatlarda aholining xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni koronavirusga qarshi emlash choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov, Tashqi ishlar vazirligi (F.N. Arziyev) mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida koronavirusga qarshi vaksina olganlik sertifikati bilan respublika hududiga cheklovlarsiz kirib kelish tizimini joriy etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, Respublika maxsus komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B.Q. Yusupaliyev) aholini ommaviy emlash tadbirlarini tizimli tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika boʻylab 3 138 ta emlash punktlari, 862 ta harakatdagi va mobil brigadalar faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilishi hamda ushbu emlash tadbirlarida vaksinalarning “sovuqlik zanjiri” tizimini saqlash uchun vaksina saqlash omborxonalari, ulardagi sovutkichlar, elektr generatorlari, termosumkalar va termokonteynyerlarni, shuningdek, barcha avtorefrijerator va mini-avtorefrijeratorlarning shay holatga keltirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati (U.M. Mustafoyev) bilan birgalikda emlash punktlari va vaksina saqlash omborxonalarida “sovuqlik zanjiri” tizimini saqlash maqsadida ularni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev)ga ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillarini keng jalb qilgan holda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlarining keng yoritilishi hamda koronavirusga qarshi emlash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi (E.M. Borisova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlarining oʻz vaqtida va samarali tashkil etilishi ustidan parlament va deputat nazoratini oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarning axborotlarini qoʻmita majlislarida eshitib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarining borishi yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni tayyorlab, ularni Aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament komissiyasi muhokamasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U.I. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
763-IV-son