Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBILDA XORIJIY YUK TASHUVCHILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRISHLARI, BOʻLISHLARI, YUK OLIB OʻTISHLARI VA UNDAN CHIQIB KETISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Avtotransportda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va undan chiqishlari, yuk olib oʻtishlari va harakatini tartibga solish, ular tomonidan zarur yigʻimlar, poshlinalar va boshqa toʻlovlar toʻlanishini, yoʻl, maishiy va servis xizmati koʻrsatish tizimini tashkil etish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harakat qilish uchun moʻljallangan avtomobil yoʻllari roʻyxati, harakatning vaqtinchalik yoʻnalish varaqasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish-chiqishda va unda harakat qilishda xorijiy avtotransport vositalarining yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan parametrlari hamda avtotransport vositalari va yuklarga haydovchilarning zarur hujjatlari roʻyxati (1—4-ilovalar) tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchi haydovchilarning, yuklarni kuzatib boruvchilar yoki yoʻlovchilar sifatidagi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari, boʻlishlari va yuk olib oʻtishlari Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415-31-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlarining vaqtinchalik qoidalariga, shuningdek, MDH qatnashchisi boʻlgan davlatlarning ushbu masalalarni tartibga soluvchi tegishli bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy shaxslarning (shu jumladan, yuk olib oʻtish) koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha xalqaro qoidalarga, Vena Konvensiyasiga (haydovchilik hujjatlari toʻgʻrisida), shuningdek, respublikaning amaldagi qonunchiligiga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va boʻlishlari xorijiy davlat transport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar koʻrilishi uchun hududiy bojxona organlariga yoki ichki ishlar organlariga keltirilishiga sabab boʻladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali oʻtuvchi transport vositalarining hududga kirgan kunidan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddatda chiqib ketishlarini taʼminlagan holda, ularning yuk olib oʻtishlari ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Hududga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavkalar, viza va boj yigʻimlaridan tashqari, 20 AQSH dollari va avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun olinadigan toʻlov — 50 AQSH dollari miqdorida belgilansin.
Hujjatlarni rasmiylashtirganlik va respublika hududiga kirganlik uchun toʻlovlar nazorat-oʻtkazish punktlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining bojxona xizmatlari organlari tomonidan undiriladi va olingan mablagʻlar ular tomonidan “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni Respublika yoʻl jamgʻarmasining maxsus schyotiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agar ikki tomonlama bitimlarda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlar(dan)ga tashilishi taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. MXX chegara qoʻshinlari Bosh boshqarmasi va Davlat soliq qoʻmitasi bojxona Bosh boshqarmasiga avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning nazorat-oʻtkazish punktlariga kirishlari va chiqishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazoratiga hamda kirish-chiqish va fuqarolik Boshqarmasiga esa — xorijiy avtotransportning respublika hududi boʻyicha — harakatini hisobga olish va nazorat qilish yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishlari, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilishiga doir masalalarni oʻrganish, tayyorlash va taklif kiritish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda Idoralararo komissiya tuzilsin.
* 5-ilova berilmaydi.
Komissiya bir oy muddatda:
respublikaning xalqaro avtotransport vositalari faoliyati va bojxona ishlari masalalariga daxldor xalqaro konvensiyalar va bitimlarga qoʻshilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning respublika boʻyicha oqimini oʻrganish asosida chegaradagi nazorat oʻtkazish punktlari majmuilari tashkil etilishi boʻyicha, ular joylashadigan aniq joylarni, boʻlajak qurilish ishlari miqdorini va hajmini, buyurtmachilar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilagan holda, takliflarni ishlab chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Golishev) Idoralararo komissiyaning takliflari boʻyicha 1995-yil uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda nazorat-oʻtkazish punktlari majmuilari qurilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin) 1996-yil 1-yanvargacha oʻz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari bilan kelishilgan loyihalar boʻyicha xorijiy avtotransport vositalari harakati uchun moʻljallangan avtomobil trassalari boʻylab bojxona majmuilarining qurilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzjamgʻarmabank”, boshqa vakil qilingan tijorat banklari nazorat-oʻtkazish punktlarida valyuta almashtirish hamda toʻlovlar va yigʻimlarni qabul qilish punktlarining oʻz filiallarini tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ishlar va xizmatlar uchun toʻlovlar, shuningdek, yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida almashtirish byurosining belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan taqdirda Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) xorijiy avtomobillarga yonilgʻi quyiladigan shoxobchalarni zarur yonilgʻi bilan taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va chiqishlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan tartibi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali davlatlarning elchixonalari, konsulxonalari va vakolatxonalariga maʼlum qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 11-yanvar,
11-son
Xorijiy avtotransportning avtomobilda tashiladigan yuklarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan oʻtkazib yuborishga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari
ROʻYXATI
1-yoʻnalish — 677 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Gʻisht koʻprik (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
M-37 avtomobil yoʻli boʻyicha: Turkmaniston chegarasi — Olot — Buxoro — Navoiy — Samarqand avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtib 4R45 avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra M-39 Jizzax — Chinoz — Toshkent avtomobil yoʻliga oʻtish, undan Toshkent shahrini aylanib oʻtib 4R1 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan M-39 yoʻli boʻyicha Gʻisht koʻprikkacha va Qozogʻiston chegarasiga chiqish.
2-yoʻnalish — 590 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Bekobod (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
M-37 avtomobil yoʻli boʻyicha: Turkmaniston chegarasi — Olot — Buxoro — Navoiy — Samarqand avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtib 4R45 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan M-39 Jizzax avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-376 — Xovos — Bekobod avtomobil yoʻli boʻylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
3-yoʻnalish — 568 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Olot (Buxoro viloyati) — Turkmaniston chegarasi.
Xayratondan M-39 Sherobod — Gʻuzor avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-380 Qarshi — Buxoro avtomobil yoʻlidan M-37 avtomobil yoʻli boʻylab Olotgacha, undan Turkmaniston chegarasiga chiqish.
4-yoʻnalish - 754 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Gʻisht koʻprik (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Xayratondan M-39 Sherobod — Gʻuzor avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-380 Qarshi avtomobil yoʻlidan A-378 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtib 4R45 avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra M-39 Jizzax — Chinoz — Toshkent avtomobil yoʻliga oʻtish, Toshkentni aylanib oʻtib 4R1 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan M-39 avtomobil yoʻli boʻyicha Gʻisht koʻprikkacha va Qozogʻiston chegarasiga chiqish.
5-yoʻnalish — 1028 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Bekobod (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Xayratondan M-39 Sherobod — Gʻuzor avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-380 Qarshi avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-378 Samarqand yoʻliga oʻtish, soʻngra Samarqand shahrini aylanib, 4R45 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan M-39 Jizzax avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-376 Xovos — Bekobod avtomobil yoʻli boʻyicha Tojikiston chegarasiga chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
6-yoʻnalish — 161 km
Qozogʻiston chegarasi — Gʻisht koʻprik (Toshkent viloyati) — Bekobod (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Qozogʻiston chegarasidan M-39 Gʻisht koʻprik — Toshkent avtomobil yoʻli boʻylab Toshkent shahrini aylanib 4R1 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan A-373 Qorasuv avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra 4R20 Boʻka—Bekobod yoʻli boʻyicha Tojikiston chegarasiga chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
7-yoʻnalish — 175 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati — Uzun (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Xayratondan M-39 avtomobil yoʻlidan M-41 Jarqoʻrgʻon — Qumqoʻrgʻon — Shoʻrchi — Denov —Uzun yoʻli boʻyicha Tojikiston chegarasiga chiqish.
8-yoʻnalish — 843 km
Qozogʻiston chegarasi — Gʻisht koʻprik (Toshkent viloyati) — Uzun (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
M-39 Gʻisht koʻprik — Toshkent yoʻli boʻylab Toshkent shahrini aylanib oʻtib 4R1 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan M-39 Chinoz — Jizzax — Samarqand avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra Samarqand shahrini aylanib oʻtib 4R45 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan A-378 Qarshi avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-380 Gʻuzor avtomobil yoʻlidan M-39 Sherobod yoʻliga, undan 4R103 yoʻlidan Surxongacha, undan M-41 Qumqoʻrgʻon — Shoʻrchi — Denov — Uzun yoʻli boʻylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
9-yoʻnalish — 848 km
Tojikiston chegarasi — Bekobod (Toshkent viloyati) — Uzun (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasidan A-376 Bekobod — Xovos — Jizzax — Samarqand avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtib 4R45 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan A-378 Qarshi avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-380 Gʻuzor avtomobil yoʻlidan M-39 Sherobod avtomobil yoʻliga, undan 4R103 yoʻlidan Surxongacha, undan M-41 Qumqoʻrgʻon — Shoʻrchi — Denov — Uzun yoʻli boʻylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
10-yoʻnalish — 207 km
Tojikiston chegarasi — Andarxon shaharchasi (Fargʻona viloyati) — Andijon (Andijon viloyati — Qirgʻiziston chegarasi.
Tojikiston chegarasi A-376 yoʻlidan Andarxon shaharchasi — Qoʻqon avtomobil yoʻli boʻylab Qoʻqon shahri ichidan A-373 Andijon avtomobil yoʻliga oʻtish, undan Qirgʻiziston chegarasiga chiqish.
11-yoʻnalish — 452 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Samarqand (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Xayratondan M-39 Sherobod — Gʻuzor avtomobil yoʻli boʻylab A-380 Qarshi avtomobil yoʻliga oʻtish, undan A-378 Samarqand avtomobil yoʻliga oʻtish, Samarqandni aylanib oʻtib 4R45 avtomobil yoʻlidan M-39 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan A-337 avtomobil yoʻli boʻylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
12-yoʻnalish — 404 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Samarqand (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasidan M-37 Olot — Buxoro — Navoiy — Samarqand avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtib 4R45 avtomobil yoʻliga oʻtish, undan M-39 avtomobil yoʻliga oʻtish, soʻngra A-377 avtomobil yoʻli boʻylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
YOʻL VARAQASI
MARSHRUTNIY LIST
ROUTE LIST
| Haydovchi Voditel____________ Driver |
Haydovchilik guvohnomasi Vodit. udostovereniye_______________________ Driver's licence | |
| Davlatning nomi Strana_________________________________________________________ Country | ||
| Avtotrasport vositasining Davlat raqami Avtotrasportnoye sredstvo Gos. nomer_________ Motor transport |
Markasi Marka_______________ Type | |
| Yuk: Gruz: Lading: |
Nomi Naimenovaniye________ Name |
Vazni Obyem (ves)__________ Volume weight |
| Tegishli hujjatlar Soprovoditelnie dokumenti_____________________________________ Covering documents | ||
| Qatnov yoʻnalishi________________________________________________ Marshrut sledovaniya_____________________________________________ Movement route___________________________________________________ _______________________________________________________________ | ||
| Toʻxtash va dam olish uchun tavsiya etiladigan mehmonxona, motel va kempinglar, yoqilgʻi quyish shoxobchasi, texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi Rekomenduyemie punkti stoyanok, gostinitsi, moteli i kempingi dlya otdixa, AZS, STO Recommended poins of parking, hotels, motels and camping-sites for resting, filling station, maintence stations____________________________________________ _______________________________________________________________ Moʻljallangan chiqib ketish joyi, kuni va vaqti Predpolagayemiy punkt, data i vremya viezda_________________________ Plece date and time of exit___________________________________________ | ||
| Kirib kelganligi toʻgʻrisida belgi. Otmetka o vyezde______ Register on entry |
Chiqib ketganligi toʻgʻrisida belgi Otmetka o viezde___________________________ Register on exit | |
|
Haydovchining imzosi |
Haydovchining imzosi | |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarining yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan parametrlari
| 1. | Gabaritlar: eni balandligi |
|
| 2. | avtomobilning va avtopoyezdlarning uzunligi: oʻqlarining soni turlicha boʻlgan avtomobillarning uzunligi yarim pritsepli yoki bir pritsepli avtopoyezdlarning uzunligi |
|
| 3. | Avtomobilllar yoki avtopoyezdlarning oʻqiga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan ogʻirlik |
— 8 tonnadan oshmasligi kerak |
| 4. | Avtotransport vositasining ogʻirligi koʻpi bilan |
— 40 tonnadan oshmasligi kerak |
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobillarda xalqaro yuk tashishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asosiy hujjatlar
ROʻYXATI
Xalqaro yuk tashishlar xalqaro aloqalar toʻgʻrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar asosida, avtomobil transportiga tegishli koʻp tomonlama konvensiyalar va bitimlarning talablariga muvofiq hamda amaldagi milliy koʻrsatmalarga rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi. Mana shundan kelib chiqqan holda avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlarni bajarish chogʻida quyidagi hujjatlar boʻlishi zarur:
1. Haydovchining hujjatlari:
a) hududlari boʻyicha yuk tashiladigan mamlakatlarning kirish-chiqish va yuk olib oʻtish vizalarining haqiqiy muddatlari koʻrsatilgan chet el pasporti;
b) Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1998-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi xalqaro haydovchilik guvohnomasi;
v) 1970-yil 1-iyuldagi Yevropa bitimiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarda yuritish nazarda tutilgan, avtomobilda xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlariga taalluqli haydovchining shaxsiy nazorat daftarchasi.
2. Avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar:
a) Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1968-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
b) avtotransport vositasining mamlakatga kirishi yoki mamlakat hududi orqali oʻtishi uchun (agar bitimda nazarda tutilgan boʻlsa) ruxsatnoma;
v) 1975-yilga Xalqaro yoʻl qoidalari toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq avtotransport vositasiga bojxona muhrlari va plombalari boʻlgan yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma;
g) tez buziluvchi yuklarni tashish lozim boʻlgan hollarda tez buziluvchi mahsulotlarni (SPS guvohnomasi) tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma.
3. Yukka tegishli hujjatlar:
a) Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashishga oid shartnoma toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq tovar-transport nakladnoyi va yukning har bir nomi boʻyicha yuklab joʻnatish tafsiloti boʻlgan roʻyxati;
b) orqaga qaytishda yukni rasmiylashtirish uchun tovar-transport nakladnoylari toʻplami;
v) 1975-yilga Xalqaro yoʻl qoidalari daftarchasi qoʻllangan holda Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq XYQ daftarchasi (TIR karneti);
Keyingi tahrirga qarang.
g) bitta tovar-transport nakladnoyi boʻyicha yuklab joʻnatiladigan tovarning har bitta partiyasiga beriladigan tovarning sifat sertifikati;
Keyingi tahrirga qarang.
d) agar yuk karantin va veterinariya tovarlari toifasiga kirsa, karantin va veterinariya sertifikatlari;
e) agar yuk tashqi savdo yuki hisoblansa, mamlakatga yukni olib kelish, mamlakatdan olib chiqib ketish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma. Agar yuk korxonalarning toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalari orqali idoralarga qarashli transport bilan tashilsa, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki protokol nusxasi.