1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOBILDA XORIJIY YUK TASHUVCHILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRISHLARI, BOʻLISHLARI, YUK OLIB OʻTISHLARI VA UNDAN CHIQIB KETISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransportda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va undan chiqishlari, yuk olib oʻtishlari va harakatini tartibga solish, ular tomonidan zarur yigʻimlar, poshlinalar va boshqa toʻlovlar toʻlanishini, yoʻl, maishiy va servis xizmati koʻrsatish tizimini tashkil etish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harakat qilish uchun moʻljallangan avtomobil yoʻllari roʻyxati, harakatning vaqtinchalik yoʻnalish varaqasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish-chiqishda va unda harakat qilishda xorijiy avtotransport vositalarining yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan parametrlari hamda avtotransport vositalari va yuklarga haydovchilarning zarur hujjatlari roʻyxati (1—4-ilovalar) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchi haydovchilarning, yuklarni kuzatib boruvchilar yoki yoʻlovchilar sifatidagi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari, boʻlishlari va yuk olib oʻtishlari Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son va 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorlariga, shuningdek, MDH qatnashchisi boʻlgan davlatlarning ushbu masalalarni tartibga soluvchi tegishli bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qarori tahririda OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy shaxslarning (shu jumladan, yuk olib oʻtish) koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha xalqaro qoidalarga, Vena Konvensiyasiga (haydovchilik hujjatlari toʻgʻrisida), shuningdek, respublikaning amaldagi qonunchiligiga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va boʻlishlari xorijiy davlat transport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar koʻrilishi uchun hududiy bojxona organlariga yoki ichki ishlar organlariga keltirilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali oʻtuvchi transport vositalarining hududga kirgan kunidan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddatda chiqib ketishlarini taʼminlagan holda, ularning yuk olib oʻtishlari ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, shuningdek berilgan buyurtmanomalarga muvofiq avtomobil transportida tashiladigan maxsus yuklarni kuzatib borishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka va kirganligi uchun toʻlov, viza va boj yigʻimlaridan tashqari, 250 AQSH dollari miqdorida belgilansin
(5-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻimlarni undirish bevosita bojxona postlarida bank boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi va olingan mablagʻlar AQSH dollarida Respublika yoʻl fondining valyuta schyotiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirish, hududga kirganlik uchun yigʻimlarning toʻlanganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, tushgan valyuta mablagʻlari “Oʻzavtoyul” davlat konserni tomonidan tranzit magistral yoʻllarni tuzatish va saqlash uchun chet ellarda ishlab chiqarilgan yoʻl texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallarni sotib olish, shuningdek, chet ellarda yoki xorijiy firmalar mutaxassislarini respublikaga taklif etgan holda malakali kadrlar tayyorlash maqsadida foydalaniladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar ikki tomonlama bitimlarda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlar(dan)ga tashilishi taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga hamda Davlat bojxona qoʻmitasiga — nazorat-oʻtkazish punktlarida xorijiy avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashuvchilarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishlari, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilishiga doir masalalarni oʻrganish, tayyorlash va taklif kiritish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda Idoralararo komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning xalqaro avtotransport vositalari faoliyati va bojxona ishlari masalalariga daxldor xalqaro konvensiyalar va bitimlarga qoʻshilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning respublika boʻyicha oqimini oʻrganish asosida chegaradagi nazorat oʻtkazish punktlari majmuilari tashkil etilishi boʻyicha, ular joylashadigan aniq joylarni, boʻlajak qurilish ishlari miqdorini va hajmini, buyurtmachilar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilagan holda, takliflarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Golishev) Idoralararo komissiyaning takliflari boʻyicha 1995-yil uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda nazorat-oʻtkazish punktlari majmuilari qurilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin) 1996-yil 1-yanvargacha oʻz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari bilan kelishilgan loyihalar boʻyicha xorijiy avtotransport vositalari harakati uchun moʻljallangan avtomobil trassalari boʻylab bojxona majmuilarining qurilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzjamgʻarmabank”, boshqa vakil qilingan tijorat banklari nazorat-oʻtkazish punktlarida valyuta almashtirish hamda toʻlovlar va yigʻimlarni qabul qilish punktlarining oʻz filiallarini tashkil etsinlar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) xorijiy avtomobillarga yonilgʻi quyiladigan shoxobchalarni zarur yonilgʻi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va chiqishlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan tartibi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali davlatlarning elchixonalari, konsulxonalari va vakolatxonalariga maʼlum qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, chet davlatlar ogʻir yuk koʻtaruvchi va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishidan tushgan mablagʻlar Respublika yoʻl fondiga oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-dekabrdagi 433-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 23-son, 189-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻL VARAQASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MARSHRUTNIY LIST
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROUTE LIST
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtash va dam olish uchun tavsiya etiladigan mehmonxona, motel va kempinglar, yoqilgʻi quyish shoxobchasi, texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi Rekomenduyemie punkti stoyanok, gostinitsi, moteli i kempingi dlya otdixa, AZS, STO Recommended poins of parking, hotels, motels and camping-sites for resting, filling station, maintence stations____________________________________________ _______________________________________________________________ Moʻljallangan chiqib ketish joyi, kuni va vaqti Predpolagayemiy punkt, data i vremya viezda_________________________ Plece date and time of exit___________________________________________
Kirib kelganligi toʻgʻrisida belgi. Otmetka o vyezde______ Register on entry
Chiqib ketganligi toʻgʻrisida belgi Otmetka o viezde___________________________ Register on exit
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarining yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Gabaritlar: eni balandligi
— 2,5 metr — 4 metr
2.
avtomobilning va avtopoyezdlarning uzunligi: oʻqlarining soni turlicha boʻlgan avtomobillarning uzunligi yarim pritsepli yoki bir pritsepli avtopoyezdlarning uzunligi
— 12 metrdan — 20 metrdan oshmasligi kerak
3.
Avtomobilllar yoki avtopoyezdlarning oʻqiga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan ogʻirlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobillarda xalqaro yuk tashishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asosiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yuk tashishlar xalqaro aloqalar toʻgʻrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar asosida, avtomobil transportiga tegishli koʻp tomonlama konvensiyalar va bitimlarning talablariga muvofiq hamda amaldagi milliy koʻrsatmalarga rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi. Mana shundan kelib chiqqan holda avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlarni bajarish chogʻida quyidagi hujjatlar boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Haydovchining hujjatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududlari boʻyicha yuk tashiladigan mamlakatlarning kirish-chiqish va yuk olib oʻtish vizalarining haqiqiy muddatlari koʻrsatilgan chet el pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1998-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi xalqaro haydovchilik guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1970-yil 1-iyuldagi Yevropa bitimiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarda yuritish nazarda tutilgan, avtomobilda xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlariga taalluqli haydovchining shaxsiy nazorat daftarchasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1968-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositasining mamlakatga kirishi yoki mamlakat hududi orqali oʻtishi uchun (agar bitimda nazarda tutilgan boʻlsa) ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1975-yilga Xalqaro yoʻl qoidalari toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq avtotransport vositasiga bojxona muhrlari va plombalari boʻlgan yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tez buziluvchi yuklarni tashish lozim boʻlgan hollarda tez buziluvchi mahsulotlarni (SPS guvohnomasi) tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yukka tegishli hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashishga oid shartnoma toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq tovar-transport nakladnoyi va yukning har bir nomi boʻyicha yuklab joʻnatish tafsiloti boʻlgan roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) orqaga qaytishda yukni rasmiylashtirish uchun tovar-transport nakladnoylari toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1975-yilga Xalqaro yoʻl qoidalari daftarchasi qoʻllangan holda Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq XYQ daftarchasi (TIR karneti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar yuk karantin va veterinariya tovarlari toifasiga kirsa, karantin va veterinariya sertifikatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) agar yuk tashqi savdo yuki hisoblansa, mamlakatga yukni olib kelish, mamlakatdan olib chiqib ketish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma. Agar yuk korxonalarning toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalari orqali idoralarga qarashli transport bilan tashilsa, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki protokol nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.10.00 Boshqa maxsus koʻrinishdagi transportlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoʻllar va sunʼiy inshootlarning tezda eskirishiga sabab boʻluvchi hamda qatnovda xalal berishni vujudga keltiruvchi ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining yurishi uchun toʻlovlar ularni saqlash, taʼmirlash, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etish va harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini qoplash xarajatlari bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab yurishi uchun toʻlovga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marshrutni kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirak oʻqi haqiqiy nagruzkalarining yoʻl qoʻyiladigan yoʻl konstruksiyalaridan oshib ketganligi uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun toʻlov.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻimlardan katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalarining yurib oʻtishi tufayli vujudga kelgan yoʻllar va inshootlarni taʼmirlash, saqlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini bajarishda, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etishda va harakat xavfsizligini taʼminlashda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ruxsatnomasiz yurib oʻtganlik uchun transport vositasi egasidan yurib oʻtish uchun toʻlovning oʻn baravari miqdorida qoplov puli undiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.19.00 Transport va transport xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoʻl harakati qoidalariga yoxud tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya qilmaslik tufayli yoʻllarga va yoʻl inshootlariga zarar yetkazganlik uchun transport vositasi haydovchisi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar yoʻllarga va inshootlarga yetkazilgan zarar katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalari kelishilgan qatnov marshruti boʻyicha, Yoʻl harakati qoidalariga rioya etgan holda yurib oʻtganda roʻy bersa, u holda javobgarlik va zararni toʻlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq, qatnov marshruti kelishib olingan tashkilot zimmasiga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalarini Davlat avtomobil nazorati patrul avtomobillarining kuzatib borganligi uchun toʻlov ushbu Nizom bilan tartibga solinmaydi. Ushbu toʻlov transport vositalari egalaridan Davlat avtomobil nazorati bilan tuzilgan shartnoma asosida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. OGʻIR YUKLI VA KATTA HAJMLI TRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANISHDAGI AVTOMOBIL YOʻLLARI BOʻYLAB YURIB OʻTGANLIGI UCHUN TOʻLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan vazndan koʻpligi uchun toʻlov miqdori 1-jadvaldagi tariflarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan ortiqchalik miqdori, t
Yurib oʻtilgan 1 km uchun tarif, AQSH dollari
Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan ortiqchalik miqdori, t
Yurib oʻtilgan 1 km uchun tarif, AQSH dollari
0 dan 5 gacha
0-02
26 dan 30 gacha
0-23
6 dan 10 gacha
0-03
31 dan 35 gacha
0-33
11 dan 15 gacha
0-06
36 dan 40 gacha
0-46
16 dan 20 gacha
0-10
41 dan 45 gacha
0-63
21 dan 25 gacha
0-15
46 dan 50 gacha
0-85
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir yukli transport vositalari avtomobil yoʻllari boʻylab yurib oʻtganda gʻildirak oʻqi haqiqiy nagruzkasining yoʻl qoʻyiladigan miqdordan ortiqchaligi uchun toʻlov nagruzkasi ortiqcha boʻlgan har bir oʻq uchun 2-jadvaldagi tariflarga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Gʻildirak oʻqi haqiqiy nagruzkasining yoʻl qoʻyiladigandan ortiqchaligi
Har bir oʻqning yoʻl qoʻyiladigandan ortiqcha nagruzka bilan yurib oʻtgan yoʻli uchun tarif, 1 km yoʻl uchun AQSH dollari

8. Ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalari tashuvlari uchun arizalarni koʻrib chiqish, marshrutni kelishib olish va ruxsatnomalar berish uchun toʻlovlar miqdori yoʻl organlari tomonidan ikkita tarif bir martalik va marshrutning 100 kilometri boʻyicha belgilanadi. Bir martalik tarifi AQSH dollarini tashkil qiladi. Marshrutning 100 kilometri uchun tarif 11 AQSH dollariga teng.
(mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq 6-ilova bilan toʻldirilgan)