Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBILDA XORIJIY YUK TASHUVCHILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRISHLARI, BOʻLISHLARI, YUK OLIB OʻTISHLARI VA UNDAN CHIQIB KETISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Avtotransportda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va undan chiqishlari, yuk olib oʻtishlari va harakatini tartibga solish, ular tomonidan zarur yigʻimlar, poshlinalar va boshqa toʻlovlar toʻlanishini, yoʻl, maishiy va servis xizmati koʻrsatish tizimini tashkil etish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Harakat qilish uchun moʻljallangan avtomobil yoʻllari roʻyxati, harakatning vaqtinchalik yoʻnalish varaqasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish-chiqishda va unda harakat qilishda hamda avtotransport vositalari va yuklarga haydovchilarning zarur hujjatlari roʻyxati (1, 2 va 4-ilovalar) tasdiqlansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlaridagi oʻzgartirishlar qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 4-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 10-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchi haydovchilarning, yuklarni kuzatib boruvchilar yoki yoʻlovchilar sifatidagi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari, boʻlishlari va yuk olib oʻtishlari Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son, 2002-yil 21-fevraldagi 62-son va 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarorlariga, shuningdek MDH qatnashchisi boʻlgan davlatlarning ushbu masalalarni tartibga soluvchi tegishli bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy shaxslarning (shu jumladan, yuk olib oʻtish) koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha xalqaro qoidalarga, Vena Konvensiyasiga (haydovchilik hujjatlari toʻgʻrisida), shuningdek, respublikaning amaldagi qonunchiligiga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va boʻlishlari xorijiy davlat transport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar koʻrilishi uchun hududiy bojxona organlariga yoki ichki ishlar organlariga keltirilishiga sabab boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali oʻtuvchi transport vositalarining hududga kirgan kunidan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddatda chiqib ketishlarini taʼminlagan holda, ularning yuk olib oʻtishlari ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, shuningdek berilgan buyurtmanomalarga muvofiq avtomobil transportida tashiladigan maxsus yuklarni kuzatib borishni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qarori tahririda OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning tranzit orqali oʻtuvchi transport vositalarining harakat yoʻnalishi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan oʻzgartirilgan taqdirda ularning chiqib ketish muddati Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-sentabrdagi 205-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 416-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Hududga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka va xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻim qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
( 5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 358-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yigʻimlarni undirish milliy valyuta “soʻm”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablagʻlar jamgʻarma daromadlarining tranzit hisob raqamlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisob raqamlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻim toʻlanishi ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 358-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar:
ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining avtomobil yoʻllarini davlat tomonidan boshqarish vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomasiz umumiy foydalaniladigan yoʻllardan yurib oʻtishi;
Keyingi tahrirga qarang.
agar ikki tomonlama bitimlarda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlarga (mamlakatlardan) tashilishi taqiqlansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 358-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha shartlar kelishilmagan boʻlsa, xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ular tomonidan vaqtincha olib kelingan avtotransport vositalarida yuk va yoʻlovchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasiga — avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida kirish va chiqishlarini;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga – xorijiy avtotransportning respublika hududi boʻylab harakat qilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga respublikaga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holatini, yoʻl qoʻyiladigan ogʻirlik va gabarit parametrlarini, xalqaro yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshirishda Yevropa bitimi (YESTR) talablariga muvofiq ularda nazorat priborlari (taxograflar) mavjudligini hisobga olish va nazorat qilish yuklansin, shuningdek xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlariga rioya qilishlari.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 10-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishlari, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilishiga doir masalalarni oʻrganish, tayyorlash va taklif kiritish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda Idoralararo komissiya tuzilsin.
* 5-ilova berilmaydi.
Komissiya bir oy muddatda:
respublikaning xalqaro avtotransport vositalari faoliyati va bojxona ishlari masalalariga daxldor xalqaro konvensiyalar va bitimlarga qoʻshilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning respublika boʻyicha oqimini oʻrganish asosida chegaradagi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari majmuilari tashkil etilishi boʻyicha, ular joylashadigan aniq joylarni, boʻlajak qurilish ishlari miqdorini va hajmini, buyurtmachilar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilagan holda, takliflarni ishlab chiqsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Golishev) Idoralararo komissiyaning takliflari boʻyicha 1995-yil uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari majmuilari qurilishini nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
10. Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin) 1996-yil 1-yanvargacha oʻz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari bilan kelishilgan loyihalar boʻyicha xorijiy avtotransport vositalari harakati uchun moʻljallangan avtomobil trassalari boʻylab bojxona majmuilarining qurilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzjamgʻarmabank”, boshqa vakil qilingan tijorat banklari Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida valyuta almashtirish hamda toʻlovlar va yigʻimlarni qabul qilish punktlarining oʻz filiallarini tashkil etsinlar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
13. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) xorijiy avtomobillarga yonilgʻi quyiladigan shoxobchalarni zarur yonilgʻi bilan taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va chiqishlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan tartibi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali davlatlarning elchixonalari, konsulxonalari va vakolatxonalariga maʼlum qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, chet davlatlar ogʻir yuk koʻtaruvchi va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishidan tushgan mablagʻlar Respublika yoʻl fondiga oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq 16-band deb hisoblangan)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 11-yanvar,
11-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-dekabrdagi 433-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 23-son, 189-modda)
YOʻL VARAQASI
MARSHRUTNIY LIST
ROUTE LIST
| Haydovchi Voditel____________ Driver |
Haydovchilik guvohnomasi Vodit. udostovereniye_______________________ Driver's licence | |
| Davlatning nomi Strana_________________________________________________________ Country | ||
| Avtotrasport vositasining Davlat raqami Avtotrasportnoye sredstvo Gos. nomer_________ Motor transport |
Markasi Marka_______________ Type | |
| Yuk: Gruz: Lading: |
Nomi Naimenovaniye________ Name |
Vazni Obyem (ves)__________ Volume weight |
| Tegishli hujjatlar Soprovoditelnie dokumenti_____________________________________ Covering documents | ||
| Qatnov yoʻnalishi________________________________________________ Marshrut sledovaniya_____________________________________________ Movement route___________________________________________________ _______________________________________________________________ | ||
| Toʻxtash va dam olish uchun tavsiya etiladigan mehmonxona, motel va kempinglar, yoqilgʻi quyish shoxobchasi, texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi Rekomenduyemie punkti stoyanok, gostinitsi, moteli i kempingi dlya otdixa, AZS, STO Recommended poins of parking, hotels, motels and camping-sites for resting, filling station, maintence stations____________________________________________ _______________________________________________________________ Moʻljallangan chiqib ketish joyi, kuni va vaqti Predpolagayemiy punkt, data i vremya viezda_________________________ Plece date and time of exit___________________________________________ | ||
| Kirib kelganligi toʻgʻrisida belgi. Otmetka o vyezde______ Register on entry |
Chiqib ketganligi toʻgʻrisida belgi Otmetka o viezde___________________________ Register on exit | |
|
Haydovchining imzosi |
Haydovchining imzosi | |
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
Avtomobillarda xalqaro yuk tashishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asosiy hujjatlar
ROʻYXATI
Xalqaro yuk tashishlar xalqaro aloqalar toʻgʻrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar asosida, avtomobil transportiga tegishli koʻp tomonlama konvensiyalar va bitimlarning talablariga muvofiq hamda amaldagi milliy koʻrsatmalarga rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi. Mana shundan kelib chiqqan holda avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlarni bajarish chogʻida quyidagi hujjatlar boʻlishi zarur:
1. Haydovchining hujjatlari:
a) hududlari boʻyicha yuk tashiladigan mamlakatlarning kirish-chiqish va yuk olib oʻtish vizalarining haqiqiy muddatlari koʻrsatilgan chet el pasporti;
b) Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1998-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi xalqaro haydovchilik guvohnomasi;
v) 1970-yil 1-iyuldagi Yevropa bitimiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarda yuritish nazarda tutilgan, avtomobilda xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlariga taalluqli haydovchining shaxsiy nazorat daftarchasi.
2. Avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar:
a) Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1968-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
b) avtotransport vositasining mamlakatga kirishi yoki mamlakat hududi orqali oʻtishi uchun (agar bitimda nazarda tutilgan boʻlsa) ruxsatnoma;
v) 1975-yilga Xalqaro yoʻl qoidalari toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq avtotransport vositasiga bojxona muhrlari va plombalari boʻlgan yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma;
g) tez buziluvchi yuklarni tashish lozim boʻlgan hollarda tez buziluvchi mahsulotlarni (SPS guvohnomasi) tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma.
3. Yukka tegishli hujjatlar:
a) Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashishga oid shartnoma toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq tovar-transport nakladnoyi va yukning har bir nomi boʻyicha yuklab joʻnatish tafsiloti boʻlgan roʻyxati;
b) orqaga qaytishda yukni rasmiylashtirish uchun tovar-transport nakladnoylari toʻplami;
v) 1975-yilga Xalqaro yoʻl qoidalari daftarchasi qoʻllangan holda Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq XYQ daftarchasi (TIR karneti);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
d) agar yuk karantin va veterinariya tovarlari toifasiga kirsa, karantin va veterinariya sertifikatlari;
e) agar yuk tashqi savdo yuki hisoblansa, mamlakatga yukni olib kelish, mamlakatdan olib chiqib ketish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma. Agar yuk korxonalarning toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalari orqali idoralarga qarashli transport bilan tashilsa, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki protokol nusxasi.
Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Yoʻllar va sunʼiy inshootlarning tezda eskirishiga sabab boʻluvchi hamda qatnovda xalal berishni vujudga keltiruvchi ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining yurishi uchun toʻlovlar ularni saqlash, taʼmirlash, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etish va harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini qoplash xarajatlari bilan aniqlanadi.
Ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab yurishi uchun toʻlovga quyidagilar kiradi:
marshrutni kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlov;
transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi uchun toʻlov;
gʻildirak oʻqi haqiqiy nagruzkalarining yoʻl qoʻyiladigan yoʻl konstruksiyalaridan oshib ketganligi uchun toʻlov;
transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun toʻlov.
Yigʻimlardan katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalarining yurib oʻtishi tufayli vujudga kelgan yoʻllar va inshootlarni taʼmirlash, saqlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini bajarishda, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etishda va harakat xavfsizligini taʼminlashda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 358-modda)
3. Yoʻl harakati qoidalariga yoxud tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya qilmaslik tufayli yoʻllarga va yoʻl inshootlariga zarar yetkazganlik uchun transport vositasi haydovchisi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
4. Agar yoʻllarga va inshootlarga yetkazilgan zarar katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalari kelishilgan qatnov marshruti boʻyicha, Yoʻl harakati qoidalariga rioya etgan holda yurib oʻtganda roʻy bersa, u holda javobgarlik va zararni toʻlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq, qatnov marshruti kelishib olingan tashkilot zimmasiga tushadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalarini Davlat avtomobil nazorati patrul avtomobillarining kuzatib borganligi uchun toʻlov ushbu Nizom bilan tartibga solinmaydi. Ushbu toʻlov transport vositalari egalaridan Davlat avtomobil nazorati bilan tuzilgan shartnoma asosida undiriladi.
II. OGʻIR YUKLI VA KATTA HAJMLI TRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANISHDAGI AVTOMOBIL YOʻLLARI BOʻYLAB YURIB OʻTGANLIGI UCHUN TOʻLOV
Oldingi tahrirga qarang.
6. Transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqchaligi uchun toʻlov miqdori 1-jadvaldagi tariflarga muvofiq belgilanadi.
|
1-jadval | |
|
Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqchalik miqdori, tn |
Yuriladigan 1 km masofa uchun tarif, AQSH dollari |
| 0 dan 5 gacha | 0,02 |
| 5 dan 10 gacha | 0,03 |
| 10 dan 15 gacha | 0,06 |
| 15 dan 20 gacha | 0,10 |
| 20 dan 25 gacha | 0,15 |
| 25 dan 30 gacha | 0,23 |
| 30 dan 35 gacha | 0,33 |
| 35 dan 40 gacha | 0,46 |
| 40 dan 45 gacha | 0,63 |
| 45 dan 50 gacha | 0,85 |
|
50 va undan ortiq |
1,00 |
Ogʻir yukli transport vositalari avtomobil yoʻllari boʻylab yurib oʻtganda gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan miqdorga nisbatan ortiqchaligi uchun toʻlov har bir oʻqqa ortiqcha yuklama uchun 2-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq undiriladi.
|
2-jadval | |
| Gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan yuklamaga nisbati |
Har bir oʻqning yoʻl qoʻyiladigan yuklamadan ortiqcha yuklama bilan yurilgan masofa uchun tarif, 1 km yoʻl uchun, AQSH dollari |
| 1,01 dan 1,05 gacha | 0,11 |
|
1,05 dan 1,10 gacha |
0,12 |
|
1,10 dan 1,15 gacha |
0,14 |
|
1,15 dan 1,20 gacha |
0,18 |
|
1,20 dan 1,25 gacha |
0,21 |
|
1,25 dan 1,30 gacha |
0,25 |
|
1,30 dan 1,35 gacha |
0,30 |
|
1,35 dan 1,40 gacha |
0,35 |
|
1,40 dan 1,45 gacha |
0,41 |
|
1,45 dan 1,50 gacha |
0,48 |
|
1,50 dan 1,55 gacha |
0,55 |
| 1,55 dan 1,60 gacha | 0,64 |
|
1,60 dan 1,65 gacha |
0,73 |
| 1,65 dan 1,70 gacha | 0,85 |
| 1,70 dan 1,75 gacha | 0,95 |
| 1,75 dan 1,80 gacha | 1,08 |
| 1,80 dan 1,85 gacha | 1,22 |
| 1,85 dan 1,90 gacha | 1,38 |
| 1,90 dan 1,95 gacha | 1,54 |
| 1,95 dan 2,00 gacha | 1,73 |
| 2,00 va undan ortiq | 2,00 |
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 358-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun toʻlov yurib oʻtilgan 1 km yoʻl uchun 0,15 AQSH dollari miqdorida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalari tashuvlari uchun arizalarni koʻrib chiqish, marshrutni kelishib olish va ruxsatnomalar berish uchun toʻlovlar miqdori yoʻl organlari tomonidan ikkita tarif bir martalik va marshrutning 100 kilometri boʻyicha belgilanadi. Bir martalik tarifi AQSH dollarini tashkil qiladi. Marshrutning 100 kilometri uchun tarif 11 AQSH dollariga teng.
(mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq 6-ilova bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan toʻlovlarni undirish milliy valyuta “soʻm”da bevosita bojxona postlarida tijorat banklari tomonidan toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Keyingi tahrirga qarang.