Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. Yusupaliyevning hamda innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonovning “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-fevral,
762-IV-son