Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining axborotini eshitish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-fevral,
759-IV-son