Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibi hamda vazirlik va idoralarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — harbiy xizmatchi va xodimlar) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, oʻquv jarayonini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya vositalaridan keng foydalangan holda tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri “Xoʻjayli” guzaridagi “Qizketgan” qoʻrgʻonida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 81416-harbiy qismi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi A.Qodiriy koʻchasi, 43-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi balansidagi Avtoxoʻjalik hududida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazini tashkil etish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgaan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona oʻquv markazini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Dashtobod oʻquv markazini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jizzax mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi, Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi, Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi va Toshkent mintaqaviy oʻquv markazining (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy oʻquv markazlari) asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibini maʼmuriy-huquqiy, jamoat tartibini saqlash, kasbiy va psixologik tayyorgarlik, jangovar maxsus tayyorgarlik boʻyicha boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchi va xodimlarni vatanparvarlik, Vataniga va xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda odob-axloq fazilatlarini shakllantirish;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini himoya qilishga qodir boʻlgan, bilimli, maʼnaviy yetuk, jismonan sogʻlom, xizmat burchini vijdonan bajara oladigan faol harbiy xizmatchi va xodimlarni tarbiyalash;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari hamda vazirlik va idoralarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash;
qonuniylikni taʼminlash, huquq-tartibotni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurash muammolari boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish hamda amaliy takliflar, tavsiyalar va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
harbiy xizmatchi va xodimlarni zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarishlari uchun zarur boʻlgan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni puxta egallash imkonini beradigan zarur shart-sharoitlar yaratib berish;
oʻquv jarayoniga oʻqitishning ilgʻor uslub va shakllarini, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini joriy qilish, harbiy xizmatchi va xodimlarning belgilangan vazifalarni hal etishga amaliy yoʻnaltirilganligini taʼminlagan holda, oʻquv-tarbiya jarayonini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish;
harbiy xizmatchi va xodimlarning malakasini oshirishda oʻqitishning onlayn shaklini keng qoʻllash;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining taʼlim muassasalari oʻrtasida doimiy ravishda ilmiy va amaliy tajriba almashish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi va Toshkent mintaqaviy oʻquv markazlarining shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining umumiy shtat birliklarini qayta taqsimlash hisobidan tashkil etiladi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) mintaqaviy oʻquv markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda bank muassasalarida shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PQ-5235-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
v) mintaqaviy oʻquv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni hamda vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qoʻriqlash boʻlinmalarining mutaxassislarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda tashkil etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi — Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi — Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
g) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida oʻqish 2022-yilning 1-martidan tashkillashtiriladi;
d) vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan, qorovullik qoʻriqlash boʻlinmalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish pullik-shartnoma asosda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan belgilanadigan stavkalar (tariflar) boʻyicha amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilgaan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga quyidagi huquqlar berilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining umumiy shtat birliklari doirasida mintaqaviy oʻquv markazlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartirish kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻriqlash boʻlinmalari uchun mutaxassislarni oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida mintaqaviy oʻquv markazlarining moddiy-texnik va oʻquv-mashgʻulot bazalarini mustahkamlash, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida hamda vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbarlari va pedagoglarining harbiy-ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashgan oʻquv markazi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilar va xodimlarni tayyorlash boʻyicha tayanch boʻlinma hisoblanadi;
mintaqaviy oʻquv markazlari filial sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashgan oʻquv markaziga biriktiriladi, unga mintaqaviy oʻquv markazlarining oʻquv-uslubiy taʼminoti hamda oʻquv-tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qilish vazifasi yuklatiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va Ixtisoslashgan oʻquv markazi mintaqaviy oʻquv markazlarining oʻquv-tarbiya jarayonlarini birgalikdagi doimiy (uzluksiz) monitoringini tashkil etadi, uning natijalariga koʻra har yarim yilda kamida ikki marotaba oʻquv markazlarining shaxsiy tarkibi bilan oʻquv-uslubiy majlislar oʻtkazish, mutaxassislarni tayyorlashga boʻlgan zamonaviy talablar va ilgʻor chet el tajribasini hisobga olgan holda oʻquv dasturlariga tegishli oʻzgartishlar kiritishni amalga oshiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgaan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat mutaxassislari mintaqaviy oʻquv markazlarining oʻquv-tarbiya jarayoniga jalb qilinishini;
Oldingi tahrirga qarang.
mintaqaviy oʻquv markazlarida taʼlim jarayonining sifatini oshirish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida respublikaning yetakchi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarining professor-oʻqituvchilar tarkibi, yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlari, shuningdek, zaxiradagi harbiy xizmatchi va xodimlarni jalb qilinishini;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchi va xodimlar bilan kasbiy, jangovar va maxsus tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlari oʻquv obyektlaridan, oʻquv moddiy-texnik bazalaridan hamda dala oʻquv maydonlaridan (poligonlaridan) bepul keng foydalanilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Belgilansinki:
2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazining qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish boʻyicha ishlari oʻrnatilgan tartibda Toshkent shahar harbiy-maʼmuriy sektori, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
qurilish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi vaqtincha Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Shoxidontepa koʻchasi, 126-uy manzilida joylashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazalarini mustahkamlash, takomillashtirish uchun respublikaning davlat va tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Tarkibida qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar har yili 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga keyingi yil uchun ushbu boʻlinmalar mutaxassislarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish rejasini taqdim etib borsin va ularning qatʼiy ijrosini taʼminlasin.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan kiritlgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-mart,
PQ-5016-son