04.03.2021 yildagi PQ-5018-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.03.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” hamda “Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 20-yanvarda “Aksa Enerji Üretim A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) bilan Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasi (keyingi oʻrinlarda — Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi) hamda Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasi) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq investitsiya loyihalarining (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari) amalga oshirilishi rejalashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Aksa Enerji Tashkent” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Aksa Enerji Bukhara” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyinchalik bitimga qoʻshilishini hisobga olgan holda) oʻrtasida 2021-yil 20-yanvarda Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz porshenli elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi yangi tahrirda tuzilganligi (keyingi oʻrinlarda — Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyinchalik bitimga qoʻshilishini hisobga olgan holda) oʻrtasida 2021-yil 20-yanvarda Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimiga muvofiq Investor, Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, jami 450 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida 2021-yil 20-yanvarda Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim yangi tahrirda va Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar) imzolanganligi hamda ushbu bitimlarga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor oʻz huquq va majburiyatlaridan Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyalari) foydasiga tegishli Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq voz kechishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganliklari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olganligi va elektr energiyasi uchun toʻlovlarni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi tuzilgan Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi ularda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida investitsiya loyihalari doirasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyalari foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda jalb qilinadigan chet el investitsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini chet el valyutasiga bogʻlangan holda belgilashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻztransgaz” AJ “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyalariga tabiiy gaz yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi Loyiha kompaniyalari bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq ularga texnik suv yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyalariga toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar amalga oshirilgan holda kreditlash, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi banklarda bank hisobvaraqlari ochish hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlar va muddatlarda Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligiga Qishloq xoʻjaligi vazirligining Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — institut) hududidan Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi uchun tegishli yer uchastkasini ajratish boʻyicha vakolat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan hamda Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi qurilishi bosqichida zarur boʻlgan qoʻshimcha 2 gektar yer uchastkasidan 2022-yilning 31-martiga qadar vaqtinchalik foydalanish shartnomasini tuzishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi uchun tegishli yer uchastkasini ajratgandan soʻng ikki oy muddatda institutga Toshkent viloyati hududidan oʻringa-oʻrin teng boʻlgan maydonning ajratilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buxoro viloyati hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlar va muddatlarda Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyiha kompaniyalari investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi hamda tegishli Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) Loyiha kompaniyalarining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyalari buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyalari arizalariga binoan xorijiy mutaxassislarning (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5018-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 07/21/5018/0185-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)