Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 27-MARTDAGI 151-SON QARORIGA QOʻSHIMCHA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasining samarali faoliyat koʻrsatishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Zarafshon-Nyumont” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari va unga hukumat kafolatlari berish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-martdagi 151-son qarorining 3-bandiga quyidagi qoʻshimcha kiritilsin:
“Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasi oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilishda korxona roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn yil davomida boj poshlinalari toʻlashdan ozod qilinsin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-avgust,
330-son