Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
Qarori
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 22-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1842-6]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 26-apreldagi 2-son, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 22-apreldagi 02/11-05/02-son va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-apreldagi 2024-07-sonli ““Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1842-7, 10.05.2024-y.) asosan 2024-yil 14-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-son va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 26-iyundagi 13-son qarori (roʻyxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y, 34- son, 337-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-yanvar,
2-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-yanvar,
2021-04-son
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rais N. ShARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-yanvar,
05/11-05/01-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son
va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-son qaroriga
ILOVA
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. 8-bandning uchinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Davsugʻurtanazoratni degan soʻz “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Davsugʻurtanazorat” degan soʻz “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 171-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“171. Sugʻurtalovchi tomonidan:
masʼul shaxslarning roʻyxatini;
oʻzining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisida hisobotni Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etish muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, —
sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.”.
6. VII2-bobning nomidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 172-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 18-bandda:
ikkinchi xatboshi koʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kamchiliklar tavsifi va jarima sanksiyalari miqdorini koʻrsatgan holda tegishli xulosa tayyorlab mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 19-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 20-banddagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)