01.08.2019 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 6-noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari toʻgʻrisidagi Shartnomaga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni keng qamrovli rivojlantirish zaruriyatini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikning dolzarb masalalarini mahalliy darajada tezkor hal qilishda hamda tarixan shakllangan aloqalarni chuqurlashtirishda mintaqalararo hamkorlikning amaliy ahamiyati va salohiyatini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasida faoliyatning turli sohalarida hamkorlikni taʼminlash hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rivojlanayotgan aloqalarini faollashtirishga qodir boʻlgan mintaqalararo hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va huquqiy asoslarini mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligiga hamda davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, turizm va atrof-muhitni himoya qilish sohalarida, shuningdek, oʻzaro qiziqish uygʻotadigan boshqa yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli boʻlgan mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mintaqalar” — Oʻzbekiston tomonidan: Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari; Belarus Respublikasi tomonidan: Belarus Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organlar” — Tomonlar davlatlarining mazkur Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish boʻyicha mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish sohasida vakolat berilgan hokimiyat organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xoʻjalik yurituvchi subyektlar” — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Belarus Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, shuningdek, vakolatli organlar mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida quyidagilarga koʻmaklashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Bitimni amalga tatbiq qilishga yoʻnaltirilgan qoʻshma tadbirlar rejalari, harakat dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalararo hamkorlikning joriy holati hamda uni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qilish boʻyicha zaruriyat boʻlganda, qoʻshma ishchi guruhlar tuzish va mintaqalar darajasida muntazam maslahatlashuvlar mexanizmini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikning oʻzaro manfaatli boshqa shakllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar mintaqalarning korxona va tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli savdo va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirishga koʻmaklashadilar. Mazkur maqsadlarda ular oʻz vakolatlari doirasida va oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar oʻrtasida bevosita aloqalarni oʻrnatish, qoʻshma korxonalar tashkil etish, tovar va xizmatlar yetkazib berish boʻyicha oʻzaro manfaatli kontraktlar tuzishda tadbirkorlik tuzilmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbusi bilan chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida uchrashuvlar, forumlar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mintaqalarini iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlari saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish orqali bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz davlatlari qonunchiligidagi oʻzgarishlar va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar haqida bir-birlarini muntazam xabardor qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro savdoni tashkil etishda vujudga kelayotgan qiyinchiliklarni tahlil qiladilar va tegishli takliflar ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar mintaqalar oʻrtasida bevosita turist almashinuvini tashkil qilish, mintaqalar jozibadorligini oshirishga qaratilgan turizm sohasidagi qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar ishbilarmonlik faolligini oshirish va mintaqaga turistik oqimni koʻpaytirish maqsadida transport qatnovini yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar shaharlar maʼmuriyatlari oʻrtasida kasbiy aloqalarning rivojlanishiga va mahalliy boshqaruvning samaradorligini oshirish maqsadida uning ilgʻor tajribalarini tarqatishga hamda oʻz oldilarida turgan oʻxshash vazifalarni hal qilishda tajriba almashishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar shaharsozlik hamda ulkan shaharsozlik loyihalarini rejalashtirish va moliyalashtirish amaliyoti boʻyicha axborot almashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarida hamkorlik qiladilar va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarish sohasida ilgʻor tajribalarni joriy etishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar ichimlik suvi hamda energiya bilan taʼminlash, chiqindi suvlarni tozalash, maishiy va sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish, shuningdek, energiya samaradorligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar oʻzaro yaxshiroq tushunish, hamkorlik va doʻstlikni mustahkamlashga erishish uchun tarix va madaniyat bilan oʻzaro tanishish maqsadida turli darajalarda muntazam aloqalarni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar ommaviy axborot vositalarida mintaqalarning ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy hayotini xolisona yoritishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar millatlararo muomala, madaniyatlararo muloqot va etnik-madaniy rivojlanish madaniyatini mustahkamlash sohasida mintaqalar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllash boʻyicha yuzaga keladigan nizo hamda kelishmovchiliklar muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq, mazkur Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur Bitimda belgilangan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari haqida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Bitimning amal qilishi Tomonlardan biri boshqa Tomonning Bitim amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisidagi tegishli yozma xabarnomasini diplomatik kanallar orqali olgan sanadan boshlab olti oydan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim amal qilishining tugatilishi u amal qilgan paytda bajarilishi boshlangan va uning amal qilishi tugatilgunga qadar bajarilmagan loyihalar boʻyicha Tomonlarning majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minsk shahrida 2019-yil 1-avgustda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)